Ichki ishlar vazirining 14-apreldagi buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Podpolkovnik Azizbek Aliasqarov Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud, Parkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Azizbek Aliasqarov tayinlovga qadar viloyat IIBB 2-mintaqaviy hudud Ohangaron tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik Erkinjon Boymuhamedov Toshkent viloyati IIBB 3-mintaqaviy hudud, Bekobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Erkinjon Boymuhamedov tayinlovga qadar O‘rta Chirchiq tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik Ilg‘or Turg‘unov Toshkent viloyati IIBB 3-mintaqaviy hudud, Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ilg‘or Turg‘unov tayinlovga qadar Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasida bo‘linma boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik Dilshod Husanov Toshkent viloyati IIBB 4-mintaqaviy hudud, Quyi Chirchiq tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Dilshod Husanov tayinlovga qadar viloyat IIBB 1-mintaqaviy hudud Qibray tumani 3-sonli IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Avvalroq ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan 6 ta tuman IIBlariga yangi boshliqlar tayinlangandi. Shuningdek, Samarqanddagi 4 ta shahar va tuman IIBlariga yangi rahbarlar, Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.
Izoh (0)