Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on birinchi xonimlar bilan birga 30-mart kuni Xorazmga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Urganch xalqaro aeroportida Turkiya prezidenti tantanali kutib olingan. Milliy qo‘shiq va raqslar ijro etilgan.

Davlat rahbarlari 30-mart kuni birgalikda Xivadagi qadimiy obidalarni ziyorat qiladi. Ma’lumot uchun, Xiva shahri Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29—30-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi xabar qilingandi. 29-mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Erdo‘g‘onni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

30-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Davlar rahbari u yerda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamrohlik qilishi, tashrif chog‘ida Xiva shahrini ziyorat qilish ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi