• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    TashRush yoki “Toshkent vasvasasi” — qanday qilib O‘zbekiston barcha IT-mutaxassislar talpinadigan makonga aylana boshladi?

    O‘zbekistonga chet ellik IT-mutaxassislar kelgani va ularning taassurotlari haqida ma’lum qilgan edik.

    Unda ba’zi dasturchilar 3 kun ichida shaxsiy mobil qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligi, internet tezligining pastligi, turar joy qimmatligi va boshqa sabablarga ko‘ra norozi kayfiyatda ekanini bildirgan. Boshqalari esa Toshkent doimiy yashash uchun emas, biroq tashrif buyurishga arziydigan shahar ekanini ta’kidlagan.

    Umuman olganda, ular nega aynan O‘zbekistonga keldi? Ularni bu yerda nima kutmoqda? O‘zbekistonga xorijiy dasturchilardan nima naf? Bu va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha IT-park xalqaro bo‘limi boshlig‘i Bahodir Ayupov “Daryo”ga so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mutaxassislar nega aynan O‘zbekistonni tanladi?

    “Rossiya, Belarus va Ukraina davlatlaridagi mutaxassislar faoliyatini davom ettirish uchun qaysi davlatlarni tanlayotgani haqida IT-park mutaxassislari o‘rganishlar olib borgan.

    Tahlillarda Polsha — eng qimmat va sharoiti qiziq bo‘lmagan, O‘zbekiston esa, qimmat bo‘lmagan va qulay sharoitga ega davlat sifatida o‘rin olgan.

    Mamlakatni tark etayotgan fuqarolar asosan, IT-sohasida yaratilgan sharoitlari bilan eng yuqori o‘rinni egallagan O‘zbekistonga kelmoqda.

    Imkoniyatlar soliq, turar joy masalalari, qanday tartibda ishga olish, fuqaroligi boshqa bo‘lgan mutaxassislarga o‘zining valyutasida maosh to‘lash, O‘zbekistonda ishlash ruxsatini olish talabi yo‘qligi kabi qulayliklarni o‘z ichiga oladi.

    O‘zbekistonga urush davrida TashRush dasturi doirasida ikki mingga yaqin, undan tashqari yana to‘rt ming mutaxassis kelgan.

    Bu raqamlar faqat IT sohasi bo‘yicha kelgan mutaxassislarnigina ifodalaydi. Ulardan tashqari, Rossiya va Belarusdan kelayotgan boshqa soha vakillari ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yevropa Ittifoqidagi davlatlar yoki AQSH ish va yashash manzilini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar uchun hozir noqulay mamlakatga aylangan. Umumiy vaziyat sababli, Ukraina va Belarus fuqarolari borgan davlatlar mutaxassislarni unchalik xursandchilik bilan qarshi olmayapti.

    Dasturchilarning Rossiya yoki Belarus fuqarosi ekanligini bilib, banklarda hisob raqam ochishiga to‘sqinlik qilinmoqda.

    Ba’zi mamlakatlarda esa, ijaraga uy beruvchilar mijozning fuqaroligini bilgach, “Yo‘q, senga berolmayman!” mazmunida javob qaytarmoqda.

     

    Misol: Rossiya va Gruziya o‘rtasida juda ko‘p mojarolar bo‘lib o‘tgan. Ba’zi IT-kompaniyalarning so‘zlariga ko‘ra, u yerga borganlar korxonani ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lganida va bankda hisob raqam ochayotganida, ularga “Men Putin yuritayotgan siyosatga qarshiman. Men Abxaziya janubiy Osetiya hududlarini bosib olinganini tan olaman va bunga qarshiman” mazmunidagi hujjatga qo‘l qo‘ydirib olmoqda.

    Aynan shuning uchun ham, Rossiya va Belarus fuqarolari boradigan mamlakatlar soni ko‘p emas. Armaniston, Gruziya, Ozarbayjonga ular haqida ma’lumotga ega bo‘lganlari uchungina ketishmoqda.

    Biroq O‘zbekistonga vaqtinchalik vatanidagi muammolardan qochish maqsadida kelayotganlar ham yo‘q emas. Chunki ular bu yerni yaxshi tanimaydi. Masalan, bir-ikki hafta turib, Gruziya yoki Armanistonga uchib ketishni ko‘zlaganlar bor.

    PR yo‘nalishiga ko‘p kuch sarflayotganiga qaramasdan, chet ellik fuqarolarda O‘zbekiston to‘g‘risida ma’lumot deyarli yo‘q. MDH mamlakatlarida ham ko‘pchilik O‘zbekistonni yaxshi tanimaydi”.

    Dunyo bo‘ylab IT-mutaxassislarga ehtiyoj katta. U “chanqov” yaqin 20-25 yillar ichida ham qonmasa kerak

    “Kelajak kasbi egalarga dunyo bo‘ylab talab juda katta. Birorta davlat yo‘qki, mutaxassislarimiz yetarli darajada deb ayta oladi. Jumladan, O‘zbekiston ham.

    Hozir har bir tumanda bittadan IT-markazlar tashkil etilgan. U yerda 50 mingdan ziyod yoshlar ta’lim oladi. Demak, yaqin orada O‘zbekiston IT bozorida katta armiyalar paydo bo‘ladi. Ulardan hech bo‘lmaganda, 5-10 foizi yaxshi mutaxassis bo‘lsa ham, sohada sezilarli o‘sish bo‘ladi.

    Xorijiy kompaniyalar, rezidentlarning mutaxassislarini ko‘proq takliflar bilan olib ketayotganidan shikoyat qilishadi.

    Bu — bozor. Unda eng kuchlilargina qoladi. Raqobat esa o‘z ishini qiladi, ya’ni pastroq, kuchi va daromadi kamroqlarni chetga chiqarib yuboradi. Ishini yaxshi biladigan mutaxassislarga esa talab ortsa ortadiki, tushmaydi.

    Foto: IStock

    Foto: IStock

    Hozirgi sharoitda 10, 15, hatto 20 ming nafar mutaxassis ham kamlik qiladi. Yaqin 20-25 yil ichida ham hech qaysi mamlakat “yetarlicha IT-mutaxassisga egamiz” deyolmaydi.

    TashRush dasturi asosida jalb qilingan ikki mingga yaqin  mutaxassislarning 95 foizi Belarusdan kelgan. Rossiyadan esa bundan-da kattaroq to‘lqin kelishi boshlanmoqda. So‘nggi kunlarda kamida 30 ta Rossiya kompaniyasi bilan uchrashgan bo‘lsak, barchasi o‘zining jamoasini O‘zbekistonga ko‘chirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

    O‘zbekistonda Prezident imzolagan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi bo‘yicha, mamlakat iqtisodiyotining har bir sektorida raqamlashtirish dasturlari yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

    Demak, IT sohasida qilinadigan ishlar, loyihalar juda ko‘p. Ularni amalga oshiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan talab ham shunga yarasha katta. Umuman olganda, yaqin 20-25 yil ichida IT-mutaxassislarimiz yetarli darajada bor, deydigan mamlakat topilmasa kerak”.

    Mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etishda yana qanday yo‘llardan foydalanildi?

    “Mamlakatda IT faoliyat yurituvchilar uchun imkoniyatlar kengligi haqida ko‘plab chet el saytlarida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda xabar berilmoqda.

    Masalan Vc.ru saytida loyiha haqida ma’lumot beruvchi material berilgan bo‘lsa, Rossiya, Belarus va Ukrainada mashhur bo‘lgan Telegram-kolonkalar, kanallarda deyarli har kuni ovozli chatlar tashkil qilinadi.

    Suhbatdagi ishtirokchilarning ko‘p qismini O‘zbekiston haqida deyarli ma’lumotga ega bo‘lmaganlar tashkil qiladi. Unda o‘zbek bozori bo‘yicha ko‘plab savollar, qiziqishlar bildiriladi.

    Olgan javoblaridan esa beixtiyor hayratga tushishadi. Shundan so‘ng ular bu chatda qatnashmagan, ammo, sohaga aloqador yaqinlariga xabar beradi. Shu tariqa, boshqalarda ham O‘zbekistonga ko‘chib, faoliyatni davom ettirish ishtiyoqi paydo bo‘ladi.

    TashRush dasturi asosida jalb qilingan  ikki mingga yaqin  mutaxassisning 95 foizi Belarusdan kelgan. Rossiyadan esa bundan-da kattaroq to‘lqin kelishi kutilmoqda. So‘nggi kunlarda kamida 30 ta Rossiya kompaniyasi bilan uchrashgan bo‘lsak, barchasi o‘zining jamoasini O‘zbekistonga ko‘chirish niyatida ekanini ma’lum qildi.
     

    IT-market platformasi bor. Unda korxonalar o‘ziga mutaxassis, mutaxassislar esa o‘ziga mos ish topishi mumkin.

    Kelayotgan deyarli barcha mutaxassislar va ularni so‘rab murojaat qilayotgan kompaniyalar e’lonlari yuqoridagi resursga joylanadi.

    IT-parkning xorijiy kompaniya va mutaxassislarni O‘zbekistonga ko‘chirishda yordam berayotganini ko‘rgan mahalliy kompaniya va davlat idoralari bizdan mutaxassislar so‘ramoqda.

    O‘zbekistonga kelayotgan dasturchilar odatda ish qidirmaydi. O‘z kompaniyasi doirasida faoliyatini davom ettiradi. Yakka tartibda kelayotgan mutaxassislar esa biror tashkilotga kerak bo‘lsa, yo‘naltiriladi”.

    Toshkent barcha IT-mutaxassislar talpinadigan makonga aylanmoqda

    “Hozir kelayotgan mutaxassislarni qo‘shmaganda, IT-parkning besh yuz ellikka yaqin rezident kompaniyalarida sakkiz mingdan ziyod mutaxassislar ishlaydi. Belarusning yirik kompaniyalari bir-ikki yildan beri rezidentlar orasida bo‘lgan.

    Belarus kompaniyalari mahalliy yoshlar ishtirokida  IT-mutaxassislar jamoasini shakllantirib, eksport faoliyatini olib boradi. Shuning uchun ham, bu kompaniyalarning Belarusdagi jamoasini O‘zbekistonga olib kelishiga yordam berilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    TashRush dasturi aynan shuning uchun ishlab chiqilgan va Tashkent Rush, ya’ni “Toshkent vasvasasi” degan qiyosiy nom tanlangan.

    Bu o‘z vaqtida Kaliforniyada yuz bergan “Oltin vasvasasi”ni eslatadi. O‘sha vaqtda Kaliforniyada oltin koni topilgani haqida shov-shuv tarqalib, hamma u yerga oshiqa boshlagan bo‘lsa, hozir Toshkent ko‘plab IT-mutaxassislar talpinadigan makonga aylandi.
     

    Dasturning asosiy maqsadi — xorijiy kompaniyalar o‘z jamoasini O‘zbekistonga relokatsiya qilishida ko‘maklashishdir. Ushbu loyiha bir necha bepul yordamlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, mutaxassislarni aeroportda kutib olib, hamyonbop turar joy topishigacha yordam berish ham uning ichiga kiritilgan.

    Kompaniya Belarusdan falon kuni ma’lum nafar mutaxassislar uchib kelishi haqida xabar beradi. Bizdagi mutaxassislar ularni aeroportda kutib oladi. Mehmonlarga mahalliy sim-karta topshiriladi.

    Yana ularga banklarda shaxsiy hisob raqam ochishga, milliy valyutalar uchun UzCard, xorijiy valyutalar uchun viza kartalarini olishiga yordam beriladi.

    Mutaxassislar oilasi, yosh farzandlari bilan keladigan bo‘lsa, turar joy uchun ro‘yxatdan o‘tkazish, bolalarni maktab va bog‘chalarga joylashda ko‘maklashiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kuzatuvlarga ko‘ra, xorijdan ko‘plab aholi kelgani sari, turar-joy narxlari ham sezilarli darajada o‘sib bormoqda.

    O‘zbekiston mutaxassislar uchun qimmat davlat sifatida tasavvur uyg‘otmasligi uchun, IT-park vakillari imkon qadar ularga to‘g‘ri keladigan narxda, sifatli ijara uylar topishga yordam berilmoqda.

    Xorijdan kelgan mutaxassislar bilan tez-tez uchrashib, ularni qiynayotgan masalalarga yechim, qiziqtirgan savollariga tegishli soha vakillaridan javob olishga harakat qilinmoqda”.

     

    Agar biz shunday yo‘llar bilan xorijiy mutaxassislarni jalb etishga harakat qilmasak va orada ozgina uzilishlar bo‘lib qolsa, ular boshqa g‘arbiy mamlakatlardan variant ko‘ra boshlaydi.

    Mutaxassislarni O‘zbekistonga ko‘chirishdan nima naf?

    “Bizning taxminiy hisob-kitoblarimizga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar kamida 9 oy qolsa, O‘zbekistonning IT salohiyatida sezilarli o‘sish kuzatiladi.

    Barcha imkoniyatlar ularni mamlakatda uzoqroq ushlab qolish uchun amalga oshirilmoqda. Masalan, to‘qqiz oy, bir yil, umuman qancha uzoq muddat biz bilan qolsa, shuncha foyda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yuqori malakali mutaxassislar o‘z faoliyatini shu yerda davom ettirsa, bizdagi yosh dasturchilarni jalb etib, o‘z jamoasini kengaytirayotganida, o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga oladi va salohiyatini oshirishga harakat qiladi.

    Bizdagi bozorning asosiy qismini junior’lar tashkil etadi. Ular xorijiy mutaxassislar bilan ishlab, turli loyihalarda malakasini oshirib boradi. Shu tariqa, keyinchalik middle va senior’lar ham ko‘payib boradi.

    Dastur doirasida, eng avvalo, odamiylik nuqtayi nazaridan chet elliklarga yordam berish ko‘zda tutilgan. Keyingi maqsad esa — mamlakat manfaati, mahalliy aholining IT salohiyatini oshirishdan iborat.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekistonda IT-mutaxassislar ko‘payishi — makroiqtisodiy nuqtayi nazardan

    • yuqori malakali mahalliy mutaxassislar shakllanishida;
    • IT xizmatlarining sifati oshishida;
    • IT sohasi bilan butun dunyoga mashhur bo‘lishimizda;
    • yuqori standartlarga javob beradigan sifatli mahsulotlar yaratishda

    o‘z samarasini ko‘rsatadi.

     

    Belaruslik IT-mutaxassislarni butun dunyo taniydi. “IT-mutaxassis belaruslik ekan”, degan ta’rifning o‘zi uning bu borada saviyasi yuqoriligini belgilaydi.

    Xuddi shunday, O‘zbekiston ham o‘z mutaxassis va mahsulotlarining sifati bilan dunyoga tanila boshlaydi. Oddiy aholi uchun ham ish o‘rinlari ko‘payib, chet ellik kompaniyalar bizning kadrlarga tayanadigan bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xorij kompaniyalari O‘zbekistonda IT rivojlangan ekan, deb bizning mamlakatga talpina boshlaydi.

    Va tabiiyki, xorijliklar bilan birga, valyuta oqimi ham kengayadi. Iqtisodiy rivojlanish yuqorilab, o‘zbek so‘miga ham talab ortib boradi. Oddiy aholining oylik daromadi oshib, yashash sharoiti yaxshilanadi.

    Masalan, kundan kunga elektron hukumat tizimi rivojlanib bormoqda. Bugunga qadar, taxminan 300 ga yaqin davlat xizmatlari raqamlashtirilib, onlayn foydalanish imkoni yaratilgan”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ya’ni, endi fuqaro tegishli masalalarni uzoq navbatda turib, qog‘ozbozlik bilan emas, telefon yoki kompyuter qarshisida, internetga ulangan holda hal eta oladi.

    Ana shular, yuqori malakali mutaxassislarning butun o‘zbek jamiyati uchun keltir(adi)gan foydasini ko‘rsatadi. Soha vakillari ko‘payib, sifat ortib borgani sari, oddiy aholining kichik murojaatidan to pasport yoki metrika kabi hujjatlarni ham tashkilotga bormasdan turib rasmiylashtirish yoki tiklash xizmatlarini sodda va qulay ko‘rinishda amalga oshirish imkoni paydo bo‘ladi.

    06.04.2022, 18:57   Izoh (0)   44481
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston sanksiyalar tufayli Rossiyaga avtomobillarni sotishni to‘xtatdi

    06.04.2022, 12:21

    Forbes dunyoning eng yosh milliarderlarini e’lon qilindi

    05.04.2022, 21:24

    Forbes Markaziy Osiyoning eng boy odami kimligini e’lon qildi

    05.04.2022, 18:22

    Alisher Usmonovning boyligi keskin kamaydi — Forbes

    05.04.2022, 16:58

    Forbes 2022-yilda dunyoning eng boy odamlarini e’lon qildi

    05.04.2022, 16:36

    “50 ming dollar investitsiya qildik va yana 250 ming dollar kiritmoqchimiz” — Rossiyaning yetkazib berish xizmati O‘zbekiston bozori haqida

    05.04.2022, 16:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.