• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Eng yomoni — bolalarning qiynalganini ko‘rish”. Besh farzandi o‘zidek qora ishchi bo‘lishini xohlamay, ularni o‘qitish uchun 17 yildan beri Rossiyada ishlayotgan muhojir hikoyasi

    “Daryo” “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning hayotini yoritishda davom etadi. Bu galgi qahramonimiz — 17 yildan buyon Rossiyada ishlayotgan Zafar Eshonqulov.

    Zafar Eshonqulov  — 1965-yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Samarqand Veterinariya texnikumini tamomlagan. Besh farzandning otasi. 2005-yildan buyon Rossiya davlatida ishlaydi.

    Foto: Zafar Eshonqulovning shaxsiy arxividan

    Foto: Zafar Eshonqulovning shaxsiy arxividan

    Muhojirlik hayotimning boshlanishi ham boshqalarnikidan deyarli farq qilmaydi. Texnikumni bitirib, sovxozlarda ishlaganman. O‘sha paytlari oyligim 120 so‘m atrofida edi. Ro‘zg‘orga bemalol yetardi. Uylandim, birin-ketin bolalarim tug‘ildi. Vaqt o‘tib, olayotgan maoshim qora qozonni tebratishga yetmay qoldi. Qolaversa, farzandlarimni universitetlarda o‘qitib, oliy ma’lumotli qilish istagim ham bor edi. Buning uchun esa ko‘proq daromad topishim kerak edi. Xullas, el qatori bir dunyo orzu niyatlar bilan 2005-yili Rossiyaga yo‘l oldim.

    Chita viloyatining Mogocha shahridagi xususiy korxonadan ish topdim. Bu yer bir boy odamga tegishli. Uning yonilg‘i quyish shoxobchalari ham bor. Qo‘shimchasiga korxona yonilg‘i tashiydigan mashinalarning ta’miri bilan ham shug‘ullanadi. Men bu yerda payvandlovchi bo‘lib ishlayman.

    Ish joyimda doim payvandlash ishlari bo‘lmagani uchun yonilg‘i quyish shoхobchalariga ham xizmat ko‘rsataman. Xullas, nima ish bo‘lsa, qilib ketaveraman. Shuning uchun ham boshlig‘imiz menga ishonadi. 17 yildan beri faqat shu yerda ishlab kelyapman.

    Oylik daromadim ko‘ngildagidek. Nolimayman, ammo men yashayotgan hudud juda ham sovuq, abadiy muzlik desa ham bo‘ladi. Qishda havo harorati -50 darajagacha sovuq bo‘ladi. Xudoga shukr, bu yil -45 daraja atrofida bo‘ldi. Qishni aylanib o‘tishning iloji yo‘q. Belgilangan vazifam tufayli tashqarida ishlashimga to‘g‘ri keladi.

    Foto: Zafar Eshonqulovning shaxsiy arxividan

    Foto: Zafar Eshonqulovning shaxsiy arxividan

    Rossiyadagi inqiroz biz uchun foyda bo‘lgan

    2005—2006-yillardagi Rossiyada muhojirlik hayoti bilan hozirgisini solishtiradigan bo‘lsam, farq juda katta. Avvallari hujjatsiz ishlardik. Rossiya militsiyasi ham, qozoqlar ham chegara postlarida “hujjating yo‘q ekan” deb bizdan pul olishga harakat qilishardi.

    O‘sha paytlari O‘zbekistonga poyezdda borib kelardik. Vagonda ayol kishimi, erkakmi, ahamiyati yo‘q, ochiqchasiga pul talab qilishardi. Majbur berardik. Hozir samolyotda kelib, ketayotganim uchun bunday muammolar yo‘q.

    2009-yili butun dunyodagi iqtisodiy inqiroz biz uchun foydali bo‘lgan. Chunki Yevropa bilan Vladivostokni bog‘lovchi katta avtomobil yo‘li qurilgan. O‘sha yili yonilg‘ini ko‘proq sotib, biz ham yaxshi pul ishlaganmiz. Oyiga 400-500 dollar uyga jo‘natish imkonimiz bo‘lgan.

    Muhojirlikda topganlarim

    17 yillik muhojirligim davomida dadam rahmatli qurib bergan uyni ta’mirladim. Farzandlarimni o‘qitdim, ikki qizimni turmushga uzatib, bitta o‘g‘limni uyladim. Katta o‘g‘limga joy olib, u yerga uy qurib, yashasa bo‘ladigan sharoitga keltirib, o‘zini alohida qilib chiqardim.

    Aslida katta o‘g‘lim men bilan birga 2009-yildan 2019-yilgacha ishlab yurdi. Kelib, ketib, moddiy tarafdan oyoqqa turib oldi. Bu menga katta yordam bo‘ldi. Uylanganidan keyin qayta keltirmadim. Bolalarining oldida bo‘lsin, dedim. Chunki oilasiz yashash qiyinligini juda yaxshi bilaman. O‘g‘lim ham men kabi hayotda yashashini istamayman. Uning ham bolalari oldida baxtli yashashga haqqi bor. Hozir farzandlarining oldida ishlab yuribdi.

    Hozir 22 ga kirgan egiz o‘g‘il-qizimni o‘qityapman. Qizim Termiz davlat universitetida o‘qiydi, o‘g‘lim esa o‘z kuchi bilan Politexnika institutiga budjetga kirgan.

    Qizimni yaxshi joyga turmushga uzatsam, o‘g‘lim durustroq joylarga kirib ishlasa, to‘yini ko‘nglimdagidek o‘tkazsam, bo‘ldi, tashvishlarim tugaydi deyman-u... O‘zbekning muammosi tugamaydi-da. Olti nabiram bor. Alloh kuch-quvvat berib tursa, bolalarimdan ortib, ularga ham yordam berish niyatidaman.

    Foto: Zafar Eshonqulovning shaxsiy arxividan

    Foto: Zafar Eshonqulovning shaxsiy arxividan

    Armonim — otamning yonida ko‘p bo‘la olmadim

    Dadam juda yaxshi inson edilar. Hammamizning oliy ma’lumotli bo‘lishimizni xohlardilar. Ukam va singillarim o‘z kuchi bilan oliygohlarga kirganida juda quvongan, bolalarim ham o‘qishga kirganida quvonchdan yig‘lab yuborgandilar. Faqat egizaklarimning bu yutug‘ini ko‘rolmay, dunyoni tark etdilar....

    Rossiyaga kelayotganimda dadamning ahvoli yaxshi edi. Ketganimdan keyin yurak xurujidan vafot etibdi. Borolmadim, ularni so‘nggi manzilga kuzatolmadim. Dadam bilan o‘tirib, ko‘p-ko‘p suhbatlarini ololmaganim menga armon bo‘lib qoldi.

    Ota davlat ekan. Odam qancha gaplashsa ham, yonida bo‘lsa ham, to‘ymas ekan... Xuddi xayolimda kamday tuyulaveradi.

    Ayolim mening yo‘qligimni  bildirmadi

    Ayolim — hamshira. Unga ming rahmat aytaman. Shuncha yil yo‘qligimni bildirmay, bolalarimga tarbiya berdi. Xudoga shukr, farzandlarim ham dadamiz biz uchun ishlab yuribdi, deb yaxshi o‘qib, meni uyaltirmaslikka harakat qilishdi. Birgalikda ikki qizimizni turmushga uzatdik, o‘g‘limizni uyladik. Ulardan ko‘nglim to‘q. Egizaklarimning ham o‘qishini bitirgizib, uyli-joyli qilib olsam, otalik vazifamni to‘liq bajargan bo‘lardim.

    Har safar ayolimga: “Endi qaytsam, bo‘ldi, hech qayoqqa ketmay, oldingda bo‘laman, birgalashib qarilik gashtini suramiz”, deyman. Ammo qaniydi, hech yo‘q 150 dollar oylik beradigan ish bo‘lsa, bu yerlarda yurmasdim...

    Foto: Zafar Eshonqulovning shaxsiy arxividan 

    Foto: Zafar Eshonqulovning shaxsiy arxividan 

    Agar vaziyat o‘zgarmasa, bu yerlarda yurishdan foyda yo‘q

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida kuzatilayotgan vaziyat tufayli ko‘p muhojirlar ishsiz qoldi, daromadlari tushib ketdi. Ishimda, oylik maoshimda qisqartirishlar bo‘lmadi, lekin narx-navolar oshib ketdi. Dollar ko‘tarilgani hisobiga topgan pulimizni uyga yubora olmadik. Agar vaziyat o‘zgarmasa, bu yerlarda yurishning foydasi yo‘q.

    Ochig‘ini aytsam, oilamdan uzoqda, sovuq ob-havoda yashash jonimga teggandi. Sentabr oyida O‘zbekistonga butunlay qaytishni reja qilib turgandim. Hozirgi holat esa ketish qarorimni yanada tezlashtiryapti.

    Niyatim — tezroq uyimga qaytib, qolgan umrimni oilam, nabiralarim bag‘rida o‘tkazish.

    Mavzuga doir: 

    • “Vatanga qaytmasligim sababi pul bilan bog‘liq emas”. 6 yildan buyon Rossiyada ishlayotgan farg‘onalik muhojir yigit hikoyasi
    • “Hech bir ayolga musofirning hayotini ravo ko‘rmayman”. Erining operatsiyasi va qizlarining o‘qishiga pul topish uchun Turkiyaga ishlashga ketgan muhojir ayol hikoyasi
    • “Bitta mashina olsam bo‘ldi, bu yerlarga qaytib kelmayman”. Rossiyada qurilishda ishlayotgan oliy ma’lumotli o‘zbekistonlik muhojir hikoyasi
    • “Men ham ibodatlarimni qilib, uyda o‘tirgim keladi, ammo bu pulni o‘zimizda topolmayman”. O‘g‘lining qimordagi qarzlarini uzish uchun Moskvada ishlayotgan 56 yoshli ayol hikoyasi
    • “Yelkamdagi mas’uliyat og‘irligidan hatto tushimda ham O‘zbekistonda bo‘lib qolish men uchun qo‘rqinchli”. Moskvada ishlayotgan surxondaryolik yigit hikoyasi
    • “Bolalarimni o‘ksitmaslik uchun qo‘limdan kelganini qilyapman”. Turkiyada ishlab, farzandini Londonda o‘qitayotgan o‘zbekistonlik muhojir ayol hikoyasi

    18.04.2022, 14:51   Izoh (0)   44722
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.