KONKAKAF mintaqasida futbol bo‘yicha JCh—2022 saralashi doirasida o‘yinda Kanada Toshkent vaqti bilan 28-mart, dushanba tongida Yamayka bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Kayl Larin hisobni ochdi. 44-daqiqada Tajon Buchanan kanadaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Devid Hoylet hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 88-daqiqada Adrian Mariappa avtogol urib, mezbonlarning 4:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.
Shu tariqa Jon Herdman shogirdlari saralash bosqichi yakunlanishiga 1 tur qolganda mundial yo‘llanmasini hal qildi. Kanadaliklar hisobida 13 turdan so‘ng 28 ochko mavjud. “Qizillar” 36 yil deganda ilk bor Jahon Chempionatiga yo‘l oldi. Bu ularning nufuzli musobaqadagi ikkinchi ishtiroki bo‘ladi, Kanada ilk bor 1986-yilda bo‘lib o‘tgan mundialda qatnashgan edi.
Kanadalik bo‘lgan “Bavariya” futbolchisi Alfonso Devis jarohati sabab uchrashuvni o‘tkazib yuborgan. Devis milliy terma jamoa libosida o‘yinni internet orqali tomosha qildi va hakam hushtagi chalinganidan so‘ng yig‘lab yubordi.
JCh—2022 saralashi, KONKAKAF
13-tur bahslari
28-mart, dushanba
Izoh (0)