• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Surdo tarjimoni, plastik jarroh va nonvoy. San’atga qarama-qarshi sohalarda ham muvaffaqiyat qozonayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    O‘zbek san’ati vakillari orasida ijoddan tashqari, boshqa sohalarda ham faoliyat yuritadiganlar bisyor. Ular hunarli ekanligidan faxrlanadi va ijoddan tashqari bu faoliyat turi bilan ham shug‘ullanadi. Quyida ana shunday san’atkorlar haqida so‘z boradi.

    Ra’no Shodiyeva

    Ra’no Shodiyeva o‘zbek kinosidagi eng mahoratli aktrisalardan biri hisoblanadi. U “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin”, “Baron” va “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmlarida muvaffaqiyatli rollarni ijro etgan. Shu bilan birga, u imkoniyati cheklangan insonlarga ko‘mak berish maqsadida “Mehrli qo‘llar” yoshlar va bolalar markazini tashkil etgan.

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    Foto: Instagram / @shodiyevarano

    — Surdo tili oilamiz uchun yangilik emas. Chunki dadamning eshitish bilan bog‘liq nuqsoni bo‘lgani uchun bolaligimizdan bu tilni o‘rganishga va u orqali dadam bilan erkin muloqot qilishga harakat qilganmiz. 2003-yili  uch oylik kursga qatnadim va surdo tarjimoni mutaxassisligini egalladim. Hozirgi kunda bu tilda erkin muloqot qilolaman. Hatto farzandlarim ham buni o‘rganishgan. Bolaligimdan imkoniyati cheklangan insonlarga befarq bo‘lmaganim uchun “Qo‘llar yordamida gaplashamiz” nomli tashkilotni yo‘lga qo‘ygandim. Undan keyin uning qamrovi yanada mukammallashib, eshitish, ko‘rish, gapirish bilan bog‘liq imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar tashkilotini tuzdik. Hozirgi kunda rahbarligimdagi “Mehrli qo‘llar” yoshlar va bolalar markazi imkoniyati cheklangan qatlam vakillarining hayotga moslashuvchanligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda, — deydi aktrisa Ra’no Shodiyeva.

    So‘g‘diyona Azimova

    2011-yili kino olamiga kirib kelgan So‘g‘diyona Azimova o‘ndan ortiq muvaffaqiyatli film va seriallarda suratga tushgan. Ammo u aktrisalik bo‘yicha hech qanday mutaxassislikka ega emas. U 15 yillik tajribaga ega stilist hisoblanadi.

    Foto: Instagram / @sugdiyona_azimova_official

    Foto: Instagram / @sugdiyona_azimova_official

    — Bolaligimdan sartaroshlar faoliyatiga qiziqqanim uchun shogirdlikka tushib, sohaning sir-asrorlarini o‘rganganman. Stilistlik faoliyatimni 2007-yilda boshlaganman. U paytlarda aktrisa bo‘lishni hayolimga ham keltirmagandim. Bu sohada 15 yil faoliyat yuritdim va bu yildan boshlab sog‘lig‘im sabab biroz tanaffus qilishga majbur bo‘ldim. Tik oyoqda turolmayapman. Shu bois asosiy e’tiborimni seriallardagi ishtirokimga qaratdim. Hozir ikkita serialda suratga tushyapman, — deydi So‘g‘diyona Azimova. 

    Muzaffar Sa’dullayev

    “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Muzaffar Sa’dullayev ham professional aktyor emas. U hisobchilik diplomiga ega, hunarmand hisobladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — 1994-yili tog‘am nabiralarning kattasi  temirchilikni o‘rgansin, deb “Chorsu” bozoridagi ustaga shogirdlikka bergan. Besh yil davomida temirchilikning sir-asrorlarini o‘rganganman. Maktabni tamomlagach, buxgalteriya sohasi bo‘yicha tahsil olganman. Dadam “O‘zbekfilm”da ishlagani uchun men ham bir muddat kino sohada ishladim.Hozir “Chorsu” tunuka bozoridagi rastalarning birini band etganmiz. Kinosyomkalar har doim ham bo‘lmaydi, ammo qozon har kuni qaynashi kerak. Shu bois o‘tgan vaqt mobaynida tunukachilikdan uzoqlashmaslikka harakat qildim. Nasib qilsa, ikkita kinoloyihada chala ishim qoldi. Ularni tamomlasam, san’atdan butunlay ketishni niyat qilganman, — deydi Muzaffar Sa’dullayev.

    Yorqinoy G‘oziyeva

    Aktrisa va kinoprodyuser Yorqinoy G‘oziyeva “Farzandim-2”, “Tubanlik” va “O‘jar kelin” kabi filmlarda muvaffaqiyatli rollarni ijro etgan. U salomatligidagi muammo sabab massajistlikni o‘rgangan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Boshidan o‘tkazgan tabib, deb bejiz aytishmaydi. Avvaliga onam, undan keyin o‘zim umurtqa bilan bog‘liq xastalikka chalinganmiz. Shundan keyin fizioterapiya sohasini o‘rganishga qaror qilganman. Hozirgi kunda 10 yillik tajribaga ega davolovchi massajistman. Hunarli odam och qolmaydi, deb bilganim uchun shu kungacha tikuvchilik va qandolat mahsulotlarini tayyorlashni ham o‘rganganman. Kino syomkalari yo‘q paytda to‘ylar uchun buyurtma tortlar ham pishirib sotganman, — deydi aktrisa Yorqinoy G‘oziyeva.

    Ozod Shukurulloyev

    Ozod Shukurulloyev — “Zo‘r TV” telekanalining “Stand up” ko‘rsatuvi orqali tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. U hozirda partnyori Maftuna Shokirova bilan hamkorlikda Instagram uchun vaynlar tayyorlamoqda. Uning sahifasini 644 mingta obunachi kuzatadi. Ozodning aslida professional shifokor ekanligini ko‘pchilik bilmasligi mumkin.

    Foto: Instagram / @ozod.sh_official

    Foto: Instagram / @ozod.sh_official

    — O‘tgan yili Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomladim. Mutaxassisligim bo‘yicha jarrohman. Hozirgi kunda xususiy klinikalarning birida plastik jarroh sifatida faoliyat yuritaman. Ikki ishim bir-biriga xalal bermayapti, — deydi Ozod Shukurulloyev.

    Shahzoda Muhammedova

    Aktrisa va teleboshlovchi Shahzoda Muhammedova aslida kino olamiga libos ustasi sifatida kirib kelgan. Ammo unda filmlarda suratga tushish ishtiyoqi ham baland bo‘lgan. “Tundan tonggacha” filmidagi ishtirokidan so‘ng tomoshabinlar uni aktrisa sifatida kashf etishdi. Ammo u aktrisalikdan tashqari, milliy va xalqaro moda festivallarida ishtirok etadigan mahoratli  dizayner hisoblanadi. U yaqinda Italiyaning Milan shahrida o‘tkaziladigan Milan fashion week xalqaro moda haftaligida ham ishtirok etgan.

    Foto: Instagam / @shaxzoda__muxammedova

    Foto: Instagam / @shaxzoda__muxammedova

    — Bolaligimdan dizaynerlik sohasiga qiziqaman. Maktabni bitirgach, Binkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida tahsil olganman. Ammo yaqinlarim tavsiyasi bilan Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olganman. Lekin diplom bo‘yicha ishlay olmadim. Otamning orzularini amalga oshirish uchun meros qolgan binoda ilk dizaynerlik uyimni tashkil qildim. Albatta, buni amalga oshirishda buvim va onam ko‘maklashishgandi. Hozirgi kunda dizaynerlik uyi ancha kengaygan. Turmush o‘rtog‘imning taklifi bilan alohida bino ham tashkil etdik. “Shahzoda Muhammedova” dizaynerlik uyining viloyatdagi filiallari ham tashkil etilgan, — deydi Shahzoda Muhammedova.

    Malika Rahimova

    Malika Rahimova 2017-yildan buyon O‘zbek davlat drama teatrida faoliyat yuritadi. U “Otasining qizi”, “Sab’ayi sayyor”, “Jamila”, “Trufaldino – ikki boyga bir malay”, “Ming bir kecha” spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. Chingiz Aytmatovning 90 yilligiga bag‘ishlab “Aytmatov va teatr” xalqaro teatrlar festivalida “Jamila” spektakli bilan qatnashib, “Yilning eng yaxshi ayol roli uchun” mukofotlangan.

    Foto: Malika Rahimova arxividan.

    Foto: Malika Rahimova arxividan.

    — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida shartnoma asosida o‘qiganman. Ikkinchi kursda moliyaviy qiyinchiliklar sabab ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Bolaligimda kriminal sohaga qiziqqanim uchun o‘zimni shunga yaqin sohada sinab ko‘rganman. Kameralar orqali o‘g‘rilik holatlarini aniqlash bilan shug‘ullanardik. Ishimiz juda qiziq edi. Bo‘lim boshlig‘imiz Ergash Komilov sizga mos ish bor, dedi. Afsuski, o‘sha paytda diplom spektakliga tayyorgarlik ko‘rayotganim uchun ishni rad etishimga to‘g‘ri keldi. Institutni tamomlab, teatrga ishga bordim. Lekin bo‘sh ish o‘rni yo‘qligini aytishdi. Ergash Komilov bilan bog‘lanib, yangi ish haqida so‘radim. Ish u qadar qiyin emasligini va uch kunda bir marotaba ishga borishim kerakligini aytishdi. Hozirgi kunda Toshkent markaziy vokzalida nozir va O‘zbek davlat drama teatrida aktrisa sifatida ishlayman. Biz yo‘lovchilar xavfsizligiga javob berib, ularning hujjatlari va yuklarini nazoratdan o‘tkazamiz.Turmush o‘rtog‘im Kamol Rahimov “Afrosiyob” yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi videokuzatuvida operator bo‘lib ishlaydi. U bilan temiryo‘lda tanishganmiz, — deydi Malika Rahimova.

    G‘olib Habibullayev

    “Iblis devori”, “Qora ilon” va “Fidoyilar” kabi filmlardagi ishtiroki bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor G‘olib Habibullayev oilaviy nonvoychilik bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Instagram / @golib_habibullayev_official

    Foto: Instagram / @golib_habibullayev_official

    — Ota-onam umr bo‘yi nonvoychilik bilan shug‘ullanishgan. Ularning oila qurishiga ham shu hunarlari sabab bo‘lgan. Bolalikdan uning sir-sinoatlarini o‘rganganmiz. Hatto o‘quvchilik paytimdan dadam safarga ketganida onam ikkimiz nonlarni yopardik.

    San’atdan tashqari nonvoychilik bilan ham shug‘ullanaman. Syomkadan bo‘sh vaqtim nonvoyxonada o‘tadi. Bu ish bilan shug‘ullanish menga zavq bag‘ishlaydi, — deydi G‘olib Habibullayev.

    Madina Mumtoz

    Ijodini xonandalikdan boshlagan Madina Mumtoz aktrisa sifatida ham bir nechta filmlarda suratga tushgan. Xususan, “Mening dadam bo‘ydoq”, “Bevalar”, “Janob hech kim”, “O‘zimdan o‘zimgacha” va “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlardagi rollari tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. U hozirgi kunda kino va qo‘shiqchilik sohasida faoliyat yuritmay, o‘zini yangi yo‘nalishlarda sinab ko‘ryapti.

    Foto: Instagram / @madinamumtoz

    Foto: Instagram / @madinamumtoz

    — Bolaligimdan oshpazlik sohasiga qiziqqanman. Bu sohani mustaqil o‘rganish bilan birga, bir necha kurslarga ham qatnaganman. Shu yili Istanbulda “Turk oshpazlari akademiyasi”da oshpazlik bo‘yicha tahsil olib qaytdim. Undan keyin Toshkentdagi eng mohir oshpazlar,  mehmonxona oshpazlaridan amaliy saboq oldim. Menga ham o‘rgating, buni qanday tayyorladingiz, degan savollar ko‘p bo‘lgani uchun onlayn kurs ochishga qaror qildim. “Turk taomlari oshpaziman” kursida taomlar bilan birgalikda salat va desertlar ham o‘rgatiladi, — deydi Madina Mumtoz.

    Mavzuga doir:

    • Feruza Jumaniyozova “balkon”da, Yulduz Turdiyeva oynasiz uyda. Ijarada yashash nima ekanini yaxshi tushunadigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
    • 40 kilodan 60 kilogacha. Oshqozon kichraytirish operatsiyasi orqali ozayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto, video)
    • McDonald’sda idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    16.04.2022, 15:46   Izoh (0)   102904
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bollivud yulduzlari Ranbir Kapur va Aliya Bhatt turmush qurdi (foto va video)

    15.04.2022, 12:46

    Xonanda Selena Gomes ortiqcha vaznini tanqid qilgan xeyterlarga murojaat qildi

    15.04.2022, 10:56

    Instagram: 20 yil deganda Toshkentga kelgan Nargiz Zokirova, vertolyotda parvoz qilgan Sevara Nazarxon, Nilufar Usmonova tug‘ilgan kuniga berilgan noodatiy sovg‘al...

    14.04.2022, 22:39

    Yomon munosabati tufayli muxlislari hurmat qilmay qo‘ygan Gollivud yulduzlari (foto)

    14.04.2022, 20:58

    Foto: “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevin Makkalisterning ukasi Fuller 32 yil ichida qay darajada o‘zgardi?

    14.04.2022, 15:46

    Instagram: Sherali Jo‘rayev xonadonidagi katta tantana, farzand kutayotgan Aziza Nizomova, Shahzoda Dubayga ko‘chib ketdimi?

    13.04.2022, 22:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.