Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida 31-mart kuni O‘zbekistonda bo‘lib turgan Isroil davlatining vakolatli organlari vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Isroil davlati hukumati o‘rtasida Isroil davlatining mehnat bozoridagi maxsus sektorlarda o‘zbekistonlik ishchilarni vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi bitim” va bayonnoma loyihalari ko‘rib chiqilib, fuqarolarimizni ushbu davlatda ish bilan ta’minlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.
Muzokaralarda ikki tomon vakillari mazkur bitim loyihasini joriy yilning aprel—may oylarida imzolashga kelishib olgan. Shuningdek, olib borilgan muzokaralar to‘g‘risida uchrashuv bayonnomasi imzolangan.
Mavzuga doir:
- Sankt-Peterburgda qiyin ahvolda qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik aviareys bilan vatanga qaytarildi
- O‘zbekistonda xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga moddiy yordam beriladi
- “Oson pul topish ilinjida miting va namoyishlarda ishtirok etmang”. Migratsiya agentligi xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
Izoh (0)