Toshkent shahri Sergeli tumanida 13-aprel kuni ko‘p qavatli bino qurilish maydonidagi kranda yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 19:04 da Sergeli tumani “Habibiy” MFY Sergeli 5 dahasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli binoda qurilish ishlarida foydalanilayotgan, taxminan, 25 metr balandlikdagi minora kranining kabina qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:11 da yong‘inga yetib borib, 19:34 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)