Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final javob o‘yini doirasida “Real” va “Chelsi” 12-aprel, seshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
“Real” Madridda “Chelsi”ni qabul qildi. Uchrashuvdan oldin mezbonlarning imkoniyati yuqori baholangandi. Biroq 15-daqiqada Meyson Maunt mehmonlarning hujumini gol bilan yakunlab hisobni ochdi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oldi.
Ikkinchi 45 daqiqalik avvalida Antonio Ryudiger burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, oradagi farqni oshirdi. 62-daqiqaga kelib, Markos Alonso “Chelsi”ning o‘yindagi 3-goliga mualliflik qilgandi. Biroq ushbu vaziyatda to‘p Alonsoning qo‘liga tegdi deb baholandi va gol bekor qilindi. 75-daqiqada esa Timo Verner himoyachilarni ketma-ket dog‘da qoldirib, hisobni baribir 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan besh daqiqa o‘tib esa Rodrigo Luka Modrichning zargarona uzatmasini golga aylantirib, “Real”ni kurashga qaytardi — ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisob: 4:4.
Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagach, jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. Birinchi ekstra-taym avvalida Karim Benzema boshi bilan gol urib, “qirollik klubi”ga keyingi bosqich eshiklarini ochdi.
Shu tariqa “Real” dramatik ruhda kechgan bahsni o‘z foydasiga hal qilib (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:4), YChL yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Jamoalarning Londondagi o‘yinida 3:1 hisobida madridliklar ustun kelgan.
Yevropa Chempionlar Ligasi
1/4 final, javob bahsi
12-aprel, seshanba
“Real” Ispaniya – “Chelsi” Angliya 2:3
Gollar: 0:1 – 15 Maunt, 0:2 – 51 Ryudiger, 0:3 – 75 Verner, 1:3 – 80 Rodrigo, 2:3 – 96 Benzema.“Real”: Kurtua, Karvaxal, Alaba, Nacho (Vaskes, 88), Mendi (Marselo, 78), Modrich, Kroos (Kamavinga, 73), Kazemiro (Rodrigo, 78), Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Sebalyos, 115).
“Chelsi”: Mendi, Tiago Silva, Ryudiger, Jeyms, Alonso, Loftus-Chik (Saul, 105), Kovachich (Jorjinyo, 105), Kante (Ziyosh, 100), Maunt, Haverts, Verner (Pulishich, 83).
Ogohlantirishlar: Jeyms (10), Benzema (37), Valverde (68), Kamavinga (90), Ziyosh (102), Haverts (109), Aspilikueta (113), Karvaxal (118).
Dastlabki o‘yin — 3:1.
Izoh (0)