• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    “Biz tuzalib bo‘lganmiz. Nima, butun umr shu kasallik tamg‘asi sabab boshimiz egik yuradimi?” — silga chalinib, uni yenggan o‘zbekistonliklar bilan suhbat

    2020-yil dunyo bo‘yicha 10 million kishi sil bilan kasallangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, sil o‘lim xavfi bo‘yicha Covid-19 dan keyingi ikkinchi yuqumli kasallikdir.

    Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2021-yilda sil bilan kasallanish har yuz ming aholiga nisbatan 35,5 nafarni tashkil qilgan. O‘lim holati esa har yuz ming aholiga nisbatan bir nafar sil bilan kasallangan odamda qayd etilgan. O‘zi uchun makon-u zamon, yosh-u jins tanlamaydigan sil — davosiz emas. 24-mart esa Butunjahon silga qarshi kurashish kuni.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Silga chalinib, uni yenga olgan qahramonlarimizning biri qashqadaryolik bo‘lsa, boshqasi Jizzaxdan. Yana birovi Namanganda yashaydi. Tashxisi deyarli bir — ishtahaning yo‘qolishi, qattiq terlash, tinimsiz yo‘tal bo‘lgan bu vatandoshlarimizning hech biri silga aynan nima sababdan chalinganini bilmaydi.

    Biri mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘larining qo‘lini bigiz qilib ko‘rsatishi, o‘zini olib qochib, hatto nevaralariga ham “anavining bobosi sil bo‘lgan, u bilan o‘ynama” deb uqtirishlaridan qo‘rqib, sil bo‘lganini hamon yashirib keladi. Boshqasi bo‘lsa, sir tutishdan qiynalaverib aytgan-qo‘ygan. “Eshitgan quloq ko‘nikadi. Jamiyat moslashishni xohlamasa, o‘zimiz ko‘niktirishimiz kerak”, — deydi u.

    Ular sil dispanseridan tuzalmagan kasalni chiqarishmasligi, odamlarning hadeb qo‘rqaverishi asossiz ekanini ta’kidlashadi. Hatto jamiyatdagi qo‘rquv va diskriminatsiyadan bezib, kasallikning sil nomi o‘zgarishini xohlashlarini aytishadi. Suhbatdoshlar ismini oshkor qilishni xohlamagani sabab tahririyat ularga shartli nom berishga qaror qildi.

    Shermat Berdiyev, 60 yosh. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    “Terapevtning chala tahliliga ishonsam, ahvolim bundan yomon bo‘lishi aniq edi”

    2014-yili 53 yoshimda silga chalindim. Eshitdim-u, tushuntirib bo‘lmas darajada vahimaga tushganman. Shunchalik dahshatli kasallikki, umrimning oxiriga yetib keldim, deb o‘ylagandim.

    Nima sababdan sil bo‘lganim noma’lum. Avval ishtaham yo‘qoldi. Yog‘li ovqatni ko‘rsam, ko‘nglim behuzur bo‘lib, yonida o‘tirolmay qoldim. Biror narsa yeyishimni so‘ragan yaqinlarimni siltab tashlar, yegim kelmayaptimi, yemayman deb oyoq tirab, kamiga ulardan xafa ham bo‘lardim.

    Keyin yo‘talib, isitmam chiqa boshladi. Terapevtga bordim. Shamollagansiz deb, dorilar yozib berdi. O‘n kuncha muolaja oldim. Hammasi kuchaysa kuchaydiki, hech yaxshilanmadi. Tana haroratim hushdan ketadigan darajada ko‘tarilib ketardi. O‘tirishning iloji yo‘q, yotib ko‘zim uyquga ketdi deguncha, butun tanam suv bo‘lib terlar, holsizlanib, boshimni ko‘tarolmay qolardim.

    Asabiylashganimdan jizzaki bo‘lib, hech kimni ko‘rishni xohlamas, yonimdan chiqib ketishlarini talab qilardim. Oxiri bo‘lmaydiganga o‘xshadi. Terapevtga qayta bordim. Tekshirib, bu gal ham ukol-dori yozayotgandi, do‘xtir rentgenga tushib kelay-chi, yo‘talim yomonligidan bir narsa bo‘lganga o‘xshaydi dedim-da, xonadan chiqdim.

    Rentgen tahlillarni olib kelsam, birdan rangi o‘zgarib ketdi. Hech narsa demay, viloyat sil kasalliklari dispanseriga jo‘natdi. U yerdagilar tekshirib, sil tashxisini qo‘yishdi. Ancha o‘tkazib yuborganim, o‘sha zahotiyoq dispanserga yotishim shartligini aytishdi.

    “Dispanser va dorilar. Sildan bularsiz davolanib bo‘lmas ekan”

    Sil dispanserini juda yopiq hudud deb o‘ylardim. Vrachlarga sharoitim yetarliligini aytib, uyda davolanmoqchiligimni bildirdim. Uyda qolsam, ahvolim battar og‘irlashib, kamiga yaqinlarimni ham xavf ostiga qo‘yishimni bilgach, ko‘na qoldim.

    O‘sha kunlar jag‘i-jag‘iga kirib, ozib-to‘zib ketgan odamlarni ko‘rib men ham ular kabi bo‘lamanmi, degan vahima bosdi. Bu yerda uch oy yotishni tasavvur qilishim bilan yuragim orqaga tortardi. Vaqt o‘tib, ko‘nikdim, fikrim ham o‘zgardi.

    Aynan shu qismatdoshlarim kuch berdi menga. Bir kuni qo‘shni palatadagi kelinchakning ahvoli og‘irlashib qoldi. Do‘xtirlar shosha-pisha harakat qilib, arang saqlab qolishdi. Hushiga kelganda ko‘rishga kirdik. Nima bo‘ldi desam, o‘lib qolay dedim, amaki deb kulib turibdi. Hech narsani yo‘qotishdan qo‘rqmaydigan, ostonada turgan o‘limni ham kulib qarshi oladigan odamlar edi bari.

    Kasalxonaga yotish, ovqat, dorilar-u, muolajalarning barchasi tekin edi. Ukol yoki tomchi qo‘yishmadi hisob. Asosan dorilar bilan davolandim. Boshida aksar bemorlar menga faqat dori berarkan, uyimda ham ichaverardim, quruqdan quruq kunimni o‘tkazish uchun kasalxonaga yotqizishyapti, deb o‘ylashadi. Dorilar qanchalik muhimligini do‘xtirlar tushuntirishga harakat qilmasin, ko‘plar ichmas yoki ikki kun ichib, qolgan uch kunligini tashlab yuborardi.

    To‘g‘ri, har kuni besh-oltitadan tabletkani oylab ichish bir odamga og‘irlik qiladi. Hatto ko‘rsa, ko‘ngli ayniydigan darajaga yetib boradi. Oshqozon, jigar, yurak kabi ichki organlarga ta’sir etmay qolmasligi ham bor gap. Ammo sildan davolanayotgan inson dorilarsiz tuzalmasligi ham aniq.

    Shunday maqola o‘qib qolgandim. AQSHda silga chalingan bir kishi avtomobil o‘g‘irlab qochadi. Ortidan politsiya izma-iz quvib borishiga qaramay, dori ichish vaqti bo‘lganda mashinani dispanserning oldiga to‘xtatib, tabletkalarini ichib, yana qochishda davom etadi. Bemorga dori ichish muhimligi shu qadar singdirilganki, o‘g‘riligi sabab qo‘lga tushishi mumkin bo‘lsa-da, uni ichishni unutmaydi.

    Vaqt juda sekin o‘tdi. Doim ishlab, mehnatda yurgan odam emasmanmi, osmonga qarab yotish azobdek tuyulardi. Berilgan dorilarni bitta ham qoldirmay ichib, vrachlar nima tavsiya qilgan bo‘lsa barini qilib yurdim. Uchinchi oy oxirlay deb qolganda qayta-qayta tahlillar olishdi, tekshiruvlardan o‘tkazishdi. Nihoyat tuzaldi tashxisi bilan uyimga javob bo‘ldi.

    Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 1-son tuman ftiziatriya dispanseri bosh shifokori Shahlo Mirxoliqova dorilarni muntazam ichmaslik silning surunkali shaklini paydo qilishini ta’kidladi: “Agar dori vositalari nomuntazam, uzilishlar bilan qabul qilinsa, silning turg‘un va surunkali shakli rivojlanadi. Bunday silni davolash esa juda murakkab. Kamida 18-24 oy davom etadi. Shuning uchun sil bilan kasallangan bemorlar, ularning qarindoshlari va barcha turdagi tibbiyot xodimlari silni davolashda uzilishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bilishlari shart”.

    “Voz kechishsa, kecha qolishsin. Kasalligimdan uyalmayman…”

    Kasallik aniqlanishi bilan uyimizni dezinfeksiya qilishgandi. Sil bo‘lganimni qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘y bilishini xohlamadim. Odamlar qo‘li bilan bigiz qilib ko‘rsatishi, tuzalib chiqqanimda ham yonimdan xavfsirab o‘tishlarini istamasdim.

    Ammo davolanishning ilk o‘n kunligi ko‘p narsani o‘ylab, mulohaza qilishga majburladi. Dardni Parvardigor bergan bo‘lsa, nega bandalaridan uyalishim, qimtinib yurishim kerak? Agar shu bilan mendan uzoqlashadigan yoki rishtalarni uzadigan bo‘lishsa, mayli bilganlarini qilishsin, dedim. O‘g‘il-qizlarim, ayolimga meni so‘raganlarga sil bo‘lganim va kasalxonada ekanimni aytishlarini bildirdim.

    Ammo noto‘g‘ri o‘ylagan ekanman. Shuncha vaqt o‘tibdiki, hech bir o‘zgargan munosabatni ko‘rmadim. Borimcha qabul qilishadi, dalda kerak bo‘lganda qo‘llashadi. Oila a’zolarim ayab, hatto bu mavzudan gap boshlashmaydi ham.

    O‘ylashimcha, silga chalingan har bir odamning o‘zi qadam tashlashi kerak. Mana, meni ajratishadi deb o‘ylagandim, unaqa bo‘lmadi-ku. Yashiraverib o‘zimizni qiynaganimiz, kimdir bilib qolmasmikan degan tahlikada yurak hovuchlab yurishimizga to‘g‘ri kelaveradi. Jamiyat moslashishni xohlamasa, o‘zimiz ko‘niktirishimiz kerak.

    “Ko‘rsatmalarga amal qilmay, o‘zimni asramaganim uchun qayta kasallandim”

    Shifoxonadan chiqqach, uyda ichish uchun to‘rt oylik dorilar yozib berishdi. Ular buyurtma asosida o‘zim ro‘yxatda turadigan poliklinikaga kelar va o‘sha yerdan borib olardim. Shukrki, tekin edi.

    Bir yilga yaqin tetik yashadim. Keyin birdan yo‘talib, yana holsizlana boshladim. Alomatlarni oldingiga o‘xshatib, yana dispanserga chopdim. Tekshiruvlar tanamda sil tanachalari qayta paydo bo‘lganini isbotladi. Vrachlar o‘sha zahoti kasalxonaga yotqizishdi.

    Sildan tuzalgan odam olti oy, bir yil o‘zini hamma narsadan asrashi kerak ekan. Buni aytishgan bo‘lsa ham, shifoxona eshigidan chiqqach, unutib yuboribman. Qorni qor demay, yomg‘irni mensimay, jazirama issiqlarda ham kasallik ortda qoldi deb yuraveribman.

    Muolaja-yu, dori-darmon avvalgisi bilan bir xil edi. Ikki oy deganda javob berishdi. Biroq yana qandaydir nojo‘ya harakat qilsam yoki aytilgan dorilarni vaqtida ichmasam va kasallik qaytalanib qolsa, o‘pkamning yarmini olib tashlashlarini aytishdi.

    Ftiziatr Mirxoliqovaning aytishicha, sil nasldan naslga o‘tmaydi. “Sil bakteriyalari havo tomchi yo‘li orqali yuqadi va organizmda ko‘payadi. Bunda sil uchun xos bo‘lgan yallig‘lanish paydo bo‘ladi. So‘ng o‘pka to‘qimasi yemiriladi. Kovak deb nomlanuvchi bo‘shliqlar shakllanadi.

    Ularning ichida millionlab sil bakteriyalari mavjud bo‘ladi. Yo‘talganda, aksa urganda, gaplashganda bakteriyalar atrofdagi havoga ajralib chiqishi va ko‘p vaqt davomida mavjud bo‘lishi mumkin. Agar silning yuqumli shakli bilan og‘rigan bemor uzoq vaqt yopiq xonada qolsa, bakteriyalar shunchalik ko‘payib ketadiki, ular bilan atrofdagi boshqa insonlar ham nafas olishni boshlaydi”, — deydi u.

    Sil bakteriyalarining havo tomchi yo‘li orqali yuqishi

    Sil bakteriyalarining havo tomchi yo‘li orqali yuqishi
    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Uyga qaytganimda hech narsa bezovta qilmadi. Ammo bir oylar o‘tgach, nafas olishda qiynala boshladim. Vrachim “Xudo xayringizni bersin, amaki. Xohlasangiz, kasalxonaning o‘zida, xohlasangiz uyingizda bir oy hech ish qilmay yuring. Imkon qadar yotib uxlang, dam oling”, deb qattiq ogohlantirdi. Harakatchanligim, bir yerda o‘tirmay hadeb g‘imirlayverishim yana pand berishiga sal qoldi.

    Aytganini qildim. Bir oy hech qayerga chiqmasdan yotdim. Ikki oylar o‘tib vrachlar chaqiruviga ko‘ra sil kasalliklari dispanseriga bordim. Komissiya tekshirib, har qish va bahorda borib ko‘rinishimni bo‘ynimga ildi. Agar ehtiyoj bo‘lsa, yana yotib davolanishimni aytishdi.

    Shu paytgacha taxminan sakkiz martacha dispanserda yotdim. Aslida har qanday kasallikning ham birinchi martasida vahima bosarkan. Keyinchalik ko‘nikarkansiz. Hech og‘rinmasdan, tabiiy qabul qilaman. O‘zimning yashashim, bu dunyodan yana nafas olishim uchun-ku hammasi.

    “Ayol-qizlar sildan butunlay sog‘aysa ham, aziyat chekaveradi”

    Dispanserdan chiqqandan keyin uch oy davomida uxlagingiz kelganda uxlab, dam olgingiz kelsa, dam olishingiz, qat’iy rejimda o‘zingizni asrashingiz kerak. Men-ku erkak kishiman. O‘zimga xon, o‘zimga bek bo‘lib xohlaganimni qildim. Kuzatuvlarimdan shu xulosaga keldimki, sil bo‘lgan ayollarga qiyin. Ular tuzalgandan keyin ham aziyat chekadigan asosiy qatlam hisoblanadi.

    Ikkita holatdan ko‘nglim qattiq og‘rigan. 19 yashar fotihali bir qiz dispanserga yotqizildi. Besh kun o‘tar-o‘tmas, amaki-yu ammalari kelib, qizni olib ketish uchun shifoxonani boshiga ko‘tarishdi. Quda tomon shu yerga yotganini bilsa, to‘yni buzadi deb turib olishgandi. Xo‘p, qizning kasalini yashirib, turmushga ham berishar. Hozirgi holatida qabul qilmagan kuyov keyin ko‘narmidi? Shartta ajrashadi-qo‘yadi. O‘rtada dilbandlarining ahvoli bundan-da og‘irlashgani, joni azob chekkani qoladi-ku.

    Keyin yana bir kelinchak yotdi. 25 kun o‘tar-o‘tmas qaynonasi kelib, chiqmasang, o‘g‘limga boshqa xotin olib beraman, deb turib olgandi. Baraka topgurlar, davolanmasdan qanday chiqadi? Yosh joniga azob berish shartmi? Yanayam yuqumli bo‘lsa. Ertaga o‘zingizga yuqib qolsa, ungayam shu bechoralarni aybdor sanaysiz axir.

    Ma’lumot o‘rnida:Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga ko‘ra, 2021-yilda silga chalingan bemorlarning 53,8 foizini erkaklar, 46,2 foizini ayollar tashkil qilgan.

    Kasalxonaga amallab yotib, davolanib chiqqan ayolni navbatda ham turli qiyinchiliklar, ta’na-dashnomlar kutib turmaydi, deb ham ayta olmaysiz. Osh-ovqat, kir-chir, bola-chaqa deydi. Qishloqda yashasa, sovuq havo-yu, suvdan xohlaganda ham o‘zini tiyolmaydi. Aynan silga chalingan ayol-qizlarning yaqinlaridan ko‘proq keng fe’llilik, muloyimlik va sabr talab etiladi. Albatta, yarim-bir yilda sog‘lig‘ini to‘la tiklab olgach, hammasi iziga tushib ketadi. Qolaversa, Yaratgan ham bu sabrning ajrini ziyodasi bilan beradi.

    “Sil — turmush qurish, bolalar-u nevaralar bilan o‘ynash, kasb-kor qilishga to‘siq qo‘yadigan dard emas”

    Silni davosiz deb hisoblardim. Boshimdan o‘tgandan keyin bildimki, odatiy kasalliklar kabi kurashib yashash kerak ekan. Belida churrasi bor odam dori-darmon qilib, og‘riqlar bilan kurashib yashaydi. Sil ham shundan farq qilmaydi. Kasallanganimga yetti yil bo‘libdi, xuddi avvalgidek yuribman. Ayniqsa, yoshlarda buni yengish hech qanday muammo tug‘dirmaydi.

    Faqat yuqumliligi bor. Kimdadir alomatlar sezilsa, atrofdagilarning salomatligi uchun ham borib ko‘rinishi, agar sil tasdiqlansa, shifoxonaga yotaverishi kerak. Sharoitlari yomon emas, uyaladigan joyi ham yo‘q. Qachongacha kasalligimiz yoki nuqsonimiz sabab bir-birimizdan xijolat chekib, aybdordek yashashimiz kerak? Odamlarning bizning kasalimizdan ham boshqa tashvishi ko‘p, deb o‘ylayman. Bir gapirar, ikki gapirar, uchinchi marta esidan ham chiqib ketadi.

    Qolaversa, silga chalingan odamdan hadeb hayiqish, qo‘rqish ham asossiz. Sil dispanseridan tuzalmagan odamni chiqarib yuborishmaydi. Chet eldan keltirilgan kuchli texnikalar yordamida tekshirib, tahlillar olinadi, ishonch komil bo‘lgandagina, ruxsat tegadi.

    Kasb-korni qilish, turmush qurish, turmushga chiqish, bolalar-u nevaralar bilan o‘ynashga ham to‘siq qo‘yadigan dard emas. Axir sildan-da yuqumli koronavirus bilan yashashga o‘rgandik-ku.

    Faqat qoidalarga amal qilinmasa, o‘zini asramasa, qaytalanishi mumkin. Aslida 30 yoshdan oshgan har bir insonda sil tanachalari bo‘ladi. Immunitet tushib ketishi bilan tanachalar jonlanishni boshlaydi.

    “Silning alomatlari: yo‘tal, quvvatsizlik, 37-37,5 darajagacha tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘p terlash, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar, ishtahaning yo‘qolishi, vaznni yo‘qotish, charchash. Odamlar bu alomatlarga ko‘pincha e’tiborsiz bo‘lib, tibbiy yordamga murojaat qilmaydilar. Yoki o‘zlarini o‘zlari davolashadi. Keyinchalik barcha belgilar kuchayib, ularga qon tuflash qo‘shilishi mumkin. Yo‘tal sil kasalligining eng ajralib turuvchi alomatidir. Agar kimdadir ikki haftadan ortiq davom etayotgan bo‘lsa, sil kasalligiga gumon qilinib, tekshiruvdan o‘tishi kerak”, — deydi shifokor Mirxoliqova.

    Lola Shukurova, 31 yosh. Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    “Talabaligimda och yurardim. Immunitetim tushib, silni yuqtirib olibman”

    2009-yil dard bilan keldi. Institutning 2-kursida o‘qir, ota-onamdan uzoqda, ijarada yashardim. Qishda uyimizning isitish tizimi ba’zan ishlamay qolar, xonalari sovib ketardi. Bir kuni yuvinib, sochimni yuvib chiqdim-da, sovuqligini ham payqamay, uxlab qolibman. Uyg‘onsam, isitmam chiqib yotibdi. O‘sha kundan boshlab deyarli butun yanvar davomida tana haroratim tushmadi.

    Bu paytda sessiyalar ham boshlangan, “otrabotka”larni topshirishim, imtihonlardan o‘tishim kerak edi. Darsga bormaslikning iloji yo‘q. Oddiy ampitsillin dorisini ichib, o‘tib ketar deb yuraverdim. O‘tmadi. Doimiy terlash va yo‘tal ham qo‘shildi. Issiq kiyimlarimni yechsam, jiqqa ho‘l bo‘lardi. Yo‘talim qolar deb, tomog‘imni tuzli suvga g‘arg‘ara qilsam ham, kor qilmadi. Boshim yostiqqa tegdi deguncha varaja qilar, qanchalik o‘ranmay, sovqotaverardim. Kamiga ishtaham bo‘lmay, hech narsa yeyolmay qoldim.

    Holsizlikdan oyoqlari kishanlangan odamdek og‘ir qadam tashlardim. Oddiy ko‘rpa-to‘shagimni yig‘olmas, o‘qishda zinalardan chiqolmay qolardim. 70 kilogrammli do‘mboq qiz shu bir oyning ichida 56 kilo bo‘lib qolgandim.

    Imtihonlar tugab, uydagilarni ko‘rish uchun qishloqqa bordim. O‘sha kecha shu darajada kuchsizlanib ketdimki, o‘rnimga bir yotgancha turolmadim. Shunda tobim yo‘qligini ota-onamga aytdim. Tekshirtirsak, sil aniqlandi. Eshitib vahimaga tushdik. Talaba bo‘lganim uchun ota-onamning hamma xarajatlarimga imkoni yetmas, ko‘pincha ovqatlanmasdan, och yurardim. Shuning ortidan immunitetim tushib, silni kimdandir yuqtirib olgan ekanman.

    Shifokor Mirxoliqovaga ko‘ra, oddiy bakteriyaga ko‘payish uchun 30 daqiqa zarur bo‘lsa, sil (kox) tayoqchasi 15 soatdan 18 soatgacha ko‘payadi. Bu uning tekshirilish vaqtini sezilarli darajada uzaytiradi. Silning mikobakteriyasi eng ekstremal sharoitlarda, issiqda ham, sovuq-u qorda ham omon qoladi. Yorug‘lik va namlikka, ko‘pgina kimyoviy moddalarga bardoshlidir.

    “O‘ziga to‘q ayollarni dispanserda ko‘rib hayron qolganman”

    Ikki oy dispanserda qimirlamay davolandim. Boshida kunora qattiq yo‘talib, qon tupurib qolardim. Dori va muolajalar ta’sir ko‘rsatib, bu holat keyinchalik qolib ketdi. O‘pkamda suv ham to‘plangan ekan. Surxondaryolik O‘ktam aka degan vrach ikkinchi yoki uchinchi kunda operatsiya bilan suvni olib tashlagandi. Ahvolim yaxshilana boshladi. Ishtaham ochilib, oldimda nima bo‘lsa, yerdim.

    To‘g‘ri, ikki oy kasalxonada yotish uchun uzoq vaqt. G‘am-g‘ussaga botish ham mumkin. Lekin atrofimda hamma o‘zimga o‘xshagan odamlar bilan kasalligim ham esdan chiqib ketgandi. Hangoma qilib, kun qanday tugaganini bilmay qolardim.

    O‘ziga to‘q oilalarning ayollarini sil dispanserida ko‘rib, hayron qolganman. Ularda yo‘qchilik bo‘lmasa, qorni doim to‘q yursa, qanday silga chalingan ekan, deb o‘ylardim. Oyoq siliga chalingan bir qiz bor edi. U bilan dugona bo‘lib qolgandik. Umuman joyidan turolmas, ayasi olib yotardi. Juda bir farishtali, chiroyli qiz edi. O‘shandan beri u kabi nurli qizni uchratmadim. Talabalik paytida beton xonadan nam o‘tkazib, silga chalingan ekan. Judayam kichkina bo‘lib ketgandi. Uni haligacha ko‘p eslayman. Tuzalib ketdimikan, deb o‘ylayman.

    Sil yuqumli bo‘lsa ham, ichkarida bir-birimiz bilan bemalol gaplashib yuraverardik. Faqat shifokorlar niqob taqib olardi. Yuqib qolmasin deb, qandaydir ortiqcha harakat qilganini yoki jirkanganini ko‘rmaganman. Ota-onam ko‘rishga kelganlarida hammamiz niqobda bo‘lardik.

    Chiqib ketayotganimda shifokorlar qattiq gripp bo‘lmasligim kerakligini tayinlashgan. Xudoga shukrki, silga qayta chalinmadim. O‘zimda biror shamollash alomati sezilsa, darrov ko‘rinib, ukol-dori qilaman. Ko‘p terlayapman, varaja qilyapman degan odamlarni ko‘rsam, voy, silning boshlanishi shunaqa bo‘lardi deb o‘ylab qolaman.

    “Shifokorlar bemorlarni tekshirish jarayonida respirator taqadi. Bemor qabulidan keyin xona havosi almashtiriladi. Dezinfeksiya eritmalari bilan bir kunda uch-to‘rt mahal yuviladi”, — deydi Shahlo Mirxoliqova.

    “Sessiyani besh bahoga yopaman deb, kasallikni o‘tkazib yuboribman”

    Sil bo‘lganimni hammadan yashirganmiz. Uydagilar sir saqlash kerak, deyishgani uchun kursdoshlarimga ham boshqa bir kasallik bilan betob bo‘lganimni aytganman. Tanishlarimiz ko‘rishga boramiz, qayerda yotibdi deb ko‘p so‘rashgan, uyimizga ham borishgan. Onam u Jizzaxda emas, Toshkentda yotibdi deb qo‘ya qolganlar. Meni ko‘rishga kelaversalar qo‘shnilar, taksichilar hadeb qayerga borasiz, deb so‘rasharkan. Ular bo‘lsa, ishim bor-da deb, tez ketib qolarkanlar.

    Muolajalar tekin edi. Faqatgina ikkita qimmatroq dorini o‘zimiz sotib olardik. Har kuni kasalxonaga qatnagan onamning yo‘l xarajatlarining o‘ziga ancha pul ketib qolgan. Bir tarafda men, boshqa tomonda dadam oshqozon kasalligi bilan yotib qolgandilar. Dard qo‘sha kelganidan o‘sha paytlari moliyaviy qiynalib qolgandik.

    Sessiyani beshga yopaman deb kasallikni o‘tkazib yuborgan edim. O‘sha semestrim beshga yopilibdi. Avval hech nasib qilmagan edi. 88 ming so‘m stipendiya olganman. Onam mana stipendiyang, deb kasalxonaga olib kelardilar.

    Silga chalinib, hayotimda nimanidir yo‘qotmadim. Turmushga chiqdim, farzandim ham bor.

    Shifokor Mirxoliqovaning tajribasida turmush qurish arafasidagi juftliklarning ham sil bilan kasallanish holati kuzatilib turadi: “Nikohdan o‘tayotganda yoshlardan birortasida sil aniqlansa, ikkisiga ham ochiq-oydin aytiladi. Yaqinda bir juftlik qabulimizga keldi. Ulardan birida sil aniqlangan edi. Ikkisiga sekin-asta silning qanday kasallik ekani, davolash mumkinligini tushuntirdik. Bemor yotib davolandi. Sog‘aygach, to‘ylari ham bo‘ldi. Hozir ikkisi ham nazoratimizda turadi. Ahvoli yaxshi”, — deydi u.

    Xolmurod Haqnazarov, 64 yosh. Namangan shahridan

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Hozirgi zamonda oylab uyda bo‘lmasangiz ham, yo‘qligingiz bilinmas ekan

    60 yoshimda sil bilan kasallandim. 2018-yili dispanserda yotib, davolanib chiqdim. Hammasi yo‘taldan boshlandi. Bir haftadan ortiq dorilar ichib yurdim, o‘zimni sovuqdan asradim, qolmadi. Ishtaham yo‘qolgan, ko‘nglim hech ovqatni tusamasdi. Ko‘rinish uchun poliklinikaga bordim. O‘pkamni rentgenga tushirishdi.

    Hech ishongim kelmasdi. Baquvvat odam edim-da. Avvallari xastalanmagan, hatto boshim og‘rimas, dori-darmonlar ham mendan yiroq edi. Nega sil bo‘lganimning aniq sababi ham yo‘q. Shifokorlar o‘zingiz bilmagan holda kimdandir yuqtirib olgansiz, degan taxminni aytishdi.

    Silga chalinganim haqidagi xabar oilamdan tashqariga chiqmadi. Aytmaslikni o‘zimiz ma’qul topdik. Hozirgi zamonda oylab uyda bo‘lmasangiz ham, yo‘qligingiz bilinmay qolarkan. So‘rashganda xizmat safariga ketganlar, deb qo‘yishibdi. Oila a’zolarimning hammasini tekshiruvdan o‘tkazishdi. Uyimizni dezinfeksiyalashdi. Shukrki, boshqa hech kimdan chiqmadi.

    O‘sha zahotiyoq sil kasalliklari shifoxonasiga yotqizishdi. Bir yarim oylarda ahvolim ancha yaxshilandi. Har kuni tahlillar olib, o‘zgarishlarni kuzatib borishdi. 56 kunda javob bo‘ldi. Faqat yana to‘rt oy dori ichishim shartligini, bu dorilarni ham poliklinikadan tekinga olishimni aytishdi.

    Uyga borgach xonamni ham, idish-tovoqlarimni ham alohida qildim. Dispanserda sog‘lom tashxisini qo‘yishganiga qaramay, yaqinlarimni ko‘zim qiymadi. Dorilarni vaqtida ichib yuraverdim.

    Shahlo Mirxoliqova bemorlar ma’lumotlari shifokorlar tomonidan ham sir saqlanishini aytib, sababini mentalitet va o‘zbekchilikka yo‘ydi: “Sil kasalligi aniqlangan bemorning oila a’zolari bundan xabardor qilinadi. Ular ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Sil kasalliklari dispanseri har bir bemor ro‘yxatda turgan poliklinika shifokoriga bu haqda ma’lumot beradi va buni ovoza qilmaslik to‘g‘risida ogohlantiradi. Mentalitetimizni bilasiz, jamiyatda ajratib qo‘yishlar bo‘lmasligi uchun”, — deydi u.

    “Kasallikning sil degan nomi o‘zgarsa edi...”

    Besh oylar o‘tib, birdan yo‘tala boshladim. O‘g‘lim xavotirlanib tekshiruvga olib bordi. Qo‘rqqanimiz bo‘libdi. Sil tayoqchalari o‘pkamda qaytadan paydo bo‘libdi. O‘g‘lim: “Dada, tezda yotishingiz kerak ekan, bunisi avvalgidan ham og‘irroq ekan”, dedi. Yana hech kimga sezdirmay yotdim. O‘zingizni urintirib qo‘ymang, deyishganiga qaramay, tuzaldim-ku deb, yer chopishmi, shag‘al yoyishmi, nima ish bo‘lsa, qilavergandim. O‘zimni asramaganimdan bo‘ldi hammasi.

    To‘liq ikki oy davolandim. 2019-yil yanvarda kasalxonadan chiqdim. Oldinda yana 24 oy dori ichishim kerak edi. 2021-yil noyabr oyida dorilarim tugadi. Shukr, o‘shandan beri hech narsa bezovta qilmaydi. Ammo ahvolingiz yaxshi bo‘lsa ham, aytilgan dorilarni vaqtida ichishingiz kerak ekan.

    Davolanib chiqqanimdan beri har oy oilam bilan birgalikda shifokor qabuliga boraman. Qon bosimlarimizni o‘lchashadi, balg‘am olishadi, qon tahlillari topshiramiz. Aslida shifokorlar chaqirmasa ham, boraveramiz. Salomatligimiz uchun bir oyda bir kunimizni tekshiruvga ajratsak, nima qilibdi?

    Sil o‘ylaganimdek davosiz emas ekan. Faqat nomi yomonroq-da. Odamlar eshitishi bilan o‘zini uzoq tutadi. Aynan shuning uchun ham haligacha hammadan sir tutaman. Kasallikning sil degan nomi o‘zgarishini xohlardim. Turli kamsitish, ajratib qo‘yishlar o‘zimdan ham ko‘ra bolalarim, nevaralarimga ta’sir qilishidan qo‘rqaman. Buning bobosi sil bo‘lgan, u bilan o‘ynama deb, nevaralarimni ajratishlari mumkin emas deb kim ayta oladi?

    JSST ma’lumotlariga ko‘ra, global miqyosda sil bilan kasallanish yiliga taxminan ikki foizga kamayib bormoqda. 2015—2020-yillar davomida umumiy qisqarish 11 foizni tashkil etgan. 2000—2020-yillar davomida sil kasalligini tashxislash va davolash orqali taxminan 66 million kishining hayoti saqlab qolingan.

    Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining taqdim etishicha, O‘zbekistonda sil bilan kasallanish 2006-yildan boshlab muntazam ravishda kamayib kelmoqda. 2021-yilda sil bilan kasallangan bemorlar soni 2019-yilga nisbatan 18,6 foiz, 2018-yilga nisbatan esa 16,7 foizga kamaygan.

    E’tibor qaratadigan jihati shundaki, ushbu ko‘rsatkich 2020-yilda aniqlangan bemorlar soniga nisbatan 9,6 foizga oshgan. Sabab sifatida 2020-yildagi karantin va niqob taqish tizimining joriy qilinishi sil kasalining yuqish xavfini kamaytirgani, 2021-yilda sil aniqlangan bemorlarning aksari Covid-19 ga chalinib, immuniteti pasaygan odamlar ekani ko‘rsatiladi.

    Demak, sil — nihoya emas. Biroq unga chalinishdan hech kim kafolatlanmagan. Shifokor Shahlo Mirxoliqova tavsiya qilganidek: “Ovqatlanish, mehnat, dam olish tartibiga o‘z vaqtida rioya etish, chekish va alkogoldan uzoqroq yurib, ko‘proq toza havoda bo‘lish, xona tozaligiga e’tibor berish, shaxsiy idishlardan, gigiyena vositalaridan to‘g‘ri foydalanish o‘zimiz va atrofdagilarimizni sil bilan kasallanishdan saqlashi mumkin”.

    28.03.2022, 19:56   Izoh (0)   56580
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiya bosh vaziri Samarqandga keladi

    O‘zbekiston | 26 may, 09:55

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

    Reklama | 26 may, 09:00

    Isroilning G‘azodagi maktabga hujumida 25 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 26 may, 09:49

    BAA O‘zbekiston va Qirg‘izistonga qarshi bahs uchun qaydnomasini ma’lum qildi (foto)

    Sport | 26 may, 09:39

    Toshkentda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik bo‘yicha 20 dan ortiq kelishuvlar imzolandi

    O‘zbekiston | 26 may, 09:27

    Kilian Mbappe “Oltin butsa” sovriniga ega chiqdi

    Sport | 26 may, 09:22

    Talabalarni birlashtirgan mega-loyiha

    O‘zbekiston | 26 may, 09:21

    Putindan intervyu olgan, Nyu York kanalizatsiyasini tozalagan: supermodel Naomi Kempbell haqida kutilmagan ma’lumotlar

    Shou-biznes | 26 may, 09:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.