• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangi O‘zbekiston majmuasida “Bag‘rikenglik bog‘i” ochildi

    Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 5-mart kuni daraxt ekish tadbiri o‘tkazildi. Respublikadagi diniy konfessiyalar va milliy-madaniy markazlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda 30 ta daraxt ko‘chati o‘tqazildi, — deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

    Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

    Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev mazkur jamoa ekkan ko‘chatlar hududi “Bag‘rikenglik bog‘i” deb ataladi.

    “Bog‘ga Turkiyadan olib kelingan 30 ta lola daraxti ekildi. Bunday navdagi ko‘chat ekilishining sababi avvalo yerga o‘tqazilayotgan daraxt “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududiga mos kelishi kerak. O‘ylaymanki, bu daraxtlar yaxshi ko‘karadi. Ko‘chatlarni 14 ta milliy-madaniy markaz va 16 ta konfessiya bittadan olib keldi va jami 30 ta ko‘chat (bir xil turdagi) ekildi”, — dedi qo‘mita mas’uli.

    Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

    Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

    Tadbir doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov jurnalistlarga bergan intervyusida islom dinida daraxt ekish savobli amallardan hisoblanishini aytdi.

    Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

    Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

    “Fayzli ramazon oyida “Bag‘rikenglik bog‘i” barpo qilinyapti. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, prezident devoni, O‘zbekistondagi barcha diniy konfessiyalar ishtirokida daraxt ekish tadbirini o‘tkazdik. Ko‘chat ekish yurtimizda eng xayrli ishlardan biri. Barcha din vakillari kelib daraxt ekyapmizki, inshaalloh, kelajak avlod bu bog‘ni bag‘rikenglik nishonasi ekaniga guvoh bo‘ladi. Islom dini nuqtayi nazaridan olib qaraganda ham eng savobli ishlardan biri daraxt ekmoqlikdir.

    Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

    Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

    Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bizga tavsiya berib: “Agar kim daraxt ekayotgan bo‘lsa-yu, mabodo qiyomat boshlanib qolgan taqdirda ham o‘sha daraxtni oxirigacha ekib qo‘ysin”, deganlar. Nima uchun? Aslida qiyomat boshlansa, daraxt kerak bo‘lmas edi. Ammo buning savobi va ahamiyati ulug‘ligidan payg‘ambarimiz shu gapni aytganlar. Kelajak avlod oldidagi eng katta burchlarimizdan bittasi sof va go‘zal tabiatni ularga meros qilib qoldirishdir”, — dedi Nuriddin Xoliqnazarov.

    05.04.2022, 20:17   Izoh (0)   10036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bir qator tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha ham xalqaro sertifikat olgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi

    05.04.2022, 20:05

    “Korrupsiya – bizning salbiy faoliyatimizning natijasi” — Akmal Saidov

    05.04.2022, 19:20

    Avloniy instituti Respublika milliy ta’lim markazi sifatida qayta tashkil etiladi

    05.04.2022, 18:38

    Nega Toshkentga intilamiz? — “Daryo”da kichik so‘rovnoma

    05.04.2022, 18:28

    O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini yangi metodika asosida qayta tayyorlash bo‘yicha umummilliy loyiha boshlanadi

    05.04.2022, 18:06

    Qashqadaryolik fuqaro moliyaviy piramida tashkil qilib, 231 nafar fuqaroning 13,7 mlrd so‘m pulini o‘zlashtirdi

    05.04.2022, 17:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meksikada tashlandiq uydan 32 ta bo‘laklangan jasad topildi

    Dunyo | 5 avgust, 22:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.