Hindistonlik Аlisha Chinay O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Xonanda Turizm va madaniy meros vazirligi yordami bilan 12 kun davomida O‘zbekistonning bir necha viloyatlariga safar uyushtiradi. U 12—24-aprel kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, haqiqiy ismi Sujata bo‘lgan xonanda 1965-yil 18-martda Ahmadobodda tug‘ilgan. Аlisha Chinay faoliyatini dastlab kino sohasida boshlagan, keyinchalik filmlar uchun eng yaxshi albomlarni chiqarish orqali Bollivudda mashhurlikka erishdi. 1995-yilda Alisha “Made in India” nomli yana bir yakkaxon albomini chiqardi, bu uning shuhratini mamlakat chegaralaridan tashqariga olib chiqdi. Shuningdek, Alisha “Eng yaxshi ayol qo‘shiqchi” nominatsiyasida o‘zining birinchi va yagona Filmfare mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)