• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda 2018-yilda operatsiya qilingan bemorning bir buyragi olib tashlangan. Bemor shifokor uning buyragini sotgan degan gumonda yashamoqda

    Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro Umidullo Karimov 2018-yil buyrakda tuz yig‘ilishidan shikoyat qilib, shifoxonaga murojaat qildi. Bemor operatsiyaga muhtoj bo‘lgani bois, u operatsiya qilindi va operatsiya davomida uning bir buyragi olib tashlandi. Bemor esa voqeadan xabar topgach, shifokor buyragimni sotib, pullagan degan gumonda yashamoqda.

    Umidullo Karimov.

    Umidullo Karimov.
    Foto: “Daryo”

    “2018-yilning noyabr oyida Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasidan order olib, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga davolanishga bordim. Shifoxonada to‘rt kun ketma-ket uch mahaldan qon analizi olishdi. Xonada to‘rt kishi birga yotardik. Yonimdagi sheriklarim nega ular mendan ko‘p qon olishayotgani bilan qiziqdi. Men esa ularga hazil qilib donorman dedim. Beshinchi kuni esa operatsiya qilishlarini aytib, vaqtini belgilashdi. Shunda doktorga operatsiya uchun mablag‘im yo‘qligini, davolanishga ‘order’ bilan kelganimni aytdim. Ertasi kuni boshqa bir doktor kelib, barcha xarajatlarni o‘zi qoplashini aytib, operatsiyaga ko‘ndirdi. Shundan keyin, 2018-yil 17-noyabr kuni operatsiya o‘tdi. Uch kun jonlantirish bo‘limida va yana uch kun palatada yotganman. Shu kunlar oralig‘ida meni operatsiyaga ko‘ndirgan shifokor yonimga kelib, hol-ahvol so‘rab turdi. Keyin ko‘p o‘tmay, menga ruxsat berishdi. Hattoki menga ‘vipuska’ ham berilmadi”, — deydi Umidillo Komilov.

    Komilovning aytishicha, operatsiyadan olti oy o‘tib, salomatligi yana yomonlashgani bois UZIga tushgan. Shundan so‘ng bir buyragi yo‘qligini bilgan.

    “Ikki marta UZI apparatiga tushdim. Ikkalasida ham bir buyragim yo‘qligini aytishdi. Shundan so‘ng shifoxonaga bordim. U yerda Marat ismli vrach bilan kasallik tariximni topdik va bosh shifokorga olib kirdik. Bosh vrach Saidali Umarovni chaqirtirdi. Saidali aka kirgach kasallik tariximni uning oldiga otib, ‘bu nima qilganing, ikkinchi marotaba-ku. Birinchisida seni zo‘rg‘a olib qolgandim, endi o‘zing hal qilasan’, dedi. Suhbatdan keyin yuristni chaqirib, qanday ariza yozishimni tushuntirib berishini aytdi.

    Bosh shifokorning aytishicha, kasallik tariximda 17-noyabr kunga operatsiya qilinishi belgilangan, lekin u qanday operatsiya ekanligi yozilmagan. Operatsiya jarayoni ham yozilmagan. Yurist mendan operatsiya jarayoni qanday o‘tganini so‘radi. O‘shanda yonimda bir nafar hamshira va bir nafar sanitarka bo‘lganligini aytdim. U esa nega vrach yo‘qligini surishtirmadingiz, deya savol berdi. Unga javoban ‘Axir operatsiya stolida yotgan bo‘lsam, qanday qilib buni so‘rayman?’ dedim. Shunda yurist ‘vrachlar boshqa binoda boshqa bemorni operatsiya uchun tayyorlashgan, ya’ni sizning buyragingizni olib unga parallel ravishda ko‘chirib o‘tkazishgan bo‘lishi mumkin’, dedi. Keyin ‘doktor hozir chiqqaningizdan keyin doktor pul taklif qilsa, oling dedi. Tilxat yozib berishingizni so‘rasa, yozib bering. Uni dalil bilan ushlaymiz, agar begunoh bo‘lsa sizga pul taklif qilmaydi. Gunohi bor bo‘lsa, pul beradi’, dedi, — deydi murojaatchi.

    Murojaatchining aytishicha, u ko‘chaga chiqqach Saidali Umarov unga ishni bosdi bosdi qilishi uchun 500 ming so‘m pul taklif qilgan. Murojaatchi esa pulni olib, tilxat yozib bergan.

    “Yozgan arizam bo‘yicha prokuraturaga berdik. Prokuratura tekshirdi. Sud ekspertizasiga berildi. Ekspertiza aniqlab, shifokorning xatolarini aytib berdi. Lekin ikki marta jinoyat alomatlari yo‘q, deb ishni yopib yuborishdi. Shahar prokuraturasida Oybek ismli tergovchi bor. U meni viloyat shifoxonasi oldiga chaqirdi. Shunda menga uch yuz ming so‘m pul berdi. ‘Umid aka mana bu pulni oling, pullik ishimiz boshlandi endi’, dedi. Bu pulni kim berayotgani va nega berayotganini so‘rasam ishim bo‘lmasligini aytib, telefon raqamlarini berdi. Keyin ‘Shunga telefon qilgan paytingiz sizga pul beraman’, dedi. Bu pulni viloyat prokuraturasiga olib kirdim. Ularga xodimlaring pul beryapti, nega bunday qilishganini tushuntirib berishlarini so‘radim. Bir yigit chiqib, ertasiga kelishimni aytdi. Ertasiga borsam men bilan gaplashgan yigit yo‘q, topa olmadim, telefoni ham o‘chiq ekan. Prokuraturadagilar kelishib olinglar, deyishdi. Keyin bizni tashqariga chiqarib yuborishdi. Tashqariga chiqqandan keyin doktor pul haqida gap ochdi.  Keyin unga 15 ming dollar berasan dedim, buni tan olaman. U ‘Bo‘ldi Umidjon ikki-uch kundan keyin telefonlashamiz’, dedi. Ikki-uch kundan keyin telefonlashganimizda qayerga borsang boraver, dedi. Undan keyin biror marta ham shifokorni pul so‘rab bezovta qilmaganman”,- deydi Umidillo Komilov.

    Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi urologiya bo‘limi shifokori, urolog Sayidali Umarovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, jarrohlik amaliyoti davomida bemor buyragidagi toshni olish vaqtida buyrakdan qon ketgan. Qonni to‘xtatishga harakat qilingan bo‘lsa-da, to‘xtamaganligi oqibatida bemorning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkinligi inobatga olinib, yaroqsiz holatga kelgan buyrak kesib olib tashlangan.

    “Bemor 2018-yilning noyabr oyida order bilan bizga kelgandi. Diagnoz siydik-tosh kasalligi, chap buyrak retsidiv toshi. Ya’ni bundan o‘n yilcha oldin ham chap tomonidan operatsiya qilingan. Shunday bo‘lsa-da bemorning hayotini saqlab qolish uchun operatsiyaga tayyorladik. Qayta operatsiya qilish birlamchi operatsiyaga nisbatan ancha murakkab bo‘ladi. Shuning uchun ilg‘or texnologiyalardan foydalanib, tig‘siz operatsiya qilishni, lekin u bizda yo‘qligini aytib, xususiy klinikalarni tavsiya qildim. Lekin u rozi bo‘lmadi. Ammo men tavsiya qildim. Operatsiyadan oldin bemor, agar qarindosh urug‘lari bo‘lsa ular bilan operatsiya yo‘l-yo‘riqlari haqida suhbat qilinadi. Kasalning o‘zi bilan suhbatlashilgan, barchasi tushuntirilgan. Chunki u vaqtgacha bemorning qarindosh-urug‘larini ko‘rmaganman.

    Xullas, operatsiya boshlandi. Toshni oldik, shundan so‘ng buyrakdan qon ketishni boshladi. Qonni to‘xtatishga harakat qildik, lekin qon to‘xtamadi. Shu paytda biz buyrakni olib tashlamasak, bu jarayon bemorning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin edi. Shuning uchun buyrak kesib olib tashlandi. Yaqinlarining bundan xabari bo‘lgan. Lekin bemorni o‘ziga birdaniga aytish mumkinmasligi uchun shifoxonadan chiqib ketayotgan paytda aytmoqchi edik. Lekin u mening ruxsatimsiz bir kun oldin shifoxonadan chiqib ketib qolgan”, — deydi shifokor.

    Sayidali Umarovning qayd etishicha, 2019-yilning mart oyidan buyon bemor turli tashkilotlarga murojaat qilib, buyrakni sotib yuborganlikda ayblab, pul talab qilib kelgan.

    Sayidali Umarov.

    Sayidali Umarov.
    Foto: “Daryo”

    “Noyabr oyida uyiga ketgan bo‘lsa, 2019-yilning mart oylarida unga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan xabar kelyapti shu bemorga ‘vipuska’ni bermayapti, deb. Avvaliga tushunmadim, keyin eslasam shu kasal ekan. Bosh shifokorga uning oldida ruxsat bermasimdan avval chiqib ketganini, shu sababli ‘vipuska’ berilmaganini yotig‘i bilan, tushuntirdim. Tashqariga chiqqach, noto‘g‘ri tushunganini aytib, uzr so‘radi. Keyin ishlamayotganini, UZIlarga pul ketkazgani va boshqalarga sarf-xarajatlar qilganini aytib,  ‘Ozgina pul bersangiz’, dedi. Agar so‘ragan pulini bermasam, Paxtaoboddagi prokuror tanishlariga aytib, meni yo‘q qilib yuborishini aytib, qo‘rqitdi. Keyin qo‘rqqanimdan yoki aybim bor deb emas, yugur-yugur ishlardan, keraksiz bosh og‘riqlardan qutulsam bo‘ldi, degan fikrda ‘Qancha beray’, desam, 500 ming so‘m dedi. Uyga borib, aytgan pulini olib kelib berdim. Olgandan keyin menga tilxat yozib berdi. Oradan chamasi 10 kunlar o‘tar-o‘tmas prokuraturaga chaqirtirishdi.

    Borsam bemor turibdi. U menga ‘Bitta buyrak 50 ming-60 ming dollar turar ekan, endi bildim. Siz meni ozgina pul bilan aldab qo‘yibsiz. Endi 15 ming dollar bersangiz sizni tinch qo‘yaman’, — dedi. Shundan keyin prokuratura xodimlari tomonidan kerakli ekspertizalar, o‘rganishlar o‘tkazildi. Xulosada esa jinoiy ish alomatlari topilmadi degan xulosaga kelindi.

    Bemorning hayotini saqlab qolsam-u, yana meni aybdor qilib pul talab qilsa. Uni ko‘chadan majburlab olib kirib operatsiya qilmadim yoki ataylab pichoqlab buyragini olib qo‘ymadim. Oxirgi marta bemor bilan ko‘rishganimda yonida singlisi bor edi. Unga agar o‘shanda akasining buyragini olmasak o‘lib qolishi mumkinligini tushuntirsam singlisining o‘zi ‘Undan ko‘ra o‘lib qolgani yaxshi edi, qutulardim. Mendan ham pul so‘rayverib zeriktirdi’, deb aytdi. U bir necha marta telefon qildi, pul so‘rab SMS’lar yozdi, oxiri uning raqamini qora ro‘yxatga kiritib qo‘ydim. Chunki ishlashim, bemorlarni davolashim kerak. Har kuni kuchli stressda yura olmayman. Biror yil yo‘q bo‘lib ketgandi, yana yozdi chizdilar boshlandi. Qo‘rqadigan joyim yo‘q. Alloh ko‘rib turibdi”, — deydi Sayidali Umarov.

    Ushbu holat yuzasidan “Daryo” muxbiri viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari bilan bog‘landi. Mas’ullarning ma’lum qilishicha, ushbu fuqaro shifokorning ustidan shikoyat qilib, nafaqat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda huquq tartibot organlariga murojaat qilgan. Bu bo‘yicha shahar hamda viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganishlar olib borilib, shifokorlarning harakatlarida hech qanday jinoyat alomatlari mavjud emasligi aniqlangan.

    28.03.2022, 15:27   Izoh (0)   32950
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2021-yili kamchilikka yo‘l qo‘ygan 220 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan — Sudyalar Oliy kengashi

    28.03.2022, 14:48

    Energetika vazirligi: Qurilmalarni to‘liq yangilashga budjetning kuchi yetmaydi

    28.03.2022, 14:34

    “O‘zbekistonda jamoat joylarida tamaki chekishni cheklovchi qonun ishlamaydi, shu sabab bunga qarshi kurashish natija bermayapti” — Tamakiga qarshi kurashish ekspe...

    28.03.2022, 13:59

    Chilonzor tumani hokimligi ko‘p qavatli uydagi mozaika bo‘yalganiga munosabat bildirdi

    28.03.2022, 13:13

    DXX Samarqandda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

    28.03.2022, 12:59

    Surxondaryoda 220 ming dollarlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

    28.03.2022, 12:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.