Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya kansleri Olaf Sholsning aytishicha, G‘arb Rossiyaga qarshi kiritayotgan sanksiyalarining aks ta’sirini ham hisobga olishi kerak.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Sholsning ogohlantirishicha, Rossiyaga qarshi choralarning aks ta’siri “yengsa bo‘ladigan” bo‘lishi zarur. Kansler shu sababli Germaniya o‘z pozitsiyasiga sodiq qolayotgani va Rossiya gazining Yevropaga importini taqiqlashga qarshi ekanini yana bir bor ta’kidladi. Uning tushuntirishicha, gap qisqa muddatli masalalar haqida emas, balki G‘arb davlatlari toqat qilishga majbur bo‘ladigan uzoq muddatli qarama-qarshiliklar haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, bu Germaniyadan ko‘ra ko‘proq neft, gaz, ko‘mir importiga qaram bo‘lgan boshqa davlatlar uchun ham amal qiladi. Va bu masalada hech kim taqdir hukmiga tashlab qo‘yilmasligi kerak, — dedi Germaniya kansleri.
Shols Yevropa va uning hamkorlari Rossiya kabi yirik davlatga nisbatan eng og‘ir sanksiyalarni joriy qilib bo‘lganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, cheklovchi choralar Rossiyaning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiladi, oqibati esa “bundan ham keskinroq” bo‘ladi.

Shu bilan birga, Germaniya kansleri Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari Rossiya energiyasining importiga qaramlikni kamaytirish singari uzoq muddatli maqsadlarga egaligini ta’kidladi.

Avval ham Shols Rossiyaga nisbatan taqiqlar Yevropadagi energetika xavfsizligi uchun chinakam tahdid bo‘lishini bildirgandi.

Bu orada Germaniya bosh vazirining o‘rinbosari Robert Xabek Qatar bilan suyultirilgan tabiiy gaz (STG) yetkazib berishni nazarda tutuvchi energetika sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi.  Xabek avvalroq Germaniya kuzgacha Rossiya ko‘miridan, 2022-yil oxiriga kelib esa Rossiya neftidan deyarli to‘liq mustaqil bo‘lish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, u Rossiya gaziga qaramlikdan xalos bo‘lish qiyinroq bo‘lishini tan olgan, chunki Germaniya STG importi uchun o‘z imkoniyatlariga ega emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...