Shimoliy Koreya harbiylari 16-aprel kuni ikkita snaryadni sinovdan o‘tkazdi, raketalar Yapon dengizi yo‘nalishida uchirildi, deb xabar bermoqda Yonhap nashri Janubiy Koreya harbiylariga tayanib.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar 25 kilometrgacha bo‘lgan balandlikda uchib, 110 kilometr masofani bosib o‘tgan, maksimal tezlik esa 4 Max’ga (4900 km/soat) chiqqan.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yangi taktik boshqariladigan qurollar sinovini shaxsan kuzatib turgan, deb xabar bermoqda Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi. Ma’lum qilinishicha, “sinov muvaffaqiyatli o‘tgan”.
Bundan tashqari, agentlik hisobotida aytilishicha, Kim Chen In “mamlakatning mudofaa qobiliyati va yadroviy jangovar salohiyatini yanada oshirish” bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar bergan.
Yil boshidan beri Shimoliy Koreya raketalar, jumladan, qit’alararo ballistik raketalarning o‘ndan ortiq sinovlarini o‘tkazdi.
Izoh (0)