Jizzax viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bo‘lim uslubchisi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu xodim B.I. umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari O.T. va Sh.Q.ni malaka toifasini olish uchun o‘tkazilayotgan attestatsiya test sinovlaridan tanishlari yordamida o‘tkazib berish evaziga 1 200 dollar so‘ragan.
Pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Toshkentda 4000 dollarga magistraturaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan kafedra mudiri va uning sherigi ushlandi
- Xorazmda 600 dollar evaziga “prava” imtihonlaridan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
- Sirdaryoda tez yordamga dispetcherlikka ishga kiritib qo‘yish uchun 700 dollar so‘ragan shifokor qo‘lga olindi
Izoh (0)