O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari koronavirusga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oldi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tomonlar milliy darajada COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish borasida, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni baholagan holda, tomonlar davlatlarining hududini COVID-19 infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan ko‘rilayotgan qat’iy va keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar muhimligini ta’kidlab, shunday kelishuvga erishgan.
Ushbu kelishuv 2022-yilning 26-martidan kuchga kirdi.
Bundan avval Buyuk Britaniya, Tojikiston, Turkiya, Qozog‘iston bilan emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish kelishuviga erishilgandi.
Izoh (0)