Go‘shtga ajoyib ta’mni nafaqat ziravorlar, balki sarimsoq va limon ham beradi.
Kerakli mahsulotlar:
- tovuq filesi — 650-700 gramm;
- zaytun yog‘i — 2 osh qoshiq;
- piyoz — 1 dona;
- suv — 500-600 ml;
- tomat pastasi — 1 osh qoshiq;
- limon — 1 dona;
- sarimsoq — 2 bo‘lak;
- tuz va ziravorlar.
- Tovuq filesi unchalik katta o‘lmagan shaklda to‘g‘raladi. Piyoz parrak shaklda to‘g‘ralib qovurib olinadi.
- Ustidan file solinib, qizarguncha pishiriladi. Vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi.
- Taomga paprika va tuz solinib, suv quyiladi. So‘ngra tomat pastasi qo‘shiladi.
- Qozon qopqog‘i yopiladi va 30-35 daqiqa davomida qaynatib olinadi.
- Limon po‘sti va sarimsoq maydalanadi. Barcha ziravorlar solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
- Tovuq yumshoq bo‘lib pishgach, limonli aralashma quyiladi va bir necha daqiqa davomida pishiriladi.
Izoh (0)