• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Dunyoni jasur va tavakkal qilishdan qo‘rqmaydiganlar zabt etadi”. Futbol tarixidagi eng “yovuz odam” — Serxio Ramosning eng mashhur iqtiboslari

    Futbol tarixidagi “yovuz odam”lardan biri bo‘lgan Serxio Ramos 30-mart kuni 36 yoshni qarshi oldi. G‘alaba uchun hech narsadan tap tortmasligi va maydonda bamisoli jangchidek harakat qilgani uchun unga yuqoridagi ta’rif berilgani hech kimga sir emas. Ramos garchi faoliyatini “Sevilya”da boshlagan bo‘lsa-da, “Real” va uning nomi har doim yonma-yon kelgan. Haqiqatan ham Serxio aynan “qirollik klubi” safidagi faoliyati bilan dunyo futbolini zabt etgan. 16 mavsum, 671 o‘yin, 101 gol va 22 ta sovrin. Shunchaki aql bovar qilmas raqamlar. To‘rtta Chempionlar Ligasi bosh sovrini va beshta Ispaniya chempionati Kubogi Serxio madridliklarga taqdim etgan asosiy sovrinlardandir.

    Bundan tashqari, Ramosning Ispaniya terma jamoasidagi faoliyati ham alohida va cheksiz so‘z yuritish mumkin bo‘lgan mavzu. U “qizil furiya” tarkibida ikki karra Yevropa chempioni (2008, 2012-yillarda) va bir marta jahon chempioni (2010) bo‘lgan. Ma’lumki, Ispaniya terma jamoasida deyarli barcha davrlarda raqobat kuchli bo‘lgan, ammo garddekkina bo‘rttirish bo‘lsa ham bu raqobatning Ramosga aloqasi yo‘qligini aytish mumkin.

    Ammo hayotda har doim ham hammasi bir tekis davom etmaydi. 2020/21-yilgi mavsum so‘ngida Ramos jiddiy jarohat orttirib oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Aynan shu sabab u Yevro—2020 ni o‘tkazib yubordi. Ramos bu jarohatdan haligacha tamomila qutulgani yo‘q va “PSJ” tarkibida ham o‘ynab ketolmayapti. “Real”ning u bilan qanday xayrlashgani esa ortiqcha izohga hojat qoldirmaydigan mavzu. “Daryo” esa quyida tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Ramosning futbol va hayot haqidagi eng mashhur iqtiboslarini taqdim etadi.

    Foto: “PSJ”

    Foto: “PSJ”
    Jasorat haqidaDunyoni jasur va tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan insonlar zabt etadi. Agar harakat qilmasangiz, hech narsaga erisholmaysiz. Tavakkal qilsangiz esa hech narsasiz qolishingiz yoki g‘alaba qozonishingiz mumkin. Nima bo‘lganda ham muvaffaqiyatga erishish imkoniyati yuqoriroqdir. Bunga ishonaman. Inson qiyin damlarda o‘zini yaxshiroq bilib oladi, stressli vaziyatlarda esa ko‘proq narsaga erishishi mumkin, bu bizni kuchliroq qiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    2018-yilgi Chempionlar Ligasi finali haqida

    Chempionlar Ligasi finali hammaning yodida, lekin oilam va farzandlarimga o‘lim bilan tahdid qilinganini hech kim eslamaydi.

    Salohning jarohati? Bu meni umuman bezovta qilmaydi. Hamkasbimni jarohatlamoqchi emasdim, shuning uchun vijdonim toza. Muxlislarning munosabati menga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

    O‘yinlardan keyin qanday tiklanishi haqida

    Har bir o‘yinda 3,2 kilogramm vazn yo‘qotaman. O‘yindan keyin 2,5 litr maxsus tetiklantiruvchi ichimlik ichaman. Bu tezroq tiklanish uchun kerak.

    Foto: Twitter/@realmadrid

    Foto: Twitter/@realmadrid
    “Real” haqida

    Hech kim klubdan yuqori bo‘la olmaydi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar “Real” mavjud bo‘lib qoladi.

    Klub emblemasi va libosi uchun ming bor qon to‘kkan bo‘lardim.

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun
    Lionel Messi haqida

    Argentinaning eng yaxshi futbolchisi — Lionel Messi. U Diyego Maradonani ortda qoldirgan. Leo ajoyib va ​​betakror futbolchi. Yillar davomida undan aziyat chekdik. Agar Messi “Barselona” tarkibida bo‘lmaganida, ko‘proq sovrinlar qo‘lga kiritishimiz mumkin edi.

    Kumirlari haqida

    Shunday futbolchilar borki, ularning maydon va uning tashqarisidagi xatti-harakatlari kishini ilhomlantiradi. Bolaligimda Paolo Maldini, Fernando Yerro, keyinchalik esa Karles Puyolning harakatlaridan hayratlanganman.

    VAR haqida

    Videotakrorlar tarafdoriman. O‘yindan tashqari holatdan gol urib, g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Nohaq belgilangan penalti bilan ham. Bu borada ushbu tizim yordam berishi mumkin. To‘liq va to‘g‘ri foydalanishni o‘rganib bo‘lganimizdan keyin jarayon tezlashadi.

    Maqsadi haqida

    Maqsadim — otamning ko‘zidagi g‘ururni ko‘rish.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Gollarini kimga bag‘ishlashi haqida

    Markaziy himoyachi uchun ko‘p gol uraman. Har bir golimni menga aziz insonlarga bag‘ishlayman.

    Omad haqida

    Omad har kuni mehnat qilishga odatlangan, borini ishga bag‘ishlaganlarga kulib boqadi. Siz biladigan va sevadigan Serxio Ramos bo‘lish uchun ko‘p narsani qurbon qilishimga to‘g‘ri kelgan. Avvalo — bolaligimni.

    Oilasi haqida

    Men uchun oila birinchi o‘rinda turadi. Oilamga hech kim bilmaydigan tomonlarim ma’lum. Oilam va do‘stlarim yonimda bo‘lsa, o‘zimni baxtli his qilaman. Ular bilan quvonchni baham ko‘rishdan yaxshiroq narsa yo‘q.

    Taslim bo‘lmaslik haqida

    Tajribam shuni ko‘rsatadiki, hech qanday holatda taslim bo‘lmaslik kerak. Xotirjamlikni saqlashimiz va ishlashda davom etishimiz lozim.

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA
    Qo‘pol o‘ynashi haqida

    Maydonda raqiblarimga qarshi juda qattiq o‘ynay olaman. Oyog‘imni yashirmayman, to‘qnashuvlardan qo‘rqmayman. Lekin negadir hakamlarda men haqimda g‘alat fikr bor. Ular boshqa o‘yinchilarga hatto og‘zaki ogohlantirish berilmaydigan joyda Ramosga kartochka ko‘rsataveradi.

    “Oltin to‘p” haqida

    Faoliyatim davomida juda ko‘p yutuqlarga erishdim va agar ular meni “Oltin to‘p” bilan taqdirlashsa, bu tarixiy lahza bo‘lardi.

    Hakamlik haqida

    Hakamlik haqida qancha ko‘p gapirsak, u shunchalik yomonlashib boraveradi.

    Tanqidlar haqida

    Hammaga hurmat bilan qarayman va har qanday tanqidni qabul qilaman — bu meni yanada kuchliroq qiladi, oldinga yurishimga turtki bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    •  “Real” navbatdagi afsonasiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi. Serxio Ramos va Florentino Peres o‘rtasidagi uzoq yillik “urush” haqida
    • Qadrlanmagan sadoqat: “Real”dan quvilgan afsonalar haqida

    30.03.2022, 23:47   Izoh (0)   42659
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zlatan Ibrahimovich Shvetsiya terma jamoasidagi kelajagi haqida: “Bitta mag‘lubiyat ketishimga sabab bo‘lolmaydi”

    30.03.2022, 22:19

    Senegal muxlislari misrlik futbolchilariga qarata shisha va tosh uloqtirgan, avtobusga hujum uyushtirgan. Misr bu borada FIFAga shikoyat bilan chiqdi (foto)

    30.03.2022, 21:01

    JCh—2022 qur’asi oldidan. Terma jamoalar qaysi savatchalardan joy oladi?

    30.03.2022, 20:16

    Xoan Laporta: “UEFA bilan hamkorlik qiladigan ayrim klublar istagan ishini qilmoqda”

    30.03.2022, 18:51

    Karlush Keyrush Misr terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

    30.03.2022, 17:33

    Shahram G‘iyosov va Elnur Abduraimov “Kanelo — Bivol” boks oqshomida jang qiladi

    30.03.2022, 16:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.