“Barselona” Kataloniyadagi ukrainalik qochoqlar uchun oziq-ovqat yig‘di, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.
Mart oyida klub “qizil xoch” bilan birgalikda Ukrainadan Kataloniyaga kelgan oilalar uchun oziq-ovqat yig‘ish kampaniyasini e’lon qilgandi.
Bir hafta davomida “Kamp Nou” stadioni yaqinidagi yig‘ish punktlarida 17 tonna oziq-ovqat to‘plandi.
Avvalroq, “PSJ” darvozaboni Keylor Navas ukrainalik qochoqlarni o‘z uyiga joylashtirgani xabar qilingandi.
24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Ayni vaqtda Ukrainaning qator hududlarida harbiy harakatlar davom etmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)