O‘zbekiston professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi 16-aprel kuni bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.
Yig‘ilishda federatsiya Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi tasdiqlandi.
Unda hozirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh kotibi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Umid Yakubov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
Tajribali mutaxassis, tadbirkor G‘ofur Rahimov birinchi vitse-prezident lavozimini egalladi. Shuningdek, Ziyovuddin Xojiniyozov federatsiya vitse-prezidenti bo‘ldi. Ular vazifalariga jamoatchilik asosida saylanishdi.
Izoh (0)