• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya—Ukraina muzokaralari ishtirokchilarining zaharlanishi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra Roman Abramovich va yana ikki kishiga zarar yetgan

    Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari ishtirokchilarining uch nafarida kimyoviy quroldan zaharlanishga o‘xshash alomatlar kuzatilgan. Bu haqda 28-mart kuni Bellingcat surishtiruv loyihasi ma’lumot tarqatdi. Unga ko‘ra “Chelsi” futbol klubining egasi, milliarder Roman Abramovich ham zaharlangan bo‘lishi mumkin. Meduza mazkur zaharlanish ishi yuzasidan asosiy ma’lumotlarni taqdim etgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Bellingcat Abramovich, ismi oshkor etilmagan yana bir rossiyalik biznesmen bilan birgalikda Kiyevda Ukraina oliy radasi deputati, Rossiya bilan muzokaralarda ishtirok etayotgan Rustem Umerov bilan uchrashganini aniqlagan. Bellingcat ma’lumotlari bo‘yicha uchrashuv 3-martda kunduz kuni o‘tgan va soat 22:00 gacha davom etgan. Uchrashuv yakunida uning ishtirokchilarining ko‘zlarida kuchli og‘riq, yoshlanish va teri qatlamining yallig‘lanishi kabi jismoniy zo‘riqishlar kuzatilgan. Ushbu alomatlar 4-mart tongigacha ishtirokchilarni tark etmagan.

    Bellingcat ekspertlari muzokaralar ishtirokchilari kimyoviy quroldan zaharlangan bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelgan, ammo mazkur moddaning nima ekanligi borasida aniq ma’lumotlarni keltirmagan. Yana bir ehtimolga ko‘ra, ularga mikroto‘lqinli nurlanish shunday ta’sir qilgan. Bellingcat Abramovich va boshqalarda bunday belgilar kuzatilishidan avval ular suv va shokoladdan boshqa narsa iste’mol qilmagani haqida yozgan.

    Kiyevdagi uchrashuv ishtirokchilarining sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqchi bo‘lishmagan, aksincha ularni shunday yo‘l bilan qo‘rqitishga urinishgan, deya yozgan ekspertlar xulosasiga tayanib Bellingcat. Taxmin qilinayotgan zaharli moddaning turi va dozasi shunday taxminga asos bo‘lgan. Ishtirokchilardagi belgilar porfirin, organofosfat yoki bitsiklik birikmalardan zaharlanish holatlariga mos kelgan. Moddaning qaysi turga mansubligini isbotlash imkonsiz, chunki jabrlanuvchilar maxsus laborator uskunalarda tekshirilmagan.

    Roman Abramovich ko‘rish qobiliyatini to‘liq yo‘qotgan, deya xabar bergan BBC’ning rus xizmati. Nashrning ma’lumot berishicha, biznesmenning terisi ko‘chgan, yuqorida qayd etilgan belgilar esa uchrashuvdan bir necha kun o‘tganidan keyin yo‘qolgan. BBC’ga ko‘ra Abramovich va Umerovdagi alomatlar ular Kiyevdan Istanbulga kelganida paydo bo‘lgan. Bellingcat xabarlarida esa bu Kiyevda uchrashuvdan keyin boshlangani aytiladi.

    “Bu Ukraina tomonining ham Rossiya tomonining ham ishi bo‘lishi mumkin, deb o‘yladik”, — deya axborot bergan BBC rus xizmatiga Abramovichga yaqin manba.

    Jabrlanuvchilar bu ishni kim qilgani borasida bir to‘xtamga kelmagan. Manba zaharli modda uchrashuv o‘tkazilgan xona havosiga sepilgani haqida taxmin borligini bildirgan. Ammo keyinchalik BBC rus xizmati Abramovichning rasmiy vakili bu borada rasmiy izoh bermaganini qayd etib, avvalgi axborotning noto‘g‘ri ekanligini tan olgan.

    Buyuk Britaniya BBC nashrining manbasi esa biznesmen zaharlanishga o‘xshash belgilarga duch kelganini tasdiqlagan. Hozir Abramovich o‘zini yaxshi his etmoqda va Ukrainadagi urushga chek qo‘yish maqsadida o‘tkazilayotgan muzokaralarda qatnashmoqda, degan BBC manbasi.

    The Wall Street Journal ham Abramovich va boshqa ishtirokchilarning zaharlangani haqida yozgan. WSJ Abramovichning Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashganini qayd etgan. Biroq Zelenskiyda zaharlanish belgilari kuzatilmagan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Abramovich va yana ikki nafar ishtirokchining zaharlanishi Kremldagi ayrim kuchlarning Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarni to‘xtatish uchun qilayotgan harakati bo‘lishi mumkin.

    Ukraina prezidentining ofisi muzokaralar ishtirokchilarining zaharlangani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamagan. “Muzokaralar guruhining barcha a’zolari odatiy ish tartibida faoliyat olib bormoqda. Axborot makonida uydirmalar, turli konspirologik taxminlar, yana boshqa axborot o‘yinlari juda ko‘p. Shu sababli yana bir bora muzokaralar guruhlari tegishli tartibda ish olib borayotganini takrorlab o‘taman”, — deya qayd etgan Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak.

    AQSH razvedkasi ham zaharlanish aslida sodir bo‘lmagan deb hisoblamoqda. Bu haqda ismini oshkor etmagan amerikalik manbaga tayanib Reuters xabar qilgan. Muzokaralar ishtirokchilarida kuzatilgan belgilar zaharlanishga emas, balki ekologik faktorga bog‘liq bo‘lishi mumkin, degan u. Biroq AQSH vakili gap qaysi ekologik omil haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

    Zaharlanish haqida birinchi bo‘lib “Agentstvo” jurnalistlari xabar qilgan, lekin ular faqat Rustem Umerovning zaharlanganini bildirgan. Jurnalistlar axboroti bo‘yicha hodisa Kiyevda yuz bergan. “Agentstvo” Umerovning holati qoniqarli ekanligi haqida yozgan. Umerovning o‘zi esa zaharlanish haqidagi xabarlarni inkor etib, tekshirilmagan axborotlarga ishonmaslikka chaqirgan. “Menda hech qanday muammo yo‘q. “Tushlikkacha Sovet gazetalarini o‘qimang!”, — deya Facebook’da kinoyali post qoldirgan Umerov.

    Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

    29.03.2022, 10:27   Izoh (0)   27657
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Checheniston hukumati Ramzan Qodirov general-leytenant harbiy unvonini olganini xabar qildi

    29.03.2022, 08:26

    Yevrokomissiya Rossiyada davlat boshqaruvi YI vakolati doirasidagi masala emasligini ma’lum qildi

    29.03.2022, 08:10

    13 million aholi Ukrainadan keta olmayapti — BMT

    28.03.2022, 23:48

    “Katta yettilik” davlatlari Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘lashni rad etdi

    28.03.2022, 22:59

    Shanxayda koronavirus sabab so‘nggi ikki yildagi eng yirik lokdaun joriy qilindi

    28.03.2022, 20:21

    Fitch Rossiya suveren kredit reytingini bekor qildi. Bu nimani anglatadi?

    28.03.2022, 20:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “To‘liq taftish o‘tkazilishi zarur”. Ekovazirlik Murod Nazarov fikrlariga keskin munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 16:41

    “Real” jamoaning 4 nafar a’zosi kelajagini muhokama qilmoqda

    Sport | 19 iyul, 16:40

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.