• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gana — radio o‘ljasiga aylangan davlat. Yoxud mamlakatda demokratiya o‘rnatgan diktator

    Afrikada joylashgan Gana davlati hozirgi kunda ancha yaxshi iqtisod va liberal demokratiyaga ega. Gananing Afrika mamlakatlariga xos bo‘lmagan hozirgi siyosiy tuzumi Afrika davlatlariga xos bo‘lgan harbiy to‘ntarish bilan bog‘liq. Farqli tomoni, mamlakatdagi harbiy to‘ntarish diktatura va qoloqlikka emas, demokratiya va rivojlanishga olib kelgan. Qizig‘i, ushbu diktaturaviy demokratiya o‘rnatilishida asosiy rolni harbiy qurollar emas, axborot quroli — radio o‘ynagan edi. Bu haqida batafsil “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov hikoya qiladi.

    Oltin qirg‘oq

    Ganaga ilk bor tashrif buyurgan yevropaliklar bu yerda yirik oltin konlarini topgani uchun hududni “Oltin qirg‘oq” deb nomlaydi. Shundan so‘ng mamlakat bir necha o‘n yillar davomida Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lib keladi. Inglizlar bu yerdan boy xomashyo resurslarni olib ketish uchun yaxshi yo‘llar va kattagina port (Keyp-Cost) barpo qiladi.

    Oltindan tashqari, Gana iqtisodining katta qismini kakao-loviya eksporti tashkil etadi. Ushbu qimmatbaho mahsulot bugungi kunda ham Gananing asosiy daromad manbai hisoblanadi.

    Gana davlati

    Gana davlati
    Foto: Britannica

    Gana 1957-yili Britaniya Hamdo‘stligi tarkibida mustaqillikka erishadi. Hokimiyatni Kvame Nkruma boshliq Konvensiya Xalq Partiyasi egallaydi. Nkruma mamlakatda SSSR modelidagi yakka partiyaviylik va diktatura o‘rnatadi. Natijada, unga qarshi muxolifat harakati kuchayadi va harbiy to‘ntarish oqibatida qulatiladi. Davlatda siyosiy vaziyat beqarorlashib, bir necha bor harbiy va fuqarolik hukumati hokimiyatga keladi. Biroq keyingi hukumatlar ham Nkruma tuzumidan deyarli farq qilmaydi hamda mamlakatni korrupsiya, byurokratiya botqog‘iga botiradi.

    1972-yili qisqa tanaffusdan so‘ng Ganada hokimiyat yana harbiylar qo‘liga o‘tadi. Eng mayda mahalliy idoralardan tortib barcha ma’muriy institutlargacha — hammasini harbiylar boshqaradi. Harbiy diktatorlar tomonidan budjetning talon-toroj qilinishi natijasida Gana 20 yil ichida Afrikaning yaxshi rivojlangan davlatidan (Gana ko‘chalarida Londondagidan ham ko‘proq Rolls-Royce yurgan), qoloq va mutlaq senzura o‘rnatilgan mamlakatiga aylanadi. Eksportdan tushgan pullar tor doiradagi shaxslar o‘rtasida bo‘lib olinadi.

    Radio inqilobi

    Ganadagi siyosiy va ijtimoiy ahvol tobora og‘irlashaveradi. Mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi, inflyatsiya va iqtisodiy turg‘unlik yuqori darajaga chiqadi. Korrupsiyaviy hukumat va harbiy rahbariyatdan norozilik harbiylar orasida ham paydo bo‘la boshlaydi. Shunday harbiylardan biri Gana harbiy-havo kuchlari leytenanti Jerri Rolings edi.

    1979-yili siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berilgach, Rolings kichik partiya tuzadi va mamlakat rahbari general Frederik Akufo hukumatini tanqid qiladi. O‘z atrofiga tarafdorlarini yig‘gan Rolings davlat to‘ntarishi o‘tkazishga qaror qiladi. Buning uchun u har doim mamlakatdagi ulkan o‘zgarishlar va farovonlik haqida gapiruvchi asosiy axborot vositasi — radioni egallashni mo‘ljallaydi. Rolings va uning safdoshlari poytaxt radiostansiyasini qo‘lga kiritgach, aholiga murojaat qilib, ularni korrupsiyalashgan hukumatga qarshi kurashga chaqirishni maqsad qiladi.

    Akkra yaqinidagi Qurolli Kuchlar Inqilobiy Kengashi mitingida nutq so‘zlayotgan Jerri Rolings

    Akkra yaqinidagi Qurolli Kuchlar Inqilobiy Kengashi mitingida nutq so‘zlayotgan Jerri Rolings
    Foto: Getty Images

    1979-yil may oyida radiostansiya egallanadi. Hukumat shunchaki radiouzatishni o‘chirib qo‘ya olardi, biroq radioni o‘chirib qo‘yish, aholini isyonkor leytenantning nutqidan ham ko‘proq vahimaga solishi mumkin edi. Hukumat kuchlari radiostansiyasini qamal qiladi, Rolings va safdoshlari oxirigacha kurashadi. Ammo kuchlar teng kelmaydi: isyonkorlar qo‘lga olinib, barchasi o‘limga hukm qilinadi.

    Biroq Rolings unga xayrixoh bo‘lib qolgan kichik ofitser va askarlar yordamida qochib ketishga muvaffaq bo‘ladi. Yangi tarafdorlari bilan yana radiostansiyani egallagach, hukumat kuchlari o‘rtasidagi jang bir necha kun davom etadi. Bu kurashda harbiy-havo kuchlari leytenanti g‘olib chiqadi, korrupsiya va davlat mulkini talon-toroj qilgani uchun general Akufo va yana ikki general qatl etiladi.

    “Demokratiya jangchisi”

    Hokimiyatga kelgan Rolings oldingi harbiy rahbarlar kabi davlatda o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatmaydi. Mamlakatda saylovlar o‘tkaziladi va hokimiyat unda g‘olib chiqqan Hilla Liman boshliq fuqarolik hukumatiga topshiriladi.

    Lekin Liman hukumati ham mamlakatdagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi. Tashqi qarzning ortishi va inflyatsiya 140 foizga oshib ketishi xalqning noroziligiga sabab bo‘ladi. Noroziliklar tartibsizliklarga aylana boshlaydi. Natijada Jerri Rolings yana vaziyatga aralashadi va 1981-yilning 31-dekabr kuni hech qanday o‘q uzmasdan navbatdagi davlat to‘ntarishini o‘tkazadi.

    Foto: Getty Images

    Rolings barcha vazirlik va idoralarni tarqatib yuboradi hamda ularning o‘rniga “inqilobni himoya qilish qo‘mitalari”ni tuzadi. Yangi lider yuzlab korrupsionerlarni lavozimidan mahrum etadi. U Ganada marksistik tuzum o‘rnatishga urinadi va SSSRdan iqtisodiy yordam so‘raydi.

    Biroq oradan ikki yil o‘tgach mamlakat kommunistik yo‘ldan qaytadi va erkin bozor qoidalari tomon yo‘naladi. Gana diktatorining bu qaroriga sovet tuzumining qulashi yaqinligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Gana iqtisodining asosini tashkil etuvchi kofe va kakao plantatsiyalari xususiylashtiriladi. Mamlakat iqtisodi sekin-asta tiklana boshlaydi.

    Jerri Rolings hayotiga bir necha bor suiqasd uyushtiriladi. Suiqasd tashkilotchilari va ko‘plab muxolifat vakillari qamoqqa tashlanadi. Bu esa jahon hamjamiyati tomonidan Rolingsni diktator sifatida baholashga olib keladi. Shunga qaramay, 1991-yili o‘tkazilgan saylovlarda Rolings diktatorlarga xos bo‘lmagan 58 % ovoz bilan g‘olib chiqadi. Xalqaro tashkilotlar saylovning demokratik tarzda o‘tganini e’tirof etadi. Keyingi yil qabul qilingan konstitutsiyada Ganada ketma-ket bo‘lmagan taqdirda ham ikki muddatdan ortiq prezidentlik taqiqlanadi.

    1999-yili Ganaga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tashrif buyuradi

    1999-yili Ganaga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tashrif buyuradi
    Foto: Getty Images

    1983—1986-yillardayoq Gana yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 6,5 foizni tashkil etadi, mamlakat tashqi qarzi esa 2,5 barobar kamayadi. Ganaga katta investitsiyalar kiritiladi va oziq-ovqat ishlab chiqarish keskin oshadi. Rolings budjetning 40 foizini kasalxona, maktab, elektr stansiyalari va yo‘llar qurishga sarflaydi va mamlakat yana Afrikaning yaxshi rivojlangan davlatlaridan biriga aylanadi.

    1996-yilgi saylovlarda ham raqiblarini kichik farq bilan ortda qoldirgan Jerri Rolings Gananing xalqaro obro‘sini oshirish uchun BMT operatsiyalarida ishtirok etadi.

    2001-yili u Afrika diktatorlariga mutlaqo xos bo‘lmagan tarzda Konstitutsiyaga muvofiq navbatdagi saylovda ishtirok etmasligini bildiradi va prezidentlik postini muxolifat vakiliga topshiradi. Gana tarixida birinchi bor hokimiyat tinch yo‘l bilan muxolifat qo‘liga o‘tadi.

    Rolings ketganidan keyin ham u o‘rnatgan demokratik an’ana davom etadi va hozirda Gana Afrikadagi juda kam bo‘lgan liberal-demokratik davlatlardan biri hisoblanadi. Ushbu xizmatlari uchun leytenant Jerri Rolings “demokratiya jangchisi” deya ulug‘lanadi.

    Prezidentlikdan so‘ng Rolings siyosatga qaytmaydi va umrining oxirigacha dunyoning turli nufuzli universitetlarida falsafa, siyosatdan ma’ruzalar o‘qiydi hamda shu orqali tirikchilik qiladi. Rolings 2020-yilda o‘z vatanida vafot etadi, eks-prezident izzat-ikrom bilan dafn qilinadi.

    Foto: Citinewsroom
    Rolings merosi haqida ikki xil qarash mavjud. Ba’zilar uni muxolifatni qamagan yoki surgun qilgan diktator deb bilsa, ko‘pchilik uni Ganaga siyosiy barqarorlik, farovonlik va asosiysi, demokratiya olib kelgan inson deb biladi. Aslida ham Jerri Rolings Gana aholisini siyosiy jarayonlarda qatnashishga, siyosiy selektoratga aylantirishga muvaffaq bo‘ladi.

    1999-yili (Rolings ketishidan ikki yil oldin) Ganada aholi jon boshiga YaIM miqdori 1900 AQSh dollarini tashkil etgan. Gana hozirda dunyo miqyosida eng kam rivojlangan davlatlardan biri hisoblansa-da, Afrika davlatlari orasida eng tez rivojlanayotgan iqtisodga ega o‘lka sifatida baholanadi.

    06.04.2022, 19:58   Izoh (0)   45609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Putin 30 kunlik sulhdan voz kechsa ham, Istanbulga boradi — Axios

    Dunyo | 12 may, 13:53

    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida

    Reklama | 12 may, 13:30

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 12 may, 13:44

    Instagram: Muxlislari ustidan pul sochgan Jahongir Otajonov, farzand kutayotgan Feruza Yusupova, Munisa Rizayevaning eri nima ish qiladi?

    Shou-biznes | 12 may, 13:43

    “Manchester Yunayted” yarim asrlik antirekordni qayd etdi

    Sport | 12 may, 13:30

    Tramp eng boy uchta arab davlatiga tashrif buyuradi

    Dunyo | 12 may, 13:23

    O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishi kuchayadi

    O‘zbekiston | 12 may, 13:12

    Marvel’ning yovuz qahramonlari grim va kompyuter grafikasisiz qanday ko‘rinishga ega?

    Kino | 12 may, 13:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.