Professional boksning o‘rta vazn toifasida (-72,5 kg) IBF chempionlik kamari sohibi Gennadiy Golovkin (42-1-1, 37 KO) 9-aprel kuni WBA chempioni yaponiyalik Riota Murata (16-2, 13 KO) bilan birlashtiruvchi jangda ringga ko‘tarildi.
Jangda qozog‘istonlik bokschi ustunlikka ega bo‘ldi va 9-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Shu tariqa Golovkin WBA kamarini ham o‘ziniki qildi.
Gennadiy bundan oldingi jangini 2020-yil Kamil Sheremetaga qarshi o‘tkazgan edi. Qozog‘istonlik bokschi raqibini muddatidan avval taslim etgandi.
Murata esa 2019-yilda kanadalik Stiven Butler ustidan g‘alaba qozongan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)