Antonio Konte hamkasblari tomonidan A Seriyaning 2020/21-yilgi mavsumi eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi.
“Inter”ning sobiq ustozi, hozirda “Tottenhem” boshqaruvida bo‘lib turgan Konte “Oltin o‘rindiq” mukofotini qo‘lga kiritdi. Antonio faoliyati davomida 6-marta ushbu sovringa ega chiqmoqda.
Konte 20 ta ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. “Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli 19 ta ovoz bilan ikkinchi, “Atalanta” murabbiiyi Jan Pyero Gasperini esa 8 ta ovoz bilan uchinchi o‘rindan joy oldi.
Antonio Konte 2020/21-yilgi mavsumda “Yuventus”ning 9 yillik gegemonligiga barham berib, “Inter” bilan A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Avvalroq, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Oltin tapir” antimukofotiga sazovor bo‘lgani xabar qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)