• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Uchrashuvda prezidentga arz qilmaganimdan pushaymonman”. Samarqandlik tadbirkor xususiy mulki noqonuniy buzilganini aytmoqda

    Samarqand viloyatining Samarqand shahrida tadbirkorga tegishli bo‘lgan mulk — noturar joy binosi hech qanday asossiz buzib tashlangani aytilmoqda. Bu haqda ko‘plab mas’ullarga murojaat qilgan tadbirkor natijaga erishmayotganini, davlat rahbarining viloyatga tashrifi chog‘ida uchrashgan bo‘lsa-da, muammoni aytmaganidan afsusda ekanini bildirmoqda.

    Buzib tashlangan bino o‘rnida bo‘layotgan qurilish ishlari.

    Buzib tashlangan bino o‘rnida bo‘layotgan qurilish ishlari.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi shahar hokimligi topshirig‘i bilan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2021-yilning sentabr oyida buzib tashlangan noturar joy binosini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqmoqda. “Daryo” muxbiri mazkur voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

    “Ezgulik” jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan surishtiruvda fuqaro Shahzod Rashidovga tegishli “Istiqbol” ko‘chasi 2-A uydagi yer maydonining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi hamda ushbu xususiy mulk maqomidagi bino-inshootining buzib tashlanishi uchun hech qanday asos mavjud emasligi aniqlangan.

    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisi To‘lqin Usmonov tomonidan 2021-yilning 20-sentabr kuni chiqarilgan hal qiluv qarorida mulkni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish haqida qaror qilingan. Ammo muhokama jarayoniga xususiy mulk egasi Shahzod Rashidov chaqirilmagan. Sudya xususiy mulkning buzilishiga prezidentning “Samarqand shahrida tramvay liniyalari qurilishi loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Samarqanddagi tramvay yo‘lining Temiryo‘l vokzali hududidan “Siyob” dehqon bozorigacha yo‘nalishida qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilanganligi hamda shahar hokimining 2017-yil 21-iyundagi “Samarqand shahridagi ikkinchi bosqich tramvay liniyasi qurilishi munosabati bilan Rudakiy ko‘chasida joylashgan turar joy binolarni buzishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi qarorini asos sifatida keltirgan.

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Qodirovning O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati so‘roviga javoban 2022-yil 5-aprelda bergan ma’lumotiga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi Samarqand shahridagi tramvay liniyasi qurilishida bosh pudratchi sifatida ishtirok etgan. Qurilish 2018-yilda tugallangan bo‘lib, ishchi guruh dalolatnomasi tasdiqlangan va foydalanishga topshirilgan.

    Javob xatiga ilova qilingan dalolatnomadan ma’lum bo‘lishicha, tramvay liniyani qurish ishlari allaqachon tugallangan bo‘lib, obyektni davlat qabul hay’atiga topshirish 2018-yilning 26-fevralida amalga oshirilgan. Uzunligi 11,4 km tramvay liniyasi ham to‘liq qurib bitkazilgan. Shuningdek, shahar hokimining 2017-yil 21-iyundagi qarorida ham na Shahzod Rashidov ismini va na “Istiqbol” ko‘chasi nomini o‘qish mumkin. Shu sabab sudyaning o‘sha paytdagi qarori bekor qilinib, holat qayta ko‘rib chiqilmoqda.

    Mazkur holatga munosabat bildirgan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari tadbirkorning buzib tashlangan mulki o‘rnida Rudakiy haykali qad rostlashini aytmoqda.

    “Viloyat hokimligi Tojik madaniy markazi vakillari, olimlar va jamoatchi faollar bilan maslahatlashgan holda ko‘cha boshida fors-tojik adabiyotining asoschisi Rudakiy haykalini o‘rnatish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur qurilish uchun viloyat hokimligi injiniring kompaniyasi nazorati ostida ‘Yakhyayev proekt servis’ MCHJ tomonidan loyiha ham ishlab chiqildi. Loyiha shaharsozlik kengashida kengash a’zolari tomonidan muhokama etilib, tasdiqlandi. Homiylik mablag‘lari evaziga qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish osti maydoni bilan bog‘liq masala esa sud tartibida ko‘rib chiqilgan va qaror asosida ijro harakati mas’ul idora tomonidan amalga oshirilgan. Sud qarorda ko‘rsatilgan mablag‘ ajratilib bo‘lingach, qurilish boshlangan”, — deydi viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayev.

    Manuchehr Mirzayev bergan ma’lumot “Istiqbol” ko‘chasidagi 2-A uyning buzilishi Samarqandda tramvay qurilishi emas balki viloyat hokimligi tomonidan ilgari surilgan Rudakiy haykali sabab buzilgan bo‘lishi mumkin degan taxminni yuzaga keltiradi. Biroq, viloyat hokimligi injiniring kompaniyasi direktori A.Elmurodov mazkur qurilishga injiniring kompaniyasining hech qanday aloqasi yo‘qligini, “Yakhyayev proekt servis” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ham ularning daxli yo‘qligini aytayotgani yana chalkashliklarga olib keladi.

    O‘zboshimchalik bilan buzilgan mulk egasining otasi — tadbirkor Shokir Rashidovning bildirishicha, u oilaviy mulkining noqonuniy buzib tashlanganligi bo‘yicha 2022-yilning fevralida Samarqandga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga arz qilmoqchi bo‘lgan. Ammo ushbu masalaning qonuniy to‘xtamga kelishiga umid qilib, shikoyat qilmagan.

    “Noqonuniy buzilgan mulkim bo‘yicha prezidentga tadbirkorlar uchrashuvi davomida arz qilmadim va bundan pushaymonman. Prezidentdan boshqa hech kim bizga yordam bermayapti va tadbirkorlar uchun jon kuydiradigan boshqa odamni ko‘rmadim”, — deydi Shokir Rashidov.

    Shokir Rashidovning bildirishicha, u mazkur masala yuzasidan Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqovaga ham murojaat qilgan. Ammo natija yo‘q.

    13.04.2022, 15:57   Izoh (0)   27890
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Elektr energiyasi qaysi viloyatlarda eng ko‘p iste’mol qilinayotgani ma’lum bo‘ldi

    13.04.2022, 15:34

    O‘zbekistonda YPX xodimidan dislokatsiyani so‘rash talabi bekor qilindi

    13.04.2022, 15:22

    O‘zbekiston dunyoning 15 ta eng havosi ifloslangan mamlakatlari ro‘yxatiga kiritildi

    13.04.2022, 15:07

    “Voqea joyida besh yoshli yana bir bola bo‘lgan”. Buxoroda “Maxsustrans” ostida qolib, vafot etganlar voqeasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

    13.04.2022, 14:27

    O‘zbekistonda old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqishi shart bo‘ladi

    13.04.2022, 14:13

    Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    13.04.2022, 13:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.