Buxoro viloyati Peshku tumani hududida 17-aprel kuni soat 14:35 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Toshkentdan 493 km janubi-g‘arbda. Zilzila koordinatalari: 40,43 gradus shimoliy kenglik; 63,46 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi 3,5 ni, chuqurligi 15 kilometrni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi marta 1-aprel kuni 5 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Shuningdek, mart oyining 1, 14 va 21-kunlarida ham zilzila sodir bo‘lgan.
Izoh (0)