“Bavariya” futbolchisi Alfonso Devis Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” sardori bo‘lishi kerak deb hisoblaydi.
Do‘stlar, o‘zingizni Ronaldu deb tasavvur qiling. Siz XXI asr va umuman futbol tarixining eng yaxshi futbolchilaridan birisiz. Harri Maguayr esa sizning sardoringiz. Uni sardor deb hisoblarmidingiz? Maguayr unga nima deyishini ham bilmayman.Ma’lumot uchun, Harri Maguayr 2020-yil yanvar oyidan buyon mankunianliklar sardori hisoblanadi.Bu bilan Harrini yerga urmoqchi emasman, lekin sardorlik bog‘ichi Ronalduda bo‘lishi kerak.
Alfonso Devis, “Bavariya” futbolchisi.
Avvalroq “Derbi Kaunti” bosh murabbiyi Ueyn Runi Ronaldu avvalgidek emasligi, “Manchester Yunayted”ga yosh va chanqoq o‘yinchilar kerakligi haqida gapirgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)