• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Rostini aytsam, endi yashay olmasam kerak”. Ketma-ket yaqin insonlaridan judo bo‘lgan amerikalik aktyor Jon Travoltaning omadi va fojialari

    Jon Travolta dunyodagi eng mashhur aktyorlardan biri. Uning filmografiyasida bir necha o‘nlab asarlar, jumladan “Jinoiy asar”, “Briolin” va “Yuzsiz” kabi mashhur filmlar mavjud. Bu yil aktyor o‘zining 68 yoshini nishonladi. Uning ijodiy yo‘li qanday kechganini, qanday mashaqqatli sinovlardan o‘tganini yodga olamiz.

    Hamma kabi emas

    Jon Travolta

    Jon Travolta
    Foto: Legion-Media

    Jon Travolta kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan futbolchi Salvador Travolta va qo‘shiqchi Helen Travolta oilasida dunyoga keladi. U olti nafar farzandning eng kichigi edi.

    Jon tug‘ilganda onasi o‘rta maktabda aktyorlik va ingliz tilidan dars berardi. Bu esa Jonning kelajakda kasb tanlashiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning aka-opalari ham aktyor bo‘lishdi, lekin mashhurlikda Jondan o‘ta olishmadi.

    Travolta aktyorlik san’atiga shunchalik ishtiyoqi baland ediki, tengdoshlari uni ajratib qo‘yishardi. Jon o‘shandayoq ularning jamiyatiga mos kelmasligini his qildi. “Men ham ular kabi futbol, basketbol o‘ynardim, ular qilgan ishni qilardim, lekin bolalar kechqurunlari nima uchun aktyorlik studiyasiga borishimni tushunishmasdi”, — deydi aktyor.

    16 yoshida u maktabni tashlab, shou-biznesda karyerasini davom ettirishga qaror qildi. Onasi uning qarorini qo‘llab-quvvatladi.

    Orzu ortidan

    Jon Travolta va Semuel L. Jekson “Jinoiy asar” filmida

    Jon Travolta va Semuel L. Jekson “Jinoiy asar” filmida
    Foto: Legion-Media

    Uyini tark etgan Travolta Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi va u yerda kam budjetli reklama va sahnalashtirilgan shoularda kichik rollarda suratga tusha boshladi.

    Ammo tez orada intiluvchan Jon o‘zining barcha aktyorlik ambitsiyalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yagona joy borligini tushundi va Gollivudni zabt etishni maqsad qildi.

    Uning birinchi ko‘zga ko‘ringan roli 1976-yilda namoyish etilgan “Kerri” filmi bo‘ldi. Stiven King asarining mazkur ekranlashtirilgan varianti barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli dahshatli filmlaridan biri degan nomga sazovor bo‘lgan va u bugungi kungacha shu nomni saqlab qolgan.

    Bu rol Travoltaning keyingi taqdirini hal qilib berdi — uni payqashdi va takliflar yog‘ilib kela boshladi.

    Oliviya Nyuton-Jon va Jon Travolta “Briolin” filmida

    Oliviya Nyuton-Jon va Jon Travolta “Briolin” filmida
    Foto: Kinopoisk

    “Shanba oqshomi isitmasi” filmidagi roli unga “Oskar” mukofotini olib keldi. 24 yoshida Travolta nufuzli kino mukofotiga nomzod bo‘lgan eng yosh aktyorga aylandi.

    Uning karyerasidagi yana bir muhim voqea “Briolin” musiqiy filmidagi bosh rol uni superyulduzga aylantirdi. Filmdagi qo‘shiqlarni o‘zi ijro etgani esa iste’dodining yana bir qirrasi edi.

    1980-yillarda karyerasidagi pasayishdan so‘ng, aktyor 1994-yilda Kventin Tarantinoning “Jinoiy asar” filmida suratga tushganidan so‘ng yana tomoshabinlar e’tiborida bo‘ldi. Mazkur film katta muvaffaqiyatga erishdi va Travolta yana bir “Oskar” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

    Uma Turman va Jon Travolta “Jinoiy asar” filmida

    Uma Turman va Jon Travolta “Jinoiy asar” filmida
    Foto: Legion-Media

    Jon o‘zining avvalgi mashhurligini tiklab oldi. Bir yil ichida uning surati to‘rt marta Rolling Stone jurnalining muqovasida nashr etildi – hozirgacha tarixda hech bir aktyor bunday yutuq bilan maqtana olmaydi.

    2000-yillarda ham u filmlarda faol rol o‘ynashda davom etdi va hozir ham filmlarda suratga tushish bilan band.

    Samo chorlamoqda

    Jon Travolta

    Jon Travolta
    Foto: Legion-Media

    Gollivudda mashhur aktyor bo‘lish orzusidan tashqari, Travolta bolaligidan yana bir narsani orzu qilgan — u samolyot boshqarishni o‘rganmoqchi edi. Shu sababli aktyorlik faoliyatining dastlabki yillarida u barcha pulni uchuvchilik darslari uchun sarfladi. 22 yoshida Jon litsenziya oldi va uchuvchi bo‘ldi. Hatto aktyorlikni tashlab, aviatsiyaga ketishni xohlagan paytlari ham bo‘lgan.

    Travolta o‘zining asosiy sevimli mashg‘uloti uchun hech qachon pul ayamagan — uning shaxsiy kolleksiyasida bir nechta samolyoti bor, uyida esa ikkita maxsus qurilgan uchish-qo‘nish yo‘lagi mavjud.

    Muhabbat va fojialar

    Diana Xaylend va Jon Travolta

    Diana Xaylend va Jon Travolta
    Foto: Legion-Media

    1976-yilda “Qopqoq ostida” filmining suratga olish jarayonida aktyor hamkasbi Diana Xaylandni sevib qoldi. Diana Jondan 18 yosh katta bo‘lishiga qaramay, bu sevishganlarga xalaqit bermadi — baxtli juftlik kelajak uchun birgalikda rejalar tuza boshladi.

    Afsuski, ularning munosabatlari nihoyatda qayg‘uli tarzda yakunlandi: Xaylandga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilgach, ko‘plab davolanish kurslaridan o‘tib, yaxshi tibbiy yordam olgan bo‘lsa-da, kasallik baribir uni yengdi. Aktrisa 1977-yilda 41 yoshida vafot etdi.

    Bu fojia Travolta uchun qattiq zarba bo‘ldi, aktyor chuqur qayg‘uga botdi. Sevgilisining vafotidan keyin “Emmi” mukofotining taqdirlash marosimida u Dianani samimiy so‘zlar bilan yodga olganida, butun zalni yig‘lab yubordi.

    Baxtsizlik aktyorni ta’qib qilishda davom etdi: bir necha oy o‘tgach, onasi Xelen ham ko‘krak saratonidan vafot etdi.

    Jon Travolta va Kelli Preston

    Jon Travolta va Kelli Preston
    Foto: Legion-Media

    Aktyor bular taqdir unga tayyorlab qo‘ygan sinovlarning boshlanishi ekanini xayoliga ham keltirmagandi.

    12 yillik yolg‘izlikdan so‘ng, nihoyat Travolta aktrisa va qo‘shiqchi Kelli Preston bilan uchrasha boshladi. 1989-yilda kinosinovda tanishib qolgan juftlik ikki yildan keyin turmush qurdi. “Oramizda tushunib bo‘lmas muhabbat bor edi”, — deb eslaydi aktyor.

    Bir yil o‘tgach, er-xotin Jett ismli o‘g‘il ko‘rdi. 2000-yilda ularning qizi Ella tug‘ildi.

    Aktyorning o‘g‘lida epileptik tutqanoq takrorlanib turgan. 2009-yilda dahshatli fojia yuz berdi: ta’tilni Bagam orollarida o‘tkazishayotganda navbatdagi tutqanog‘i tutib qolgan o‘g‘li boshini vannaga urib oldi va vafot etdi. “Bu hayotimdagi eng dahshatli voqea edi. Rostini aytsam, endi yashay olmasam kerak, deb o‘ylagandim”, — deb tan oladi aktyor intervyusida.

    Kelli Preston va Jon Travolta o‘g‘li Benjamin va qizi Ella bilan

    Kelli Preston va Jon Travolta o‘g‘li Benjamin va qizi Ella bilan
    Foto: Legion-Media

    O‘g‘lining o‘limidan so‘ng, Jon va Kelli yolg‘iz qolish uchun bir muddat OAVlarda ko‘rinmay qoldi. Ular yana omma e’tiboriga qaytganlarida esa kutilmagan yangilikni e’lon qilishdi — ular farzand kutishayotgan edi. Birinchi farzandi vafotidan deyarli ikki yil o‘tgach, ularning o‘g‘li Benjamin tug‘ildi.

    Endi hamma narsa o‘z iziga tushgandek edi: taqdir aktyorni butun umri ayamadi, endi mukofotlash vaqti kelgandi. Ammo 2018-yilda yana bir qayg‘uli xabar ma’lum bo‘ldi: Kelliga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yildi. Ikki yillik tinimsiz  kurashdan so‘ng 2020-yilda Travoltaning ikkinchi xotini ham vafot etdi.

    Jon bu safar ham taqdir zarbasiga dosh bera oladi: u muxlislari uchun mehnatsevar, kuchli va munosib odam bo‘lib qoladi.

    Kelli Preston va Jon Travolta

    Kelli Preston va Jon Travolta
    Foto: Legion-Media

     

    Mavzuga doir:

    • Afsonaga aylangan liverpullik oddiy yigitlar: XX asrning eng mashhur rok guruhi — Bitlz tarixi
    • Kameradan qo‘rqadi, 5 farzandning otasi: Gollivud yulduzi Xyu Grantning qarama-qarshiliklarga to‘la hayotiy hikoyasi
    • Dunyoni o‘zgartirish uchun Garvard universitetini tashlab ketgan: Facebook asoschisi Mark Sukerbergning muvaffaqiyat tarixi
    26.03.2022, 15:56   Izoh (0)   34562
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Oskar” taqdirlash marosimidagi eng esda qolarli, his-tuyg‘ularga boy lahzalar (foto)

    25.03.2022, 19:41

    Bollivud aktrisasi Sonam Kapur birinchi marta ona bo‘ladi

    25.03.2022, 15:41

    Priyanka Chopra tekinga, Bred Pitt bir chashka qahva uchun — mashhur filmlardagi rollari uchun gonorar olmagan aktyor va aktrisalar

    25.03.2022, 11:42

    Instagram: Shohruxxon va Asal Shodiyevaning hashamatli xonadoniga sayohat, yangi mashina olgan Dildora Niyozova, operatsiyani boshdan kechirgan Lola

    24.03.2022, 22:35

    Mashhur filmlarning suratga olish jarayonida jiddiy jarohat olgan Gollivud yulduzlari (foto)

    24.03.2022, 19:35

    Sirlarini oshkor qilib muxlislarining yanada ko‘proq mehriga sazovor bo‘lgan Gollivud yulduzlari

    24.03.2022, 15:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.