• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Feruza Jumaniyozova “balkon”da, Yulduz Turdiyeva oynasiz uyda. Ijarada yashash nima ekanini yaxshi tushunadigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    Toshkentga ishlash yoki o‘qish uchun kelgan odam borki, ijara muammosi bilan to‘qnashishi aniq. Albatta, ijodkorlar ham bundan mustasno emas. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova ijodkorlarning ijara bilan bog‘liq xotiralarini o‘rganishga qaror qildi.

    Feruza Jumaniyozova: “Yashagan yerimiz tor bo‘lsa-da, baxtli edik”

    Xonanda Feruza Jumaniyozovaning  bugungi sharoitini bilganlar bir paytlar poytaxtda onasi bilan kichik “balkon”da yashaganiga shubha qilsa ajab emas. Ammo haqiqatan ham u bir necha yil ijara uyda yashashga majbur bo‘lgan.

    Foto: Instagram / @feruza_jumaniyazova

    Foto: Instagram / @feruza_jumaniyazova

    — Onam asli san’atkor bo‘lsa-da, bu kasbni tanlashimga qarshi bo‘lgan. Oxiri san’atga bo‘lgan ishtiyoqim balandligi uchun “Seni Toshkentga olib boraman, ammo chizgan chizig‘imdan chiqmaysan”, deb shart qo‘ygan. Onam bilan Toshkentga kelganmiz. Toshkentdan yaxshi oilaning ikki xonali ijara uyiga joylashganmiz. U yerda biz bilan birga er-xotin farzandlari bilan yashardi. Er-xotin alohida xonada, farzandlar mehmonxonada, men va onam esa kichik “balkon”da yotardik. U yer shunchalik tor ediki, ikkita ko‘rpachadan ortig‘i sig‘masdi. Shu sharoitda bir yil yashaganmiz. Onam katta hovlida yashab o‘rgangan bo‘lsa-da, biror marta norozi bo‘lmagan. O‘ylab qarasam, bu hayotimdagi qiyinchilik emas, balki eng baxtli kunlarim bo‘lgan ekan. Yashash joyimiz tor bo‘lsa-da, baxtli edik. Rosti, o‘sha kunlarni haligacha sog‘inaman, — deydi xonanda Feruza Jumaniyozova.

    To‘xtamurod Azizov: “Yotoqxonamizda bittagina karavot bor edi”

    “Ko‘zgu” teatr sutudiyasining asoschisi, Obid Asomov va Mirzabek Xolmedov kabi kulgi ustalarining ustozi To‘xtamurod Azizov ham moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazgan. U yangi kuyovlik davridagi voqealarni kulgi bilan eslaydi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Rahmatli ayolim Ra’no bilan oila qurgach, alohida yashashimizga to‘g‘ri keldi. O‘sha paytlarda ijodkorlar uchun yotoqxona berilardi. U yer oilali odamga mo‘ljallanmagani uchun bittagina karavoti va devorga ilingan ko‘zgusidan boshqa hech narsa yo‘q edi. Ovqat pishirish uchun navbatga yozilish, kir yuvish uchun ham qo‘shnilar bilan maslahat qilish kerak edi. U ham talaba. Men ham talaba bo‘lganim uchun pul jamg‘arib uyimizga ikkinchi karavotni ham xarid qilolmaganmiz. Xotin siz yotoqda uxlang derdi, men uning hurmatini qilardim. Ammo ajoyib damlar edi. Peshonaga bitgan bo‘lsa hammasi bo‘ladi, faqat ozgina sabr va mehnat qilish kerak, xolos, — deydi To‘xtamurod Azizov.

    Muhammadali Abduqunduzov: “Oilam bilan kichik xonada yashaganmiz”

    O‘zbekiston xalq artisti, “Bobur” nomidagi xalqaro mukofot sovrindori Muhammadali Abduqunduzov oilasi bilan Toshkentga kelganida ijaraga uy olishga ham puli bo‘lmagan ekan.

    Foto: Muhammadali Abduqunduzovning shaxsiy arxividan

    Foto: Muhammadali Abduqunduzovning shaxsiy arxividan

    — O‘g‘illarimning bolaligi ijara uyda o‘tdi, desam xato bo‘lmaydi. Avvaliga 11 yil Surxondaryoda yashab, teatrda ishladik. U yerdagi shart-sharoitlar yomon emasdi. Keyin ayolimning qistovi bilan Toshkentga kelganmiz. U paytlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan bo‘lishimga qaramay, O‘zbek milliy akademik teatriga aktyor shtatiga qabul qilishmagan. Aktyorlik shtatida joy yo‘qligini aytib, xo‘jalik ishlari bo‘limiga ishga olishgandi. Ijara uyga pulimiz yo‘qligi uchun ijodkorlar yotoqxonasiga joylashganmiz. Uyimiz bitta xonadan iborat edi. Ayolim va ikki o‘g‘lim bilan birga 9 metr kvadrat xonada yashashimizga to‘g‘ri kelgan. Aktyorlik shtatiga ishga olinib, maoshim ko‘tarilgach, ijara uyga ko‘chib o‘tganmiz. Ijara uy ham haminqadar edi, ammo yotoqxonadan ancha keng bo‘lgani uchun ko‘zimizga saroy bo‘lib ko‘ringan, — deydi Muhammadali Abduqunduzov.

    Yulduz Turdiyeva: “Deraza oynasi singan uyda qo‘rqib tonggacha uxlamasdim”

    Taniqli xonanda Yulduz Turdiyevaning bugungi moliyaviy sharoiti havas qilgudek. Chunki muxlislar uni qimmatbaho mashina va hashamatli uyda ko‘rib o‘rgangan. Ammo xonanda ham bir necha yillar oldin ijara uyda yashab, bu kunlarni orzu qilganini yashirmaydi.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Turmush o‘rtog‘im bilan Toshkentga kelganimizda hech narsamiz yo‘q edi. Ishonasizmi, bir yil ichida 10 ta ijara uyda yashashimizga to‘g‘ri kelgan. Sharoiti yaxshisining puli to‘g‘ri kelmasdi. Yoki puli to‘g‘ri kelganining sharoiti qoniqarsiz darajada bo‘lardi. Birinchi qavatdagi deraza oynasi yo‘q xonadonda yashaganimiz hech esimdan chiqmaydi. Kimdir kirib kelsa, nima qilaman, deb tong otgunga qadar uxlolmasdim. Hatto, bunday ijara uyga o‘g‘limni olib kelishga qo‘rqib, uni qaynonamga tashlab kelgandim. U paytlarda propiskasizlarni yaxshi ishga olishmasdi. Shu bois turmush o‘rtog‘im bilan ishga joylashishga qiynalganmiz. Hatto, qoniqarsiz darajadagi uyni ijaraga olishga ham pulimiz qolmagandi. O‘shanda turmush o‘rtog‘imning do‘stlaridan birining bir xonali uyiga ko‘chib o‘tgandik. U uyda o‘ndan ortiq kishi yashab, bitta qozondan ovqat yerdik. Ijara azobini tortganim uchun xalqaro festivalda g‘olib bo‘lgach, mukofot puliga ikki xonali uy xarid qilganman. Bu hayotimdagi eng quvonchli kun bo‘lgan, — deydi xonanda Yulduz Turdiyeva.

    Barchin G‘ofurova: “Uyni sotib, haligacha ijarada yashaymiz”

    “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Barchin G‘ofurova onasi bilan ijara uyda yashaydi. Tez orada esa u onasi uchun uy sotib olishni rejalashtiryapti.

    Foto:Instagram / @barchin_gafurova

    Foto:Instagram / @barchin_gafurova

    — Oilada ikki farzandmiz. Ukam ikkimizning bolalik yillarimiz havas qilgudek o‘tgan. Afsuski, maktabni bitirish arafasida ukamda jiddiy xastalik aniqlandi. Onam uyimizni sotib, ukamni davolatishga qaror qildi. U kunlarni eslash juda og‘ir. Shukrki, ukam Pragada uzoq vaqt davolanib, kasallikdan butunlay xalos bo‘ldi. Ammo ijara uyda yashash oson emasdi. Yashirmayman, puldan qiynalganim uchun darsdan keyin oshxonalarda ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Ijara uy egasining qosh-qovog‘iga qarab yashash juda qiyin. Ular bilan ziddiyatli vaziyatlarga ham uchraganmiz. Chunki inson ijara uyda bepul yashamaydi. Uning ham uydan erkin foydalanishga haqqi bor.Ukam xorijda, men esa onam bilan Toshkentdagi ijara uyda yashaymiz. Ukam ikkimizning orzularimiz juda ko‘p. Nasib qilsa tez orada onamga orzusidagi uyni sovg‘a qilamiz.

    Zuhra Soliyeva: “Ijara uydan piyoda ishga qatnardim”

    Komik aktrisa Zuhra Soliyeva boshqa hamkasblari singari shaxsiy muammolarini muxlislardan yashirmaydi. Uning ijara uyda yashashi, hatto minib yurgan mashinasini ham muddatli to‘lov evaziga xarid qilgani sir emas.

    Foto: Instagram / @zuhra_salieva

    Foto: Instagram / @zuhra_salieva

    — Toshkentga kelganimdan buyon ijara uyda yashayman. Buni aytishdan hech qachon uyalmaganman. Xudoyim nasib qilib, oyma-oy ijara pulini to‘lab borayotganimga ham shukr. Ijara uyda yashash qiyin, ayniqsa, talaba yoki ishga joylasholmagan insonlarga bundan ortiq azob yo‘q. G‘ir etib, oy o‘tadi va uy egasi eshik taqillatib turadi. Men ham bir necha oy O‘zbek Milliy akademik drama teatrida maoshsiz ishlaganman. Ba’zan to‘ylarga taklif etishardi. Ammo tanilmagan aktrisaning mehnat haqqi u qadar yuqori baholanmasdi. U paytlarda “Novza” metrosi yaqinidagi kvartirada qizlar bilan yashardik. Pulim yo‘qligidan teatrga piyoda qatnaydigan bo‘ldim. Kimdir “Sizni piyoda ko‘rdim”, desa sog‘liq uchun foydali deb kulib qo‘yardim. Aslida cho‘ntagimda bir so‘m ham pulim yo‘q edi. Bir kuni yomg‘ir sharros quydi, soyabonni ko‘tarib yana yo‘lga tushdim. Ammo tuflimning teshikligidan oyog‘im suvga bo‘kdi va shim tizza bo‘yi suv bo‘ldi. Teatrga kelib rosa yig‘lagandim. Hozir ham ijara uyda yashayman, peshonaga bitsa, uy-joy qilaman. Ammo bugungi kunimdan nolimayman, — deydi aktrisa Zuhra Soliyeva.

    Sarvar Bahodirov: “Yog‘och kanalari qonimizni ichgan”

    Boshlovchi Sarvar Bahodirov tomoshabinlarga “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi orqali yaxshi tanish. U ham yaqin kunlargacha ijara uyda yashagan. Buning naqadar og‘riqli mavzu ekanini yaxshi biladi.

    Foto: Instagram / @sarvar_bahodir

    Foto: Instagram / @sarvar_bahodir

    — Ijara uyda yashash azobini Toshkentga kelganlarning deyarli bari boshidan kechiradi. Toshkentga qarz-havola qilib kelganman. Pulim juda kam edi. Kunlik ijaralarda ham yashashga majbur bo‘lgan kunlarim bo‘lgan. Hatto, shunday kunlar bo‘lganki, ijara pul topolmay, “MY 5”da qolib, stullar ustida uxlaganman. Tabiiyki, bu rahbarlarga yoqmagan. Men emas, boshqa xodimlarning uskunalardan o‘z manfaati yo‘lida foydalangani ularni g‘azablantirgan. Shundan so‘ng kechqurun ishxonada qolishni taqiqlab qo‘yishgan. Bir muddat qarindoshlarning ham uyida yashaganman. Undan keyin 5-6 ta yigitlar bilan ijraga uyga ko‘chib o‘tganman. Ular orasida tanishlari ham, notanishlari ham bor edi. Ko‘chgan ijara uyimizda yog‘och kanalar bor ekan. Ertalabgacha mijja qoqmay chiqardik. Uy egasi ijarachilarga qanday munosabatda bo‘lishini yaxshi bilasiz. Dard-u, holingizni aytsangiz “yoqmasa ket” deydi, xolos. Shunda mantajor yigitlardan biri uyiga taklif qilgan. Bir muddat uning ham uyida yashaganman. Oylik olishni boshlaganimdan keyin yaxshiroq kvartiraga ko‘chib o‘tganman, — deydi boshlovchi Sarvar Bahodirov.

    Hamdam Sobirov: “17 yil ijara uyda yashadim”“Qora atirgul”, “Maktabimda” va “Tentakcham” qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan hamda hozirgi kunda YouTube’da kliplari eng ko‘p tomosha qilinadigan xonanda Hamdam Sobirov ham uzoq yillar ijara uyda yashagani va uy sohibi bo‘lish baxtiga erishganiga ko‘p bo‘lmaganin yashirmaydi.

    Foto: Instagram / @hamdam__sobirov_

    Foto: Instagram / @hamdam__sobirov_

    — Bolaligimda oilamiz ko‘plab moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan. Hatto, bizning Navoiyda ham uyimiz yo‘q edi. Oilamiz bilan ijara uyda yashardik. Undan keyin Toshkentga keldim. Bu yerda ham xuddi shu muammo. Pulim kamligi uchun kichik uyni bir nechta yigitlar bilan band qilardik. Fe’l-atvori turlicha bo‘lgan insonlar bilan bir uyda yashash qanchalik qiyinligi buni boshidan kechirganlar yaxshi biladi. Hatto, istagan payt chiroqni ham yoqolmaydigan kunlarim bo‘lgan. Keyinchalik bir-ikki so‘m topgandan keyin o‘zim uchun alohida uyni ijraga olganman. O‘ylab qarasam, Toshkentning o‘zida 17 yil ijarada yashagan ekanman, — deydi Hamdam Sobirov.

    Eldor Qayumov: “Yigirma yildan ortiq ijarada yashash”

    Bastakor Eldor Qayumov Umidaxonga “Kel, yarashaylik”, Farruh Komilovga “Taram-taram” kabi qo‘shiqlarni yaratgan ijodkor hisoblanadi. Afsuski, u xonandalar uchun kerakli ijodkor bo‘lsa-da, hamon ijara uyda yashaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Talabaning ijarada yashashi u qadar qiyin emas. Bo‘lsa bir chamadon kiyimi va 3-4 ta kitobi bo‘lishi mumkin. Ammo oilali, uzatiladigan singillari bo‘la turib, ijarama-ijara ko‘chib yurishi azob. Buni bir-ikki marta ko‘chib ko‘rgan insonlar yaxshi biladi. Odamning uyga, atrof-muhitga moslashishi uchun ba’zan shuncha vaqt ketadi. Ijaraga beriladigan uy har doim ham yaxshi bo‘lavermaydi. Shu yoshgacha juda ko‘p marta ijara bilan bog‘liq muammolarga uchradim. Taxminan o‘ttizdan ortiq uylarda yashashimga to‘g‘ri keldi. Ijaraga oylab pul to‘lolmagan kunlarim ham bo‘ldi. Ularning ba’zilari tushunadi, ba’zilar yo‘q. To‘lov bir kunga kechiksa, hisob-kitobni qilishni talab qiladiganlari ham bor.“Nega uy olmaysiz?” deydiganlar juda ko‘p. Men ham o‘z uyim bo‘lishini xohlayman, ha deb uy almashtirishni istamayman. Nima qilay vaziyatim shunday. Qo‘shiqlar ko‘p yozaman, shu kungacha talaygina mashhur xonandalar bilan ishlaganman. Ammo bizda qalam haqqi va mualliflik huquqi u qadar yaxshi ishlamaydi. “To‘ylar ko‘paysin surishib ketamiz?” yoki “Mashhur bo‘volay o‘zim olib beraman” degan va’dalar juda ko‘p bo‘lgan, — deydi bastakor Eldor Qayumov.

    Ahror Qo‘shmatov: “Suvarakli uy dahshatli edi”

    Boshlovchi va shoumen Ahror Qo‘shmatov ham oilasi bilan uzoq yillar ijara uyda yashagan. U hayotidagi eng qiyin kunlar ham ijara uylarda sodir bo‘lganini yashirmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Toshkentga endi kelgan paytlarim ijara azobi qanday bo‘lishini bilmaganmiz. Ayolim bilan qishloqdagi bor mebellarni olib kelib, ularni uyga joylatgandik. Birinchi oy juda yaxshi yashadik. Ayolim homilador, uyimiz chiroyli, sharoitlari a’lo. Ammo ikkinchi oy ijarasini uch kun kechiktirganim uchun uy egasi to‘palon qilib kelgan. O‘shanda xotinimdan yashirincha, tilla uzugini sotib ijara uy pulini to‘lagandim. Bir oy hash-pash deguncha o‘tgan va yana pul to‘laydigan payt kelgandi. Tanish-bilishlardan ham qarzga pul topolmaganimdan keyin uydan chiqib ketishga majbur bo‘lganmiz. Aksiga olib birorta yaxshiroq ijara topolmagandik. Ukamni chaqirtirib, kiyimlarimizdan tashqari hamma narsani qishloqqa berib yuborgandik. Keyin bir tanishim “Kampirning uyida joy bor, ijara puli ham unchalik qimmat emas”, dedi. Ayolim bilan borib, berilgan xonani yaxshilab tozaladik. Ayolim homilador erta-indin ko‘zi yoriydigan bo‘lib turibdi. Kechasi nimadir shitirlagandek bo‘ldi, hayvon bo‘lib chiroqni yoqsam devorlarda katta-katta suvaraklar yuribdi. Ular shu darajada ko‘pki, bunday holatni faqat qo‘rqinchli kinolarda ko‘rish mumkin. Ayolimni tashqariga chiqarib, ancha vaqt suvaraklarni o‘ldirish bilan shug‘ullanganman. Ertasi kuni dorilab, suvaraklardan qutilgandik. Ammo u uy ham sotiladigan bo‘lib, yana ko‘chishimizga to‘g‘ri keldi. Xullas, o‘n yil umrimiz shunday sarsonlikda o‘tdi, — deydi boshlovchi Ahror Qo‘shmatov.

    Mavzuga doir: McDonald’sda idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    07.04.2022, 17:07   Izoh (0)   63235
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xonanda Rianna dunyodagi eng badavlat ayollar reytingidan joy oldi

    07.04.2022, 10:48

    Instagram: Hashamatli xonadonini ko‘rsatgan Ulug‘bek Rahmatullayev, tug‘ilgan kunini Dubayda nishonlagan Asal Shodiyeva, ahvoli og‘irlashgan Lutfulla Sa’dullayev

    06.04.2022, 22:29

    “Oskar” taqdimotidagi mojarodan so‘ng Uill Smit ishtirokidagi ayrim loyihalar to‘xtatila boshladi

    06.04.2022, 18:36

    “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining farzandlari: Ular qanday ko‘rinishda? (foto)

    05.04.2022, 18:57

    Ledi Gaganing ko‘z yoshlari, Vladimir Zelenskiy nutqi va asosiy mukofot egalari: “Gremmi-2022” ning eng yorqin lahzalari (foto, video)

    05.04.2022, 12:50

    Bollivud aktyori Randxir Kapur demensiyaga chalingani ma’lum bo‘ldi

    05.04.2022, 10:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.