Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya Atlantika okeaniga ballistik raketalar bilan jihozlangan uchta atom suvosti kemasini joylashtirdi. Bu AQSH va SSSR o‘rtasidagi sovuq urush tugaganidan buyon birinchi marta sodir bo‘lmoqda, deb yozadi The Times.

Foto: Euronews

Foto: Euronews

Nashrning ta’kidlashicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bu kabi choralarni “Rossiya tomonidan yadroviy qurol tahdidlariga” qarshi qo‘llagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har bir fransuz suvosti kemasi bir necha ming kilometr masofaga ucha oladigan 16 ta qit’alararo M51 raketalarini tashiydi. Aslida Fransiyaning Atlantika okeanidagi missiyasi “navbatchiligi” 1972-yilda boshlangan va Fransiyaga dushman tarafning hujumiga javob qaytarishga qaratilgan.

Fransiyada ham yadroviy qanotli raketalar mavjud bo‘lib, ular yerdagi aerodromlar yoki Sharl de Goll aviatashuvchisidan uchiriladigan Rafale reaktiv samolyotlari yordamida uchirilishi mumkin.

2020-yilda Makron Yevropa Ittifoqining yadroviy qurolga ega bo‘lmagan 26 ta davlatida Fransiyaning “yadroviy soyaboni”ni tatbiq etishni taklif qilgandi. O‘shanda Makron Fransiyada qariyb 300 ta yadroviy kallakcha borligini bildirib, bu “dushman tarafga o‘z maqsadiga erishish uchun shantaj va qo‘rqitishlarni amalga oshirishga imkon bermasligi”ni aytgan.

Avvalroq Fransiya Aerokosmik kuchlari yadro qurolini olib yurishga qodir, yangilangan, o‘rta masofaga o‘chuvchi “havo-yer” raketasini (ASMPA) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?
Mahalliy
Navoiyda 454 nafar fuqaroning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Dunyo
Politico nashri Zelenskiyni eng nufuzli yevropalik, Putinni esa yilning eng omadsiz odami deb e’lon qildi