Sirdaryo viloyati Guliston shahrida fuqaroni pul evaziga Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan MChJ rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tabdir davomida “Y.O.O.” MChJ rahbari H.A. firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida pora berishga dalolat qilib, fuqaro B.R.ga tanishlari orqali FVV tizimiga ishga kiritib qo‘yishini aytgani aniqlangan. U evaziga 800 dollar talab qilib, Guliston shahar O‘zbekiston shohko‘chasida joylashgan restoranda kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Samarqandda 50 ming dollar evaziga DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
- Andijonda Milliy gvardiyaga ishga va “Diplomatiya”ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 32 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
- Buxoroda fuqaroni neft zavodiga ishga kiritib qo‘yish uchun 2 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Izoh (0)