Turk aktyori Kerem Bursinning Ispaniyaga tashrifi kutilmagan voqealarga boy bo‘ldi, deb yozadi “Rusturkey.com”.
Ma’lum bo‘lishicha, aktyor “Malaga” kinofestivalining ishtirokchisi sifatida Ispaniyaga safar qilgan. Aktyor efirga uzatilgan “Eshigimni qoq” seriali ko‘rsatilishi ortidan ushbu mamlakatda ham mashhurlikka erishgan.
Turk aktyori Kerem Ispaniyada bo‘lgan vaqtida “Zorro afsonasi” yulduzi Antonio Banderas ishtirokidagi myuziklda qatnashdi. Shundan so‘ng aktyorlar birga suratga tushdi. Banderas ushbu suratni ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rib, Keremning Ispaniyada ham qanchalik mashhurligi haqida yozdi.
https://www.instagram.com/p/CbVGdHXAu6g/
Keremning muxlislari ushbu postdan xursand bo‘lib, Banderas ularning sevimli aktyoriga muxlislik qilganini yozib qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kerem Bursin dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan “Eshigimni qoq” teleserialida ishtirok etgan. Loyiha 90 dan ortiq mamlakatlarda namoyish etilgan va muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha tarixiy “Muhtasham yuz yil” seriali bilan ham taqqoslangan.
Izoh (0)