Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Roppa-rosa uch yildan buyon muxlislar aktrisaning ekranlarga qaytishini kutayotgan edi.

Foto: “Kinoafisha.info”

“Muhatasham yuz yil” yulduzi Maryam Uzerli yangi loyiha haqida gapirib, muxlislarni hayratda qoldirdi. Ma’lum bo‘lishicha, suratga olish ishlari 2022-yilning kuzida boshlanadi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda striming-platformalardan biri uchun yaratilayotgan 10 qismli filmdagi yangi rolga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ammo u loyiha tafsilotlarini oshkor qilmadi, shuningdek, 2023-yilda tomoshabinlar uning ijrosidan bahramand bo‘lishlarini aytib o‘tdi.

“Bu ajoyib ish va ajoyib personaj bo‘ladi”, — deydi Uzerli ET bilan suhbatda.

Ushbu loyiha aktrisaning “Muhtasham yuz yil” tarixiy serialidan keyingi ilk keng ko‘lamli ishi bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, 2022-yil avval Maryam “Ari uyasi” filmida ham bosh rolni ijro etgan. To‘g‘ri, film jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilingan bo‘lsa ham muvaffaqiyatga erishmadi. Muxlislarning ishonchi komilki, endi aktrisa o‘zining iste’dodini yana bir bor namoyon qilish imkoniyatiga ega, chunki ko‘plab mutaxassislar Uzerlini bir ampuladagi rollar ijrochisi deb hisoblashni boshlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi