• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ko‘rib, bilib tursak-da, qarshilik qilolmadik”. Sitorai Mohi Xossa muzeyi direktori tarixiy saroy ta’mirining noto‘g‘riligi 2020-yilda ma’lum bo‘lganini aytmoqda

    Buxorodagi Sitorayi Mohi Xossa muzeyida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi “2017—2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qabul qilingan qaroriga ko‘ra, 2019-yilda restavratsiya ishlari boshlangan. Madaniyat vazirligi mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarining eskiz loyihasi, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishi va uni davlat ekspertizasidan o‘tkazishni tashkil etishi lozim bo‘lgan.

    Restavratsiya jarayonida muzeyni loyihalashtirish ishlari Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti huzuridagi ilmiy ekspert kengashidan o‘tkazilgan. Ta’mirlash ishlari esa tenderda g‘olib bo‘lgan Namangandagi “Zamin qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan.

    Sitorayi Mohi Xossa muzeyiga kirish qismi.

    Sitorayi Mohi Xossa muzeyiga kirish qismi.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Qurilish tashkiloti yozgi saroyning qabulxona, mehmonxona, kanizakxona hamda kanikazxonaga tegishli ko‘shk tarixiy binolarini mukammal ta’mirlashi lozim bo‘lgan. Biroq, restavratsiya ishlariga nomutaxassis ustalar jalb qilingani bois qadimiy obidaning tarixiy va badiiy bezagiga zarar yetkazilgan.

    Derazalari sifatsiz yog‘och bilan qoplangan qabulxona.

    Derazalari sifatsiz yog‘och bilan qoplangan qabulxona.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Qadimiy temir ilgaklari kesib tashlangan derazalar.

    Qadimiy temir ilgaklari kesib tashlangan derazalar.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Qadimiy temir ilgaklari kesib tashlangan derazalar.

    Qadimiy temir ilgaklari kesib tashlangan derazalar.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Qurilish ishlari 2019—2020-yillarda amalga oshirilgan bo‘lib, restavratsiya uch bosqichdan iborat bo‘lgan. Restavratsiya jarayonida binoning tarixiy va badiiy ahamiyati yo‘qolayotganidan xabar topgan Buxoro shahrining marhum hokimi Karim Kamolov hamda viloyat Madaniy meros departamenti mas’ullari obyektga kelgan. Quruvchilarni ogohlantirib, restavratsiya ishlarini to‘xtatishga uringan. Natijasi bo‘lmagach, ogohlantirish xatlari yuborilgan. Ancha bahs va tortishuvlardan so‘ng prokuraturaga ma’lumotnoma kiritilgan. Shu sabab qurilish ishlari 2020-yilning mart oyida to‘xtatilgan. Ammo bu paytda ta’mirlash ishlarining ikkinchi bosqichi yakunlanayotgan bo‘lgan”, — dedi muzey rahbari Suhrob Salimov.

    Muzey direktori qurilish ishlari uning ko‘z oldida xato bajarilayotganini, saroy tarixiy ahamiyatini yo‘qotayotganini ko‘rib tursa ham bunga qarshilik qilolmaganini aytmoqda.

    “To‘g‘ri, biz ishlar xato bajarilayotganini ko‘rib, bilib turdik. Ammo qarshilik qilolmadik. Kuchimiz yetmadi. Tushuntirdik, tushunishmadi”, — deydi muzey direktori.

    “Daryo” muxbiriga ma’lumot bergan manba qurilish ishlari Madaniyat vazirligi boshchiligida bajarilganini, ta’mirlash ishlarini tenderda yutib olishda ham tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Muzey rahbarining aytishicha, restavratsiya bo‘yicha Toshkentdan mutaxassislar kelib, kompleksda olib borilgan ishlardagi katta kamchilik va xatolarni o‘rgangan. Va xulosa yuzasidan prokuraturaga taqdimnoma kiritgan. Bosh prokuratura tomonidan tuzilgan komissiya a’zolari restavratsiya ishlarida qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqlagan. Zina va ayvonlardagi qadimiy koshin va naqshlar nomutaxassis ustalar sabab shakli va jozibadorligini yo‘qotgan.

    Kanikazxonaga tegishli ko‘shk.

    Kanikazxonaga tegishli ko‘shk.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Kanikazxonaga tegishli ko‘shk.

    Kanikazxonaga tegishli ko‘shk.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Buxoro davlat muzeyi qo‘riqxonasi bosh direktorining so‘ziga ko‘ra, mazkur muzeyda ko‘zda tutilgan restavratsiya ishlariga 8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Qizig‘i, restavratsiya jarayonlarini loyihalash ishlarida Buxorodan sohaga daxldor birorta mas’ul ham, mutaxassis ham qatnashmagan. Ta’mirlash ishlari esa restavrator bo‘lmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan.

    Qadimiyligi yo‘qotilgan mehmonxonaning old tomoni.

    Qadimiyligi yo‘qotilgan mehmonxonaning old tomoni.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “1912—1914-yillarda qurilgan qabulxona binosi, 1915—1916-yillarda qurilgan mehmonxona binosi hamda 1916—1917-yillarda qurilgan kanizakxona va uning ko‘shk binolarida yuqorida aytilganidek, nomutaxassis ustalar ish olib borgan. Qurilish ishlari juda qo‘pol bajarilgan. Jozibadorlik yo‘qotilgan. Qabulxona binosining barcha derazalari tashqi tomondan qayta tozalanib, jilodor tus berilishi o‘rniga, sifatsiz yog‘och taxtalar bilan ko‘r-ko‘rona qoplab qo‘yilgan. Derazalarning qadimiy temir ilgaklari kesilib, yaroqsiz holga keltirilgan. Qabulxona binosi devorining muzey hovuzi qarshisidagi ko‘shk ham yog‘och taxtalar bilan qoplangan. Kanizakxona ichki devori shiftidagi o‘yma naqshlar restavratsiyasida sifatsiz rang-bo‘yoqlardan pala-partish foydalanilgan. Madaniy tarixiy obyekt restavratsiyasi ishlariga o‘ta hurmatsizlik va bilimsizlik bilan yondashilgan”, — deydi Bahrom Nasimov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Daryo” muxbiri holat yuzasidan muzeyga kelgan aholi bilan ham suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Biz har kuni saroyga hordiq olish uchun kirardik. Bugun esa faqatgina uning holatiga achinamiz. Bir ko‘rishdayoq, tarixiy binolar devorlari sifatsiz yog‘ochlar bilan berkitib qo‘yilgan. Ayniqsa, bu binolarning eski o‘ris hammomlariga o‘xshatib qo‘yilgani judayam achinarli”, — deydi aholi vakillari.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Muxbir bilan suhbatda o‘zini oshkor etishni istamagan suhbatdosh holat yuzasidan 2020-yilning mart oyida prokuraturaga ma’lumot kiritilganida, majmuaning badiiy bezaklari, naqshlari, koshinlari nobut qilinib, tarixiy va badiiy qiymatiga jami 28 milliard so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. Biroq, o‘rganish ishlari ikki yildan buyon yakuniga yetkazilmay, e’tiborsiz qoldirilgan. Va eng achinarlisi o‘sha paytda prokuratura keltirilgan zararni bor yo‘g‘i 3 milliard so‘mga baholagan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Mavzuga doir: Buxorodagi Sitorai Mohi Xossa majmuasining restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani sabab jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    16.04.2022, 12:15   Izoh (0)   56629
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda olib qochilgan Nexia to‘liq yonib ketgan holda topildi (foto)

    16.04.2022, 11:50

    Moskvada migrantlar ishlayotgan bino tomining qulab tushishi oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

    16.04.2022, 11:33

    Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan pansionatlar masalasida kelishishga umid qilmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi sud nima bo‘lyapti?

    16.04.2022, 09:02

    O‘zbekistonning “xavfsizlik yostig‘i” 200 mln dollarga kamaydi

    16.04.2022, 08:42

    Toshkent viloyatidagi novvoyxonalardan birida 34 yoshli erkak tanishini pichoqladi

    16.04.2022, 08:21

    Toshkentda tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etgan shifoxona xo‘jalik ishlari mudiri javobgarlikka tortildi

    16.04.2022, 08:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.