“Real” yarim himoyachisi Isko faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqin turibdi.
Sport.es nashrining yozishicha, futbolchi yozda “Barselona”ga o‘tishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, xorij klublaridan bo‘layotgan qiziqishlarga qaramay Isko Ispaniyada qolmoqchi. Avvalroq 29 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar “Sevilya” bo‘lib turgani aytilgandi. Biroq vaziyatga katalonlar ham aralashgan.
Iskoning “Real” bilan shartnomasi 2022-yilning iyunida yakuniga yetadi. Klub u bilan shartnomani uzaytirmaydi. Futbolchi 2013-yildan beri “qirollik klubi”da to‘p surib keladi. Bu vaqt ichida u 350 ta o‘yinda maydonga tushib, 53 ta gol va 56 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
2021/22-yilgi mavsumda esa barcha musobaqalar doirasida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golga mualliflik qildi.
Mavzuga doir: “Real” yozda 10 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
Izoh (0)