Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy yoki favqulodda holat sharoitida harbiy ma’lumotlarni chop etishni keskin cheklovchi qonunni imzoladi.

“UNIAN” xabariga ko‘ra, endilikda quyidagilar aks etgan fotosurat va videolarni chop etish taqiqlanadi:

  • Ukraina armiyasining harakatlari va harbiy inshootlar;
  • Otishma yuz bergan yoki snaryad tushgan joylar;
  • Raketaning uchish trayektoriyasi;
  • Ko‘cha, avtobus bekatlari, do‘konlar va fabrikalar nomlari;
  • Ukraina havo mudofaasining ishi;
  • Manzillar, vizual ma’lumotnoma yoki jangovar koordinatali ma’lumotlar;
  • Avtomobillar va zirhli mashinalarning raqami;
  • Yaralangan yoki halok bo‘lganlarning ismlari.
Qonun, shuningdek, Ukrainaga kelayotgan xorijiy harbiy yordamlarning harakati haqidagi ma’lumotlarni tarqatishni ham taqiqlaydi. Faqatgina Ukraina Mudofaa vazirligi va Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tomonidan jamoatga ochiq holda nashr etilgan materiallar bundan mustasno.

Taqiqni buzganlar 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Harbiy ma’lumotlar yollanma niyatda va oldindan kelishilgan holda e’lon qilingan taqdirda esa maksimal jazo qo‘llaniladi.

Avvalroq Ukrainada avtomobil va mototsikl haydovchilariga videoregistratorlardan foydalanish taqiqlangan edi. Mazkur qaror Rossiya harbiy operatsiyasi fonida Ukraina “mudofaa kuchlarining vazifani bajarish va bir joydan boshqa joyga ko‘chishiga” oid ma’lumotlar oshkor etilmasligi uchun qabul qilingan.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi