Shavkat Mirziyoyev 19-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallabay ishlash tizimida kamchilikka yo‘l qo‘ygan hokim yordamchilari haqida gapirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
“Joylardagi ayrim hokim yordamchilari kredit, subsidiya, yer olib beraman, deb tamagirlik qilayotgani juda achinarli holatdir”, — degan prezident.
Qayd etilishicha, To‘raqo‘rg‘on tumani “Sharq” mahallasidagi hokim yordamchisi imtiyozli kreditga tavsiya berish uchun pora olayotganda ushlanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu kabi holatlar Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Bo‘ka, Baxmal tumanlari, Marg‘ilon, Shirin shaharlarida ham sodir bo‘lgan.
“Barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari, respublika vakillari, Ubaydullayev va uning quyi tizimi rahbarlarini qat’iy ogohlantiraman. Odamlarni rozi qilish va inson qadrini tushunmagan rahbarlarga oramizda o‘rin bo‘lmaydi”, — deydi davlat rahbari.
Izoh (0)