• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Tilimizni bilamizmi: bular bir xil ma’noli so‘z emas — nozik ma’no farqiga ega 12 ta so‘z

    Ba’zi so‘zlar mazmun jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, ma’no nozikliklari bilan farq qiladi. Ana shu farqni bilmaslik yoki his qilmaslik so‘zlarni xato tushunishga va qo‘llashga sabab bo‘lishi mumkin. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib ana shunday so‘zlarning ayrimlarini tahlil qiladi.

    Yoqilg‘i va yonilg‘i

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bu ikki so‘z mazmun jihatidan bir-biriga yaqin. Lekin ma’no qirralari farqlanadi.

    Yonilg‘i yonadigan suyuq modda, suyuq yoqilg‘ini bildiradi. Benzin, kerosin, solyarka va shu kabi mahsulotlar yonilg‘i sanaladi.

    Yoqilg‘i esa issiqlik energiyasi olish uchun yoqiladigan ashyoni anglatadi.

    Yonilg‘i o‘rnida yoqilg‘i so‘zini ishlatish tahrir nuqtai nazaridan xato. Deylik, non ham, sho‘rva ham mohiyatiga ko‘ra bir ishni bajaradi – qorin to‘yg‘azadi. Lekin nonni ichib bo‘lmaydi, sho‘rvani esa ichish mumkin. Shu singari yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi, jamoat transporti yoqilg‘isini tejash kabi iboralarda yoqilg‘i o‘rnida yonilg‘i so‘zini ishlatish yaxshiroq va to‘g‘riroqdir.

    Milliy ensiklopediya bu so‘zga shunday izoh beradi:

    “Dvigatellarda ishlatiladigan yoqilg‘i, masalan, benzin, kerosin, yadro yoqilg‘isi, reaktiv yoqilg‘i va boshqalar yonilg‘i deb ataladi”.

     Isrof va uvol

    Isrof va uvol so‘zlari ma’no jihatidan yaqin, ba’zan bir-birining o‘rnida almashlab qo‘llash ham mumkin. Biroq ayrim holatlarda ikkisi ikki xil mazmunni anglatadi.

    Isrof so‘zi arabchadan olingan, ortiqcha va keraksiz sarfni anglatadi. Isrof haqidagi tushuncha xalqimizga Islom dini ta’sirida singgan, dinimiz isrofni qoralaydi va undan qattiq qaytaradi.

    Uvol ham arabchadan, bugungi o‘zbek tilida asosan foydasiz yoki bevaqt yo‘q bo‘lish, yo‘­qo­lish; nest-nobud bo‘lish ma’nosida ishlatiladi. Bu ma’nosi bilan isrof so‘ziga sinonim sanaladi.

    Endi ma’no qirralaridagi farqqa kelsak.

    Deylik, kechki ovqat keragidan ortiqcha tayyorlandi va ortib qoldi. Saqlashning iloji yo‘q, ertalabga qolsa, ayniydi. Uni aynitib qo‘yish ham isrof, ham uvol. Lekin siz shu ortiqcha qismini bir amallab, istamasangiz ham yedingiz. Maqsad – uvol bo‘lmasin. To‘g‘ri, bunda ovqat uvol bo‘lmadi. Lekin baribir isrof bo‘ldi. Chunki unga ketgan ortiqcha masalliq olib qo‘yilganda, ertaga boshqa ovqatga ishlatilardi. Keragidan ortiq yeyish esa sizning sog‘lig‘ingizga, kayfiyatingizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Sog‘liqning yomonlashishi kun kelib shifokor xizmatiga yoki dori-darmonlarga pul sarflashga, ovoragarchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Bular ham ehtimoliy ortiqcha sarflar, ya’ni isrofdir.

    Qit’a va materik

    Qit’a – Yer yuzidagi quruqliklarning atrofidagi orollar bilan birga shartli ravishda ajratilgan qismlari. Quruqlikning qit’alarga bo‘linishini materiklarga bo‘linishidan farqlash kerak. Qit’alarning ba’zilari materiklarga to‘g‘ri keladi. Yevropa va Osiyo qit’alari 1 ta materikka jam bo‘ladi, Amerika qit’asi esa 2 ta materikdan iborat.

    Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, ayrim olimlar Tinch okeanning janubi-g‘arbida joylashgan barcha orollarni – Okeaniyani ham ba’zan 7-qit’a hisoblaydi.

    Gohida Arktikani ham alohida qit’a deb sanashadi.

     

    Dunyoni qismlarga bo‘lish ancha bahsli mavzu. Turli madaniyatlar va an’analarga ko‘ra, bir nechta variantlar bor. Kimdir jahonda 4 ta materik bor desa, kimdir 7 ta materik bor degan fikrda. Masalan, Xitoy, Hindiston, G‘arbiy Yevropa va ingliz tilli mamlakatlarda 7 ta materik bor deb hisoblashadi. Materiklar esa Yer sharining dengiz va okeanlar bilan qurshab olingan eng yirik quruqliklaridir. 6 ta materik bor: Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Antarktida.

    Demak, materiklar – suv bilan o‘ralgan katta quruqlik, qit’alar esa shartli ravishda bo‘lingan yirik quruqliklardir.

    Turshak va bargak

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Turshak – danagi bilan quritilgan o‘rik:

    Das­­turxonda turshak, olmaqoqi, yong‘oq, pa­tir bo‘lardi.Sh. Xolmirzayev, “Og‘ir tosh ko‘ch­sa”.

    Bargak esa danagi olingan holda quritilgan o‘rikni anglatadi. Asli forscha bu so‘zning o‘zbekchasi – o‘rikqoqi:

    – Aytganday, Qurbon akani birinchi marta tomga bargak yoyayotganimda ko‘rganman, – dedi Mehri opa.A. Eshonov, “Dutor”.

    Voha va vodiy: farqi nimada?

    Voha arab tilidan kirgan, o‘zbek tilida cho‘l va chalacho‘llarda obod qilingan yerni anglatadi.

    Vodiy so‘zi ham arab tilidan kirgan, o‘zbek tilida daryo bo‘ylab cho‘zilgan yoki tog‘lar orasidagi keng tekislik; ekin ekiladigan, obod yer; mamlakat, yurtning bir bo‘lagi; diyor ma’nolariga ega. Ko‘chma ma’noda biror narsa uchun xos bo‘lgan joy, makonni anglatadi.

    Hudud nomlari bilan ishlatganda voha va vodiyning bitta aniq, keskin farqi bor: voha – cho‘l va chalacho‘l hududda obod qilingan joy, vodiy esa daryo yoqasi bo‘ylab joylashgan yoki tog‘lar orasidagi tekislik joy:

    Zarafshon vohasi. Xorazm vohasi. Toshkent vohasi. Buxoro vohasi.

    Farg‘ona vodiysi. Surxon-Sherobod vodiysi. Qashqadaryo vodiysi (viloyatdagi vodiy, Zarafshon tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlari oralig‘ida). Hisor vodiysi.

    Voha va vodiy tushunchasi viloyat tushunchasidan farqlanadi. Voha va vodiy bir viloyat hududidan katta bo‘lishi yoki bir viloyat ichida bir necha voha yo vodiy joylashishi ham mumkin. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida bir nechta katta vohalar bor.

    Kashf va ixtiro

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Izohli lug‘at ikki so‘zni ma’nodosh sifatida sharhlagan. Ammo Milliy ensiklopediya ikki tushunchani farqlagan:

    Ixtiro — xalq xo‘jaligining turli sohalarida, ijtimoiy-madaniy, qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, o‘ziga xos texnikaviy yechimga ega bo‘lgan yangilik. Tor ma’noda – davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnik yechim. Har qanday yangilik ixtiro bo‘lavermaydi. Masalan, quruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib bo‘lmaydigan va xato takliflar (masalan, abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflar) ixtiro hisoblanmaydi. Ixtiroda hal qilinadigan masala faqat nazariy emas, balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan bo‘lishi kerak.

    Kashfiyot — izlanish, tekshirish, ilmiy tadqiqot natijasida, ba’zan esa tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Kashfiyot tufayli moddiy dunyoning ilgari insoniyatga ma’lum bo‘lmagan obyektiv qonuniyatlari, xossalari va hodisalari ma’lum bo‘ladi...

    Kashfiyot natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar yaratilishi mumkin.

    Avtomobil va samolyotning yaratilishi – ixtiro. Lekin Galileo Galileyning qushlarning uchishiga taqlid qilib samolyotning uchish sxemasini yaratishi kashfiyot hisoblanadi.

    23.03.2022, 07:40   Izoh (0)   86827
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ishchi kuchiga eng ko‘p talab bildirgan sohalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:13

    APL klublari yozgi transfer oynasi vaqtida rekord darajadagi summa sarfladi

    Sport | 22 avgust, 18:10

    Navoiyda niqob taqqan shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:06

    Rossiya Ukrainaning yana 3 ta qishlog‘ini egallaganini da’vo qildi

    Dunyo | 22 avgust, 17:50

    Saratonga qarshi olmos: olimlar metastazni aniqlashning xavfsiz usulini kashf etdi

    Layfstayl | 22 avgust, 17:30

    Turkiya portlarida kemalardan Isroil bilan aloqasi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat so‘ralmoqda — manbalar

    Dunyo | 22 avgust, 17:10

    Muhammad Saloh Angliya Premyer Ligasida chempionlik uchun asosiy da’vogar qaysi jamoa ekanligini aytdi

    Sport | 22 avgust, 17:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.