• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bulung‘urda gaz ballondagi chaqnash sabab uch kishi 80–90 foiz kuyish tan jarohatini oldi. “Raygaz” portlagan ballon “bizga tegishli emas” demoqda

    Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi xonadonda xonadon vakillari foydalanib kelayotgan gaz ballonida chaqnash sodir bo‘ldi. Natijada xonadon egasi, uning turmush o‘rtog‘i va 10 yoshli qizi kuyish tan jarohatini oldi. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilinganidan so‘ng muxbir Farhod Norbo‘tayev voqea joyida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2022-yilning 11-aprel kuni ertalab soat 07:00 atrofida sodir bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Bulung‘ur tumani “Avliyo Parpi” mahallasidagi Narzullayevlar xonadonida bo‘lgan ko‘ngilsizlik oqibatida jabrlangan 55 yoshli xonadon egasi, uning 42 yoshli xotini va 10 yoshli qizi jarohat olib, Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

    Jabrlanuvchining ukasi Jamol Narzullayevning aytishicha, u voqea sodir bo‘lishidan bir kun avval akasining uyida bo‘lgan. O‘zaro suhbatlashib, kechasi soat 01:00 atrofida uyiga qaytgan.

    Jamol Narzullayev.

    Jamol Narzullayev.
    Foto: “Daryo”

    “Ertalab soat 07:10 da menga xabar bordi. Yetib kelib, tez yordam mashinasi kelgunicha uchalasini ham tashqariga olib chiqdim. Tez yordam mashinasi kelganidan so‘ng hammasini shifoxonaga olib bordim. Qo‘ni-qo‘shnilar ham yordam berib, uydagi narsalarni chiqarib, yong‘inni o‘chirishgan”, — deydi Jamol Narzullayev.

    Jamol Narzullayevning aytishicha, xonadondagi gaz balloni portlamagan.

    Foto: “Daryo”

    “Gaz ballonning jo‘mragi bo‘lmagan. Men uyga kelganimda uydagi hamma narsani tashqariga chiqarib, ballonga qaraganimda hali ham undan gaz chiqib yotgan ekan. Qo‘lbola qilib berkitilgan. Ammo eplay olishmagan. Men hali ularning o‘zlari bilan umuman gaplashganim yo‘q. Taxminimcha, derazalarning bittasida oyna bo‘lmagan. Shamol kirishi natijasida ikkinchi xona gaz bilan to‘lgan. Gaz balloni chaqnashidan so‘ng qo‘ni-qo‘shnilar xabar topgan”, — deydi Jamol Narzullayev.

    Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamga qaramasdan ularning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “11-aprel kuni soat 9:00 da tuman shifoxonasiga tez yordam mashinasida uch nafar bemor olib kelindi. Bir oilaning uch nafar a’zosi gaz ballonidan noto‘g‘ri foydalanganligi oqibatida kuyish tan jarohatini olgan ekan. Bemorlarning ikki nafarida 80 foiz, bir nafarida 90 foiz kuyish bor. Ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamga qaramasdan bemorlarning ahvoli og‘irligicha qolmoqda”, — deydi Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi shifokori Iskandar Suvonov.

    Foto: “Daryo”

    Jabrlanuvchining ukasi Jamol Narzullayevning aytishicha, voqeadan xabar topgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi mutasaddilari holat sodir bo‘lgan joyga kelib, gaz balloni ularga tegishli emasligini bildirgan.

    Foto: “Daryo”

    “Tumangaz’dan odam kelib bu gaz ballon bizniki emas deb, tan olmay ketgan. Shunga jahlim chiqyapti. Bozordan sotib olganimiz yo‘q. Biz ikkita gaz ballon olganmiz. Ularning hujjatlari ham bo‘lishi kerak. Gaz ballon chiqaradigan zavodimiz bo‘lmasa, uni yasab bo‘lmasa, qanday uni tan olmasligi mumkin? Har ikki oyda uni ko‘rikdan o‘tkazish muddati bo‘ladi. Buni tekshirib ko‘rganda raqamlari bor ekan va uning yaroqlilik muddati o‘tib ketgan ekan”, — deydi Jamol Narzullayev.

    Foto: “Daryo”

    “Bulung‘urtumangaz”ning suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Mirzohid Hakimovning ta’kidlashicha, 2022-yilning 18-fevral kuni “Avliyo Parpi” mahallasiga gaz ballonlari tarqatilgan. Mirzohid Hakimov chaqnagan gaz balloni ularga tegishli emasligini ma’lum qilib, ballondan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    “O‘sha kuni holatni o‘rgandik. 2022-yilning 18-fevral kuni ‘Avliyo Parpi’ mahallasiga gaz ballonlari tarqatilgan ekan. O‘rganganimizda texnika xavfsizlik qoidalari qo‘pol ravishda buzilganligi, gaz ballon bizga tegishli emasligi, uning jo‘mragiga simdan yasama ochish uskunalari yasab qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi”, — deydi Mirzohid Hakimov.

    Mirzohid Hakimov.

    Mirzohid Hakimov.
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchi tumanda yaroqsiz gaz ballonlari tarqatilgani ortidan ‘tumangaz’ning olti nafar xodimi ishdan olinganini bayon qildi. Mirzohid Hakimov esa ular boshqa sabab bilan ishdan ketganini ta’kidladi.

    “Men unday holat bo‘lganini bilmayman. Xodimlar boshqa xatoliklar bilan, aniqrog‘i, kamomad uchun ishdan olingan”, — deydi Mirzohid Hakimov.

    Jamol Narzullayevning qo‘shimcha qilishicha, gaz ballon tarqatuvchi xodim uning nosozligini aytgan. Ammo akasi nosoz bo‘lsa-da uni olib ishlatgan. Akasining eng katta xatosi shu bo‘lgan.

    “Portlagan gaz ballonini akamning yaqinda xizmatga ketgan o‘g‘li olib kelgan. Odatda gaz ballonlari bitta uyga kelib tushadi. Yoki mashinada olib kelingan paytda odamlarni bir joyga to‘plashadi. Gaz ballonini tarqatgan odam ham akamga ballon yaroqsiz ekanini aytgan ekan. Ammo akam shunday bo‘lsa-da, olib ishlatgan. Bir kun yoqqanmi, uch kun yoqqanmi bunisi menga qorong‘i. Gaz ballon tarqatgan odamga ham gapirdim. Joyi kelganda aytaman, taxminan, bir mashinada 100-150 ta gaz ballon kelsa, shuning 10-15 tasi yaroqsiz bo‘lib chiqadi. U esa kimningdir boshini yeydi”, — deydi Jamol Narzullayev.

    Foto: “Daryo”

    “Chaqnash bo‘lganidan keyin hamma narsa bir yonib, sochilib ketgan. Yong‘in bo‘lmasa, uyning shifti qanday yonadi? Axir bu yerga bo‘z tortilgan bo‘lgan. To‘g‘ri, alanga bo‘lib yonmagan. Qisqa vaqtga yonib o‘chgan. Ammo Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilish xayolimga ham kelmagan”, — deydi suhbatdosh.

    26 yildan buyon farzandlarini yolg‘iz katta qilib kelgan jabrlanuvchining onasi Turdixol Narzullayevaning aytishicha, voqea sodir bo‘lgan joyga Bulung‘ur tuman hokimi kelib, xonadon egalariga yordam berishini ma’lum qilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Nevaramning aytishicha, tuman hokimi kelib o‘zimiz qo‘ldan kelgancha yordam qilamiz deb aytibdi. Yordam bersa, Xudo yorlaqasin. Akalari bari yugurib yuribdi. Turishimiz shu. Enamning qon bosimi bor, deb menga aytishmagan. Keyin bildim. Obeddan so‘ng mana shu vayrona uyga keldim. 26 yildan buyon otasiz olti farzandimni katta qilgandim. Odamlar yordam bergan. Elga, xalqqa rahmat. Qo‘ni-qo‘shnilari yordam bergan. Ularga rahmat”, — deydi Turdixol Narzullayeva.

    “Daryo” muxbirining aniqlashicha, 2021-yilning dekabr oyida “Bulung‘urtumangaz” vakillari tomonidan tumandagi 2200 nafardan ortiq iste’molchidagi maishiy gaz ballonlar gaz to‘ldirish vaji bilan olinib, qaytarib berilmagan. Mazkur holat keyinchalik “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tasdiqlangan. Bulung‘ur tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    15.04.2022, 12:34   Izoh (0)   53363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar IIBB plastik kartalardan pul o‘g‘irlashning yangi usuli paydo bo‘lganidan ogohlantirdi

    15.04.2022, 12:22

    Video: Namanganda qo‘li elektr go‘sht maydalagichga kirib ketgan ikki yoshli qizga yordam ko‘rsatildi

    15.04.2022, 12:11

    O‘zbekistonda 16-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    15.04.2022, 11:33

    Toshkent shahar hokimi sobiq o‘rinbosari Sardor Abdullayev Uzbekistan Airports boshqaruv raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

    15.04.2022, 11:21

    Buxorodagi Sitorai Mohi Xossa majmuasining restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani sabab jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    15.04.2022, 10:44

    O‘zbekistonda yerning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

    15.04.2022, 10:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.