Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 31-turida “Arsenal” 4-aprel, dushanba kuni “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Mateta mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 24-daqiqa Jordan Ayyu o‘yindagi ikkinchi golni urdi. 74-daqiqada Uilfred Zaha penaltidan unumli foydalanib, “Kristal Pelas”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Mikel Arteta shogirdlari 54 ochko bilan 5-pog‘onada qoldi. “Kristal Pelas” esa ochkolari sonini 37 taga yetkazib, 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
APL
31-tur bahslari
4-aprel, dushanba
“Kristal Pelas” — “Arsenal” 3:0
Gollar: 1:0 – 16 Mateta, 2:0 – 24 Ayyu, 3:0 – 74 Zaha (penalti).“Kristal Pelas”: Guaita, Klayn, Andersen, Gehi, Mitchell, Kuyate (Milivoyevich, 80), Shlupp, Gallaher, Ayyu (Eduar, 76), Zaha, Mateta (Makartur, 69).
“Arsenal”: Remsdeyl, Soaresh (Nketia, 66), Gabriel, Uayt, Nunu Tavaresh (Martinelli, 46), Jaka, Parti (Lokonga, 75), Edegor, Smit-Rou, Lyakazett, Saka.
Ogohlantirishlar: Parti (53), Jaka (77).
Izoh (0)