• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Wikipedia — ishonchli manba”. Senatda Wikipedia’da o‘zbekcha kontentni ko‘paytirish kerakligi aytildi

    Wikipedia’da 99 foiz ma’lumotlar o‘zbekchada umuman yo‘q. Bu haqda 14-aprel kuni Senatda bo‘lib o‘tgan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida ta’kidlandi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Senat raisi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Wikipedia internet ensiklopediyasiga ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha vazirlik va idoralar uchun seminarlar tashkil qilish vazifa bajarilmaganini aytib o‘tdi.

    AKT vazirligi Sun’iy intellekt departamenti boshlig‘i Akmal Savurbayevning ma’lum qilishicha, Wikipedia’ga axborotlar joylashtirib borilmoqda va doimiy ravishda yangilab borilyapti.

    “Vazirlik va idoralar bilmaydi shu bo‘yicha qanday ishlash kerakligini. O‘zimiz ham qiynalamiz Wikipedia masalasida. O‘qitish masalasi qanaqa bo‘lyapti?”, — deya savol bilan murojaat qildi Tanzila Norboyeva.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Akmal Savurbayevning aytishicha, o‘qitish masalasi doimiy tarzda amalga oshiriladi.

    “O‘tgan yilning hisobida ham vazirlik, idoralar vakillari uchun Estoniya davlatidan ekspertlarni jalb qilgan holda seminarlar tashkil etganmiz. Bundan tashqari, bu yil uchun ham rejalarimiz bor. Vazirlik va idoralarning aynan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari uchun mas’ul bo‘lgan vakillari bilan Wikipedia bilan ishlash bo‘yicha o‘qitish rejalarimiz bor”, — deydi u.

    Senat raisi bu borada ma’lumotlar eshitmagani, o‘zida ham ehtiyoj borligini ta’kidladi.

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Wikipedia masalasi ikki yilcha avval ko‘tarilgani, internet tarmog‘ida ham birinchi ma’lumot aynan Wikipedia’dan chiqishini aytdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    O‘zbekcha kontent juda kam. U yerga ma’lumot kiritish, yozish haqida aytilgandi. Wikipedia’da yozilsa, juda katta reklama bo‘ladi. Hozir yozsangiz, yo inglizcha, yo ruscha ma’lumot chiqadi. O‘zbekcha kontentda tarixiy masalalar bo‘yicha ham, O‘zbekistonning rivojlanishi masalasi ham yo‘q. Umuman ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha umuman yo‘q. Shuning uchun seminar o‘tkazish ham bekorga yozilmagan. Lekin bitta narsani aytish kerak, bu vazirlik (AKT vazirligi — tahr.) kontent emas, ular texnik jihatdan o‘rgatadi. U yerda nima qilish kerak, avtorizatsiyadan qanday o‘tish kerak, shularni o‘rgatsa yaxshi bo‘ladi. Kontent bilan AOKA shug‘ullanishi kerak, menimcha, — deydi adliya vaziri.
    Tanzila Norboyeva Ruslanbek Davletovning gaplarini ma’qullab, AKT vazirligi IT texnologiya bilan ishlaydigan xodimlarni o‘qitish kerakligini aytdi.
    Mazmun nuqtayi nazaridan, har bir idora o‘z vazifasini o‘zi belgilashi kerak. Masalan, Senat to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni sizning vazirligingiz qilib bera olmaydi. Biz o‘zimiz mazmunini bilishimiz kerak. IT texnologiya bilan ishlaydigan boshqarmamizni siz o‘qitib bersangiz, shu narsalarni joylashtirishi kerak. Biz buni respublikadagi barcha vazirlik va idoralarga o‘qitishimiz kerak. Lekin shu narsa yo‘q. Hozir to‘g‘ri aytilyapti, O‘zbekiston to‘g‘risidagi qilinayotgan ishlar, ma’lumotlar, tarixiy, ijtimoiy, madaniy ma’lumotlarga juda katta ehtiyoj bor. Xalqaro tashkilot vakillari bu bo‘yicha juda ko‘p savol beradi. Qo‘limizdan kelgancha javob beramiz, lekin Wikipedia’da mana bu bor, deb aniq aytolmaymiz, — deydi Senat raisi.Tanzila Norboyeva o‘zi AKT vaziri barcha ishlar qilinayotgani haqida aytganini, bu bo‘yicha ishlar nazoratga olinishi, kelgusi majlisda to‘xtalishi haqida aytib o‘tdi. Shuningdek, Senat raisi Wikipedia’dagi ma’lumotlar o‘z-o‘zidan o‘zgarib ketishi haqida aytdi.
    “Kim qilyapti desak, birovlar qilyapti deyishdi. Hayron bo‘lasiz, uning texnologiyasiga. O‘zim ham shu bilan to‘qnash keldim. Undagi ma’lumotlar boshqacha bo‘lib ketyapti-da. Shuning uchun buni bir to‘g‘rilab bermasanglar bo‘lmaydi. Bu juda jiddiy masala”, — dedi Senat raisi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Wikipedia hozirda dunyodagi eng ko‘p havola qilinayotgan manbalardan biri ekanligini aytdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Dunyodagi 99 foiz talabalar Wikipedia’dan javob topyapti. Wikipedia’da O‘zbekiston uchun ikkita yo‘nalishdagi vazifa bor: birinchisi, Wikipedia’da O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlarni biz bermaymiz, afsuski. Hammasini kimlardir yozyapti. O‘zgarib ketishining sababi uni hamma tahrirlashi mumkin. Shuning uchun, biz O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlarni imkon qadar o‘zimiz beraylik. Senat to‘g‘risida, Qonunchilik palatasi to‘g‘risida va boshqa. Hammasi bor bizda. Ikkinchisi, Wikipedia’da berilayotgan ma’lumotlarni o‘zbek tilidagisi qancha? 99 foiz ma’lumotlar o‘zbekchada umuman yo‘q. Jahon siyosatchilari, voqealari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yo‘q. Bizning birinchi vazifamiz O‘zbekiston to‘g‘risidagi obyektiv axborotlarni Wikipedia orqali reklama qilish, tekinga, butun dunyo uchun. Nima uchun aynan Wikipedia, chunki ishonchli manba. Wikipedia’ga ishonishadi.

    Ikkinchisi, o‘zbek kontentini ko‘paytirishimiz kerak. Faqat o‘zimiz to‘g‘rimizda o‘zbek tilida bersak ham yetarli emas. O‘zAning tajribasini o‘rganishimiz kerak. O‘zAda 11 ta tilda beriladi xabarlar. Turli xil tashkiliy, manfaatdorlik yo‘llarini o‘ylab ko‘rishimiz kerak, — deydi Akmal Saidov.

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov agentlik tomonidan Wikipedia ichida O‘zbekiston bilan bog‘liq 140 ming maqola aniqlangani, undan olti mingtasi o‘rganib chiqilganini aytdi.
    O‘rganishlar davomida 10 foiz kontent o‘zbek tilida, qolgani esa boshqa tillarda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozir Yoshlar ishlari agentligi bilan ishlayapmiz. 300 million so‘m ajratib, Wikipedia’ni to‘ldirmoqchimiz. Unda maxsus mualliflar bo‘ladi. Ularning bir-ikkitasini topdik. Olti mingta maqola o‘rganilganda yaxshi mexanizm aniqlandi. Ya’ni, Creative Commons Attribution litsenziyasi bor ekan. Agarda biror muallif O‘zbekistondagi saytlardan axborot olib Wikipedia’ga joylasa, o‘sha saytda Creative Commons Attribution litsenziyasi bo‘lmasa, Wikipedia buni egalik huquqini buzish deb qabul qilarkan. Natijada, o‘sha kontent o‘zgarib ketadi yoki o‘chirib yuboriladi. Shuning uchun, AOKA tomonidan har bir vazirlik va idoraga o‘sha litsenziyani olish bo‘yicha taklif jo‘natilgan. Bundan tashqari, Adliya vazirligi, Senat hamda Xavfsizlik kengashiga xat kiritdik. Creative Commons Attribution tushunasini qonunchiligimizga kiritsak va har bir saytda shu so‘z paydo bo‘lsa, natijada mualliflar o‘sha saytdan ma’lumot olib, Wikipedia’ga joylashi mumkin, — deydi u.
    Tanzila Norboyeva AOKA Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan birgalikda yana qanday ma’lumotlarni Wikipedia’ga kiritish bo‘yicha tahlillar olib borishi haqida gapirdi.

    “O‘zbek to‘g‘risida jahon hamjamiyatini xabardor qiladigan nima mavzular bor? Shu mavzular bo‘yicha kimlar mas’ul? Shu narsalarni qilib, rejani tasdiqlab, muddatini berib, ular kontent qilsa. AKT vazirligi texnik tomonini qilib beraveradi. Seminar oxirgi chora. Seminar o‘tkazilgani bilan kontent bo‘lmasa, mavzu bo‘lmasa foydasiz. O‘ylaymanki, bu masalani qaytadan tahlil qilib chiqish kerak”, — deydi Senat raisi.

    Mavzuga doir:

    • “Bugungi kunda axborotning rangi ham, og‘irligi ham, o‘lchami ham yo‘q. Axborotni cheklab bo‘lmaydi” — senator Farhod Boqiyev
    • Bepul, ochiq, dunyodagi eng katta, biroq hammayam ishonavermaydigan onlayn ensiklopediya — Vikipediya tarixi

    14.04.2022, 17:19   Izoh (0)   8246
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi (video)

    14.04.2022, 16:43

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    14.04.2022, 16:31

    O‘zbekistonda vazirlik, qo‘mita va viloyat hokimliklarining ochiqlik indeksi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi

    14.04.2022, 16:10

    Tanzila Norboyeva: “2021-yildagi 19 ta xalqaro reytingning 11 tasida O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini yaxshilagan”

    14.04.2022, 15:32

    Lacetti, Cobalt yoki Nexia — O‘zbekistonda eng ommalashgan avtomobil rusumi qaysi?

    14.04.2022, 15:20

    Andijonda fuqarolarni Polshada ishlashga noqonuniy jo‘natish bilan shug‘ullangan firma aniqlandi

    14.04.2022, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda it kattaligidagi yangi dinozavr turi topildi (foto)

    Dunyo | 26 iyun, 17:20

    Vinisius yangi shartnoma borasida “Real” bilan kelisha olmadi

    Sport | 26 iyun, 17:09

    O‘zbekistonda “eskrou” tizimi sabab yangi uy-joylar narxi keskin oshishi rad etildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 17:08

    Britaniya qiroli Charlz Netflix bilan shartnoma imzoladi

    Layfstayl | 26 iyun, 17:05

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Minskka jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 17:01

    Keniyada hukumatga qarshi namoyishlarda 16 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 26 iyun, 16:45

    “Og‘ir kun”: yurak xurujlari eng ko‘p dushanba kuni yuz berishi aniqlandi

    Layfstayl | 26 iyun, 16:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.