Yevropa Chempionlar Ligasining 6-aprel, chorshanba kungi o‘yinlariga hakamlar tayinlandi.
“Chelsi” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni Kleman Tyurpen boshchiligidagi fransiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. VAR tizimida Jerom Brisard va Villy Delayod (ikkisi ham Fransiya) ishlaydi.
“Vilyarreal” — “Bavariya” uchrashuvi angliyalik Entoni Teylorga ishonib topshirilgan. Videotakrorlarda unga hamyurtlari Styuart Atvel va Kreyg Pauson yordam beradi.
Ikki o‘yin Toshkent vaqti bilan 7-aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Mavzuga doir: “Manchester Siti” — “Atletiko”, “Benfika” — “Liverpul” uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)