“Real” Chempionlar Ligasi yarim finalida “Chelsi”ni ortda qoldirib (3:1, 2:3), yarim finalga yo‘l oldi.
Madridliklar ustozi Karlo Anchelotti ketma-ket 4 ta o‘n yillikda Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan tarixdagi ilk murabbiyga aylandi.
1999-yilda “Yuventus” bilan, 2003, 2005, 2006 va 2007-yillarda “Milan” bilan, 2014, 2015 va 2022-yillarda “Real” bilan bu vazifani uddalagan. Italiyalik mutaxassis umumiy hisobda sakkizinchi marta nufuzli musobaqaning yarim finaliga chiqdi.
Anchelotti “Milan” bilan ikki marta (2003, 2007), “Real” bilan esa bir marta (2014) Chempionlar Ligasida zafar quchgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)