Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya munosabati bilan 30-mart kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etadi. Paket qora ro‘yxatga kiritilgan rossiyalik biznesmenlarning samolyotlari va yaxtalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar, shuningdek, Lugansk va Donetsk Xalq Respublikalariga nisbatan sanksiyalarni o‘z ichiga oladi.
“Parlamentga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan yangi qonun hujjatlari doirasida Qrim bo‘yicha sanksiyalar Donetsk va Lugansk viloyatlarining Ukraina hukumati nazoratida bo‘lmagan hududlariga ham joriy etiladi”, — deyiladi hujjatda.
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni oxirgi marta 24-mart kuni kengaytirgandi. O‘shanda Rossiyadan jami 59 nafar shaxs va tashkilot, shuningdek, Belarusdan olti nafar shaxs qora ro‘yxatga kiritildi. Ular orasida “Sberbank” rahbari German Gref, “Tinkoff” banki asoschisi Oleg Tinkov, shuningdek, “Gazprombank”, “Alfa-bank”, “Rossiya temir yo‘llari”, “ALROSA” va “RusGidro” bor.
Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Rossiyaga qarshi sanksiyalarni nomaqbul deb atagandi. Xitoy TIV rahbarining fikricha, Yevropa sanksiyalari mojaroda ishtirok etmagan boshqa davlatlarga ham zarar yetkazmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)