• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Terma jamoa, “Roma”dagi kelajagi, Mourinyo bilan muammolar va paxta terimi. Eldor Shomurodov bilan intervyu

    O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaning “Sport-Ekspress” nashriga katta intervyu berdi. Shomurodov unda terma jamoa, “Roma”dagi kelajagi, Joze Mourinyo bilan muammolar, bolaligi va boshqa ko‘plab mavzularda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Daryo” mazkur intervyuni o‘quvchilar uchun o‘zbek tilida taqdim etadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bu to‘g‘ri emas, menimcha. Sport siyosatdan tashqarida bo‘lishi kerak”

    Otasining qo‘llab-quvvatlashi qanchalik muhimligi haqida

    O‘zbekistonda bo‘lganimda, otam har doim o‘yinlarga kelishga harakat qiladi. Ota-onamning yordami doimo muhim bo‘lgan. Yomon o‘ynasam ham ular iliq so‘zlarni topa oladi.

    “Roma”da ko‘proq kim bilan muloqot qilishi haqida

    Rimda muloqot qilib turadiganlarim yetarlicha. Asosan rus tilida gaplashamiz. Masalan, Genrix Mxitaryan bilan. “Roma”da Genrix bilan hammadan ko‘ra yaqinroqman. Shuningdek, “Atalanta” bilan o‘ynaganimizda, Aleksey Miranchuk va Ruslan Malinovskiy bilan ham biroz suhbatlashgandik.

    “Rostov”da kimlar bilan aloqalarni saqlab qolgani haqida

    Valeriy Karpin bilan gaplashib turaman, qishda Dubayda ko‘rishgandik. Ba’zida messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda boshqa yigitlar bilan ham yozishib turamiz.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Nima sababdan Osiyo klublarining moliyaviy tomonlama yaxshi bo‘lgan takliflarini rad etib, “Rostov”ning 10 ming dollarlik maoshiga rozi bo‘lgani haqida

    Rossiyaga ketganimda pul haqida o‘ylamaganman. Avvaliga o‘zimni ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. “Rostov”da o‘tgan yillar menga ko‘p narsalarni berdi. Bulardan asosiysi — professionallikdir. Bu borada O‘zbekistondagidan ko‘ra ko‘proq narsaga ega bo‘ldim, bu katta yordam berdi.

    Rossiyadagi futbolchilardan kimlarni do‘st deb bilishi haqida

    Sergey Parshivlyuk, Sergey Pesyakov, Xoren Bayramyan va Baxtiyor Zaynutdinov bilan ko‘proq muloqot qilardik, aynan shular bilan hozir ham gaplashib turamiz.

    Karpining Rossiya terma jamoasi bilan birgalikda “Rostov”da ham ishlayotgani haqida

    Uning klubga qaytganidan xabarim bor. Lekin hali tabriklaganim yo‘q.

    Rossiya terma jamoasining JCh—2022 saralashi pley-offidan chetlatilishiga qanday qarashi haqida

    Bu to‘g‘ri emas, menimcha. Sport siyosatdan tashqarida bo‘lishi kerak.

    Karpinning maslahatlari va ovqatlanish haqida

    Ruhiyat nuqtayi nazaridan futbolga bo‘lgan munosabatimni o‘zgartirgan. U hazil qilishni yaxshi ko‘rardi, lekin jiddiy va to‘g‘ri gaplari ham bisyor edi.

    U har doim to‘g‘ri ovqatlanish muhimligini aytgan. Vaqt o‘tishi bilan futbolchi uchun bu juda muhim ekanini tushunasiz. Yevropada buni yaxshi bilishadi. Shakarni cheklangan miqdorda iste’mol qilishimizni tayinlardi.

    Bu kabi tayinlovlarning sevimli taomi oshga ham ta’sir qilgani haqida

    Bazada, albatta, osh yeya olmasdim. Lekin tashqarida iste’mol qilib turardim (kuladi). Biroq vaznimni nazorat qilib turganman.

    Foto: “Sports.ru”

    Foto: “Sports.ru”
    O‘zbekistonning har bir viloyatining o‘ziga xos palovi bor. Ulardan qaysi birini ko‘proq yoqtirishi haqida

    To‘y oshi.

    Italiyada ham osh iste’mol qilib turishi haqida

    Rafiqam uyda tayyorlasagina. Ammo u yerdagi mahsulotlar boshqacha va uydagidek chiqmaydi.

    Karpinning eng esda qolarli hazili haqida

    “Qiyshiq oyoq” haqidagisi. U nafaqat meni, ko‘plarni shunday chaqirardi. Mashg‘ulotda nimanidir noto‘g‘ri qilganingizda, doimo shunday deydi. Bundan xafa bo‘lmayman.

    Karpin avvaliga uni O‘zbekistonga qaytarib yubormoqchi bo‘lgani haqida

    Ta’tildan keyin birinchi yig‘inni o‘tkazdik, uyda deyarli hech narsa qilmagandim, juda yomon holatda keldim. Shu sababli, ehtimol, shunday fikrga borgandir. Ammo keyin  formamni tiklab oldim va u menga boshqacha munosabatda bo‘lishni boshladi. Bungacha rahbariyat ko‘proq o‘ynashim uchun meni ijaraga ham bermoqchi edi. Bir qator variantlar chiqqandi. Ammo Karpin qo‘yib yubormadi. Hozirda ta’tilga chiqsam, albatta, o‘zim bilan mashg‘ulot dasturini ham olib yuraman.

    “Rostov”ga vinger sifatida kelgani va Karpin uni forvardga aylantirgani haqida

    Bungacha terma jamoada ham, bolaligimda ham markazda o‘ynaganman. Hujum markazidagi pozitsiyani egallashimdan oldin Karpin meni hamma joyda sinab ko‘rdi, hatto tayanch zonasi va o‘ng qanot himoyasida ham.

    Foto: Instagram / @shomurodov.eldor

    Foto: Instagram / @shomurodov.eldor

    “Sigir-qo‘ylarni boqib, keyin futbol o‘ynashing mumkin”

    Afg‘oniston bilan chegaradosh joydan chiqqan bolaning qanday qilib, A Seriyada o‘ynayotgani haqida

    Avvalo, Alloh so‘raganlarimni bergan. Ammo shunchaki so‘rashning o‘zi yetarli emas. Maqsad qo‘ysangiz, har doim shubhalar bo‘lishi ham tabiiy. Ularni yengishingiz, maqsad sari olg‘a yurishingiz va boshqa hech narsaga chalg‘imasdan oldinga intilishingiz lozim.

    Jarqo‘rg‘on va bolalikdagi asosiy xotiralari haqida

    12 yoshimga qadar Jarqo‘rg‘onda yashaganman, keyin “Mash’al” akademiyasiga yo‘l olganman. Esimda, sigir va qo‘ylarimiz ko‘p bo‘lardi. Barcha do‘stlarim va aka-ukalarim men kabi futbolni sevishardi. Imkon bo‘ldi deguncha, to‘p tepishga harakat qilardik. Ammo ota-onam avvaliga mollarni boqib, keyin stadionga borishim mumkinligini aytardi.

    Xavfli Afg‘oniston bilan chegaralar yaqinligi qandayligi haqida

    Hammasi tinch edi. Salbiy narsalar bizgacha yetib kelmagani yaxshi. Qolaversa, ota-onam tarbiyamga doim ehtiyotkorlik bilan yondashgan, qayerda ekanligim, nima qilayotganimni tekshirib turardi.

    Ota-onasining hali ham o‘sha uyda yashayotgani haqida

    Dadam bu uyni juda yaxshi ko‘radi. Uni o‘z qo‘llari bilan qurgan.

    Barcha o‘zbek bolalari kabi paxta tergani haqida

    Shunaqasi ham bo‘lgan. U paytlar kichkina edim, to‘rtinchi sinfda reja uch kilogramm edi. Maxsus qayergadir bormaganmiz, uyimizga yaqin joyda terardik.

    Vazn uchun paxta orasiga tosh solgani haqida

    Ha, bunaqasi ham bo‘lgan. Bu tekshirilgan usul edi (kuladi).

    Avvallari maoshining katta qismini ota-onasiga yuborgani haqida

    Avval katta qismini ularga yuborardim. Hozir kelajak uchun ham nimadir olib qo‘yish kerak. Masalan, uyga.

    Ota-onasining Italiyaga tashrifi haqida

    Yangi yil oldidan borishdi. Ular Rimdan juda ko‘p ijobiy taassurotlar bilan qaytdi.

    Rim yoki Samarqanddan qay birini tanlashi haqida

    Qiyin tanlov. O‘zbekistonlik bo‘lganim uchun Samarqand qalbimga yaqinroq. Ammo Rim ham juda go‘zal. Darvoqe, genuyaliklar Samarqand haqida ko‘p narsa biladi. Ammo mendan bu haqda so‘rashganda, hali italyanchani yaxshi bilmasdim-da.

    Farzandi va oilasi uni qanchalik o‘zgartirgani haqida

    Turmush qurganimda o‘zgarganman deb ayta olmayman, lekin farzandli bo‘lganimda boshqacha hislar paydo bo‘ldi. Mas’uliyat oshdi. Hayotimdagi eng muhim voqea.

    O‘zbek urf-odatlariga ko‘ra, ko‘p hollarda kelinni kuyovning ota-onasi topadi. Unda bu holat qanday kechgani haqida

    Kelinni o‘zim topib, sevib qolganman. Umumiy do‘stimiz orqali tanishganmiz.

    Foto: “Bunyodkor” / “Championat.asia”

    Foto: “Bunyodkor” / “Championat.asia”

    “Rivaldo qo‘limdan ushlab maydonga olib chiqqan. Buni hech qachon unutmayman”

    Yevropada o‘ynash orzusi qachon paydo bo‘lgani haqida

    Aniq qachonligini eslay olmayman. Bu asta-sekin shakllanib borgan. Futbolchi sifatida o‘sishim kerak edi, bundan tashqari, O‘zbekistonda hamma bu haqda gapirardi. Ota-onam ham, o‘zim ham Yevropada o‘ynashimni xohlardik.

    Rivaldo haqidagi xotiralar

    “Mash’al” akademiyasida tahsil olganimda, asosiy jamoa “Bunyodkor” bilan o‘ynagan, Rivaldo esa o‘yinga qo‘limdan ushlab tushgan. O‘z vaqtida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan o‘yinchi meni maydonga olib chiqqan. Buni hech qachon unutmayman. Buning ustiga bu vaziyatdan rasm ham qolgan.

    Qaysi joyga ko‘nikish qiyin bo‘lgani haqida

    Rostovdan keyin Genuya. Birinchidan, o‘sha paytda pandemiya bo‘lgan, hamma joylar yopilgandi. Ikkinchidan, Italiyada va umuman Yevropada butunlay boshqacha mentalitet. Va, albatta, o‘rganishim kerak bo‘lgan til masalasi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    “Jenoa”da “Rostov”dagidan 5—6 baravar ko‘p maosh olgani haqida

    Bu unchalik katta bosim yuklamagan. Har doim bunday masalalarda ota-onam bilan maslahatlashaman. Agentlar borasida ham omadim chopgan. Ularsiz ancha qiyin bo‘lardi. Ular hamma jabhada yordam berdi. Shartnoma tuzilgach, Yevropaga ketish rejasi tuzilgandi.

    Agentlarga uni kim taklif qilgani haqida

    Ularga meni o‘shanda “Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiylik qilgan Samvel Babayan tavsiya qilgan.

    Yangi mamlakat va klublarda “qayerdan kelding?”, “nima, sizlarda ham futbol o‘ynashadimi” qabilidagi savollar haqida

    Yo‘q, bunaqasi hech bo‘lmagan. Hamma yordam berishga harakat qilardi. Avvaliga yigitlar bilan gaplashib ketishim qiyin kechdi, ammo keyin barchasi joyiga tushib ketdi.

    Ibodat haqida

    Namoz o‘qiyman.

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA
    O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralashi hal qiluvchi bosqichiga chiqa olmagani haqida

    Hozir avlodlar almashinuvi jarayoni kechmoqda. Yoshlar ko‘p, shuning uchun o‘yin borasida bir qadam orqaga ketdik. Yangi jamoa qurilmoqda, yangi murabbiy keldi. Biz bu vazifani bajara oladigan jamoani yig‘ishga harakat qilyapmiz.

    Srechko Katanes bilan aloqalari haqida

    Yaxshi. Ba’zida italyan tilida gaplashamiz — u ko‘p yillar davomida u erda o‘ynagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Yuventus”ga qarshi o‘yindan keyin Mourinyodan ranjiganim yo‘q

    “Roma”dagi qoidalar haqida

    Har doim top-klublarda qat’iy qoidalar borligini bilardim, lekin o‘zingiz buni futbolchi sifatida his qilsangiz, hissiyotlar boshqacha bo‘ladi.

    2021-yilning yozida “Roma”dan tashqari, yana qanday variantlar bo‘lgani haqida

    Biz variantlarni ko‘rib chiqdik va “Roma”ni tanladik. Bu yerda o‘ynab ketishimga ishonchim komil edi.

    Hamon bu ishonchning pasaymagani haqida

    Ishonchim hamon pasaygani yo‘q. Agar barchasini to‘g‘ri qilsam, hammasi yaxshi bo‘ladi.

    “Roma”dagi kelajagi, Italiya OAVda uning Rimdagi holatdan noroziligi borasida xabarlar chiqqani haqida

    Terma jamoada yig‘inida o‘zbek tilida aytgan gaplarim italyanchaga noto‘g‘ri tarjima qilingan. “Roma”ni tark etish istagi haqida gapirmaganman. Qolishni va kimligimni isbotlashni xohlayman. Hech bir futbolchini maydonga kam tushishi qoniqtirmaydi. Bezovtaman, lekin bu normal holat. Barcha futbolchilarda shunday davrlar bo‘ladi. Bunda asosiy narsa sabr-toqat va mehnatdir. Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi. Qiyin bo‘lishini bilardim, lekin o‘zimdan ko‘proq narsani kutaman.

    Mourinyo bilan hech qanday muammo yo‘qligi haqida

    Mutlaqo hech qanday muammo yo‘q. Avvalgidek ishlayapmiz.

    “Chelsi”dan 40 million yevro evaziga sotib olingan Temmi Abrahamga ko‘proq e’tibor bo‘lishini oldindan tushungani haqida

    Buni tushunganman. Ammo “Roma”ga o‘tganimda, Abraham hali jamoaga kelmagandi. U bilan yaxshi munosabatdamiz. Umuman olganda, butun faoliyatim davomida zaxiradan maydonga tushish borasida ancha xotirjamman.

    Fevral oyida koronavirusga chalingani haqida

    Omikron aniqlandi. Uch kun davomida kasal bo‘ldim.

    “Roma” “Yuventus”ga qarshi bahsda 3:1 hisobida oldinda borib turib, yakunda 3:4 hisobi bilan mag‘lub bo‘lganida Mourinyo uni shaxsan tanqid qilgani va bundan qay darajada ranjigani haqida

    Shunday bo‘ldiki, zaxiradan maydonga tushganimdan so‘ng hammasi chappasiga ketdi. Uchinchi gol oldidan xatoga yo‘l qo‘ygandekman. Shuning uchun uning so‘zlaridan ranjiganim yo‘q. Faqat muxlislarni xursand qilish istagi bor. “Roma” muxlislari shunchaki ajoyib. Har bir o‘yinda stadionda aqldan ozdiradigan darajada muhit hukm suradi. Ko‘chada ham ko‘pincha tanib qolishadi, hatto kapyushonda bo‘lsangiz ham.

    Mavzuga doir:

    • Eldor Shomurodov faoliyati haqida hujjatli film olinadi
    • “Rostov”, “Roma”ga o‘tish, Mourinyo, muvaffaqiyat siri, O‘zbekiston va Italiya mentalitetidagi farq haqida. Eldor Shomurodov UEFAga intervyu berdi
    • Serquyosh Jarqo‘rg‘ondan ko‘hna Rimgacha. Eldor Shomurodov bosib o‘tgan yo‘l

    07.04.2022, 12:31   Izoh (0)   22591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Karim Benzema mavsumdagi gollari soni bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi

    07.04.2022, 11:21

    Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

    07.04.2022, 08:11

    YChL. “Real” Karim Benzemaning het-triki evaziga “Chelsi”ni mag‘lub etdi, “Bavariya” safarda “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy berdi

    07.04.2022, 01:53

    Golden Belt. Birinchi kungi bahslarda sakkiz nafar o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi

    06.04.2022, 23:04

    “PSJ” Pol Pogbaga taklif bilan chiqdi

    06.04.2022, 22:01

    Eldor Shomurodov faoliyati haqida hujjatli film olinadi

    06.04.2022, 21:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.