Aleksey Xen Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda poyaxt hokimligi matbuot xizmati.
Bunga qadar ushbu lavozimda 2020-yilning iyulidan buyon Sardor Abdullayev ishlab kelgan.
Aleksey Xen 1983-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi TDYU) tamomlagan. Tayinlovga qadar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Raqamli rivojlanish departamenti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning martida Abdulaziz Isroilov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi, 2021-yilning aprelida Faxriddin Davrukov hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — shahar Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.
Izoh (0)