• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Avtopoygalar, Georgiy tasmalari, fleshmoblar — “maxsus operatsiya” ramziga aylangan “Z” haqida nimalar ma’lum?

    Urush boshlanishidan bir necha hafta oldin ijtimoiy tarmoqlarda bortida tushunarsiz belgilar aks etgan rus harbiy texnikalari surati va videolari paydo bo‘lgandi. Ko‘p hollarda odamlar kvadrat ichida yoki kvadratsiz “Z” harfiga duch kelgan, biroq ularning orasida “V” belgisi ham uchrab turgan. Harflar Rossiyaning turli harbiy okruglaridagi jihozlarni farqlash imkonini beruvchi taktik belgilar sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin, ammo bir necha kundan keyin “Z” hamda “V” (ayniqsa “Z”) “harbiy operatsiya”ning sal kam rasmiy ramziga aylandi. “Z”ni rus propagandasining asosiy elementlaridan biriga aylantirish g‘oyasi aynan kimdan chiqqani noma’lum. Bosqinchilar ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq olib, hududlarda turli xil aksiyalar va go‘yo tabiiy yo‘sinda yuz berayotgan fleshmoblarni uyushtirayotganlar ham bu nimani anglatishini tushunmaydi. Meduza “Z” g‘oyasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘rganib, belgi aslida unga va uning hamfikrlariga tegishli ekanini da’vo qilayotgan odam bilan suhbatlashdi. “Daryo” shu surishtiruvlar va suhbat yoritilgan materialni o‘zbek tiliga o‘girdi.

    Rossiyaparast kuchlar nazorati ostidagi Donetsk viloyati Volnovaxskiy tumani Bugas qishlog‘ida “Z” harfi tushirilgan rus harbiy texnikasi. 2022-yil 1-mart

    Rossiyaparast kuchlar nazorati ostidagi Donetsk viloyati Volnovaxskiy tumani Bugas qishlog‘ida “Z” harfi tushirilgan rus harbiy texnikasi. 2022-yil 1-mart
    Foto: Aleksandr Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

    Ukrainadagi urush faol bosqichga o‘tguniga qadar ham ijtimoiy tarmoqlarda bortida maxsus belgilar qo‘yilgan Rossiya harbiy texnikasi suratlari paydo bo‘la boshlagan. Eng keng tarqalgani lotin imlosidagi “Z” harfi bo‘lib, gaubitsalar, tanklar va harbiy yuk mashinalariga oq bo‘yoq bilan qalin qilib chizilgan. Keyinroq boshqachalari ham paydo bo‘ldi — “V” harfi yoki uchburchak shakl.

    Belgilar ma’nosi dastlab tushunarsiz edi. Harbiy ekspertlar turli versiyalarni ilgari surdi, lekin jihozlar shu usul bilan Rossiya harbiy okruglaridan biriga tegishli ekaniga ishora qilinayotganiga ko‘proq ishonishardi: “Z” — G‘arbiy, “V” — Sharqiy, uchburchak — janubiy.

    Rossiya Mudofaa vazirligining o‘zi jamoatchilikka hech qanday tushuntirish bermagan. Keyinroq ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Z” va “V” esga olingan bir nechta postlarni e’lon qilgan bo‘lsa-da, ma’nosi baribir ochiqlanmagan. Ushbu bayonotlarda harbiy texnika bortidagi belgilardan tashviqot qurollari sifatida foydalanilgan: masalan, “Zakanchivayem voyni” (urushga chek qo‘yamiz) yoki “Za mir” (tinchlik uchun). Yozuvlar avval odatiy imloda, keyin bosh harflar heshteglarda lotincha “Z” hamda “V” harflariga almashtirilgan holda paydo bo‘lgan.Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligi SMM mutaxassislari jalb etilishidan oldin ham lotincha “Z” harfi dastlab norasmiy, keyin esa Rossiya hukumati tarafdorlari orasida Ukrainaga bostirib kirishning rasmiy ramziga aylandi. Tarafdorlar uni o‘z nikneymlariga qo‘shishni, akkauntlaridagi kirillcha harflarni u bilan almashtirib, avatarlariga “Z” qo‘yishni boshladi. Xususan, “Sorok Sorokov” radikal pravoslav harakatining Telegram’dagi kanali endi “Zorok Zorokov” deb nomlanadi. 2019-yili Moskva shahar Dumasiga muxolif nomzodlarni ro‘yxatga olishni rad etishga qarshi namoyishlar ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlari e’lon qilingan kanal esa “Tovarish Z Mayor” tarzida yuritila boshladi.

    Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligining Instagram’dagi postlaridan biri

    Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligining Instagram’dagi postlaridan biri
    Foto: Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligi

    5-mart kuni Dohadagi musobaqalarda uchinchi o‘rinni egallagan rossiyalik gimnastikachi Ivan Kulyak taqdirlash marosimiga formasida “Z” harfi tushirilgan holda kirib keldi (Xalqaro gimnastika fedaratsiyasi Kulyakning “hayratlanarli xatti-harakati” yuzasidan intizomiy tergov ochilishini talab qilgan). Kemerovo viloyati gubernatori Sergey Sivilyev esa 2-martdan viloyat hokimligining rasmiy hujjatlarida viloyat nomi “KuZbass” tarzida yozilishini ma’lum qilgan. Sivilyevning aytishicha, “Z” — bu Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”da qatnashayotgan “jangchilarni qo‘llab-quvvatlash belgisi”. Rasmiy veb-sayt logotipidagi “Z” harfi Kemerovo viloyati qonunchilik assambleyasi tomonidan qo‘yilgan. To‘g‘ri, viloyat hokimiyatining ikkinchi martdan keyin e’lon qilingan qarorlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, “Kuzbass” rasmiy hujjatlarda avvalgiday “Kuzbass” ko‘rinishida qolgan.

    “Z” g‘oyasi joylarda qanday tashviq qilinmoqda?

    Bir vaqtning o‘zida Rossiyaning bir nechta viloyatlarida Ukrainadagi “maxsus operatsiya”ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari “Z” harfi ko‘rinishidagi shaklda safga tizilgan.

    Qozondagi ikki voqea alohida muhokamaga sabab bo‘ldi. Avval 5-mart kuni, mahalliy bolalar xospisi (kasalligi bedavo deb topilgan va kundalik tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish markazi — “Daro” izohi) o‘z tarbiyalanuvchilarini “Z” shaklida safga tizgan. 9-martda esa KazanMall savdo markazida Qozon davlat madaniyat instituti talabalari ishtirokida aksiya o‘tkazilgan. Oq rangdagi kiyimlariga “Z” shaklidagi Georgiy tasmalarini taqib olgan talabalar mushtlari tugilgan holda o‘ng yoki chap qo‘llarini navbatma-navbat boshi uzra ko‘tarib, “Tinchlik uchun!” shiorini dona-dona qilib aytgan va Oleg Gazmanovning “Olg‘a, Rossiya” qo‘shig‘ini ijro etgan.

    Foto: Qozon davlat madaniyat instituti

    Ismi oshkor qilinmasligi sharti bilan Meduza muxbirining savollariga javob bergan Qozon davlat madaniyat instituti talabalariga ko‘ra, institut aksiyani atigi bir necha soat ichida uyushtirib yuborgan. O‘sha kuni ertalab bu tadbir o‘tkazilishi haqida hech kim bilmagan. Talabalarga Gazmanov qo‘shig‘ining matni yuborilib, hech qanday tushuntirishlarsiz uni yod olish buyurilgan. Apil-tapil o‘tayotgan tayyorgarlik vaqtida kechqurun hamma savdo markaziga “fleshmob” uchun borishi haqida ogohlantirilgan. Dekanat vakillari guruh sardorlariga shunday xat yozgan:

    Talabalar diqqatiga! Soat 17:00 da “fleshmob” munosabati bilan institut foyesida yig‘ilamiz. Hamma kelishi shart! Aks holda, o‘zingizga yomon bo‘ladi!
    Meduza yozishmalar bilan tanishib chiqqan; aksiyada ishtirok etmaganlarga qanday jazo choralari qo‘llangani haqida Meduza hech qanday ma’lumotga ega emas.

    Foto: Qozon davlat madaniyat instituti

    Qozon madaniyat instituti matbuot xizmati Meduza’ga aksiya tashabbusi talabalarning o‘zidan chiqqanini aytadi. Matbuot xizmati, shu bilan birgan, #ZaMir heshtegi va universitet rasmiy saytidagi “Z” harfi (“KazZGIK”) paydo bo‘lishini “institutning shaxsiy tashabbusi” deya izohlagan.

    Rossiyaning boshqa hududlarida ham urushni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aksiyalar bo‘lib o‘tgan. Shu jumladan, ma’muriy resurslardan foydalangan holda mahalliy hokimiyat tomonidan uyushtirilgan. Meduza’ning aniqlik kiritishicha, Federatsiyaning kamida bir nechta subyektlarida o‘tkazilgan shu kabi tadbirlarda mintaqaviy nazorat markazining (MNM) qo‘li bor. Masalan, Tomsk shahridagi maktablarda MNM ishtirokida ochiq darslar o‘tkazilib, o‘quvchilarga Ukrainadagi “maxsus operatsiya — adolatli va zaruriy chora” ekanligi haqida tushuntirish berilgan.

    Ma’lumot uchun: 2020-yilda Vladimir Putin tashabbusi bilan har bir mintaqada mintaqaviy nazorat markazlari tashkil etilgan. Rasmiylarga ko‘ra, MNM maqsadi ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilish va aholining shikoyatlarini ko‘rib chiqish orqali fuqarolar va mansabdor shaxslar o‘rtasidagi aloqani soddalashtirishdir.

    Aslida esa, masalan, Xakasiyada mahalliy MNM senzura agentligi vazifasini o‘taydi. U “barcha amaldorlar va OAVlardan ustun turadi”. Ushbu ma’lumotni hukumatning sobiq xodimi ismi sir tutilishi sharti bilan Meduza’ga yetkazgan.

    Tomsk viloyatida bir vaqtning o‘zida bir nechta tuzilmalar tomonidan “Z” ramzlari bilan vatanparvarlik ruhidagi avtopoygalar tashkil etilgan. Aksiya tashkilotchilariga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, bir haftaning ichida, 7-martdan 13-martgacha, birgina shu mintaqaning o‘zida o‘ndan ortiq shunday tadbirlar bo‘lib o‘tgan. Urushni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha harakatlar Tomsk hokimiyati, Tomsk viloyati ma’muriyati va tuman ma’muriyatlari tomonidan o‘tkazilgan; “Yagona Rossiyaning yosh gvardiyasi” hududiy bo‘limi va “hokimiyat partiyasi” bilan bog‘liq bo‘lgan “MiVmeste” (Biz birgamiz) shtab-kvartirasi xodimlari ham bu ishga bosh qo‘shgan.

    Rossiya qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan avtopoygalardan biri. 2022-yil 6-mart

    Rossiya qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan avtopoygalardan biri. 2022-yil 6-mart
    Foto: Nikolay Xijnyak / TASS

    Shuningdek, “Rossiyaning Afg‘oniston faxriylari ittifoqi” tomonidan mahalliy IIV xodimlari bilan hamkorlikda bir qancha aksiyalar tashkil qilingan. Olingan ma’lumotga ko‘ra, taklif IIVga yuqoridan berilgan. Bo‘lim xodimlari tadbirga tayyor holda chiqqan: banner va bayroqlari bo‘lgan.

    6-mart kuni Xakasiya poytaxti Abakan shahrida “maxsus operatsiya”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Z” belgisi ostida o‘tkazilgan avtopoygaga ham hududiy MNM bosh-qosh bo‘lgan. Bu haqida Meduza nashriga mahalliy OAVning ikki xodimi va viloyat hokimligining ismi sir qolishini istagan amaldagi xodimi xabar qilgan.

    “Yagona Rossiya” rahbariyatiga sodiq “Xakasiya” axborot agentligi 6-mart kuni shunday xabar chiqardi:

    Avtopoygada sportchilar, Butunrossiya Xalq fronti (BXF) va “Yosh gvardiya” faollari ishtirok etdi. Lekin qatnashuvchilar, asosan, Rossiya qurolli kuchlari hamda Donbass militsiyasiga o‘z hurmat va hayratini shu tarzda izhor etishga qaror qilgan oddiy fuqarolardan tashkil topgandi.
    Nashr, shuningdek, aksiyada respublika hukumati vakillaridan va siyosiy partiyalar rahbariyatidan hech kim ishtirok etmaganini qayd etgan.Shu bilan birga, Meduza manbalari mahalliy “Yagona Rossiya” partiyasi va BXF faollarini, shuningdek, “hokimiyat partiyasi”ga yaqin bo‘lgan ayrim tadbirkorlarni aksiyaning rasmiy tashkilotchilari va ijrochilari sifatida ko‘rsatgan. Bu borada markazdan buyruq bo‘lgani yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan. Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan yana bir Abakan jurnalistlaridan birining ta’kidlashicha, avtopoyga ishtirokchilar “Z” ramzi tushirilgan bayroqlar bilan chiqish qilgan. Jurnalistning aytishicha, bayroqlar qo‘lbola emas.Respublika OAV xodimlaridan yana biri, ismi oshkor qilinmasligi sharti bilan, shunday deydi:

    Rasmiylar bu federal markaz tashabbusi ekanligini tan olmayapti. Hammasi tabiiy ravishda ro‘y berganday: tadbirkorlar mashinalariga go‘yo o‘z tashabbusi bilan nakleyka buyurtma qilganday. Ammo hokimiyatning turli tarmoqlari vakillari ham tashabbus ko‘rsatib, “Z” ramzlarini ko‘z-ko‘z qilmoqda.

    8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida, respublika OAV xodimlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, tahririyat respublika hukumati apparatidan Abakandagi “Z” avtopoygasini “yoritmaslik” bo‘yichi tavsiyanoma olgan. Ammo ertasiga, 9-mart, chorshanba kuni Xakasiya rahbari Valentin Konovalovning o‘zi kamzulida “Z” harfi tushirilgan ko‘krak nishoni bilan omma oldida ko‘rinish bergan. Jurnalistlar respublika rasmiylari kiyimida ham xuddi shunday nishonlarni payqagan. Ko‘p o‘tmay viloyat markazlarida ham “vatanparvarlik” avtopoygalari o‘tkazilgan, respublika mutasaddilari esa Xakasiya milliy muzeyi binosini “Z” ramzi bilan bezatgan.

    Rostov-Dondagi temir yo‘lchilar aksiyasi

    Rostov-Dondagi temir yo‘lchilar aksiyasi
    Foto: Erik Romanenko / TASS

    Meduza suhbatlashgan kishilarga ko‘ra, mazkur hududlarda hech kim “V” va “Z” belgilari aynan nimani anglatishini bilmaydi: mahalliy amaldorlar jurnalistlar savoliga yod olingan gaplar bilan javob berib, bu harflar “Vazifa bajariladi” va “Kuch — haqiqatda” degan ma’nolarni anglatishini aytgan. Biroq ular bu haqida ortiqcha tushuntirish bermagan. Hokimiyat nazorati ostidagi OAV bayroqlar, bilbordlar va stikerlardagi lotin harflarining asl ma’nosini faqat tahmin qilishi mumkin. Xususan, xakas jurnalistlaridan biri Meduza bilan suhbatida “Z” nemischa “Zeit” (vaqt) so‘ziga ishora ekanini taxmin qiladi: “Ishga kirishish vaqti keldi”, — deya tushuntiradi u va Rammstein guruhining urushga qarshi klipini yodga oladi.

    Shu bilan birga, ayrim rus natsionalistlari hukumat bilan kelishmagan holda Ukraina bilan urushni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aksiyalar o‘tkazishga harkat qilib ko‘rgan — hukumat bunga yo‘l qo‘ymagan. Bundan tashqari, ulardan biri — 12-mart kuni Davlat Dumasi binosidan Moskvadagi Triumfalnaya maydonigacha “qurolli kuchlarni va prezident siyosatini qo‘llab-quvvatlash” marshini uyushtirmoqchi bo‘lgan publitsist Yegor Xolmogorov nafaqat rad javobi, balki shahar prokuraturasi tomonidan ogohlantirish ham olgan.

    Xo‘sh, buni kim o‘ylab topdi?

    “Z” aksiyalari o‘tkazilgan hududlardagi Meduza suhbatdoshlari harbiy ekspertlar harbiy texnikaning taktik belgisi deb hisoblaydigan belgidan “maxsus operatsiya” timsoli sifatida foydalanish g‘oyasi aynan kimdan chiqqanini bilmaydi.

    Meduza bilan suhbatlashgan Prezident administratsiyasining (PA) ichki siyosiy blokiga yaqin kishilar blokning “Z operatsiyasi” ijodiy faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘qligiga ishontiradi. Ulardan ikki nafari vazir Sergey Shoyguning maslahatchisi Andrey Ilnitskiy boshliq Mudofaa vazirligi PR bo‘limini g‘oya manbasi sifatida ko‘rsatgan. Meduza bilan suhbatlashgan Tomsk avtopoygalari tashkilotchilaridan biri ham bunga qo‘shiladi: uning fikriga ko‘ra, bu “armiya imiji va qiyofasini yaratadigan PR’chilarning ishi”.

    Shu bilan birga, Prezident administratsiyasiga yaqin bo‘lgan manbaning ma’lum qilishicha, mudofaa vazirligining PR bo‘limi RT telekanali va uning bosh muharriri Margarita Simonyan bilan hamkorlikda ishlagan. Telekanal dizaynerlari ramziylikni o‘ylab topgan, vazir Sergey Shoygu esa uni tasdiqlagan. Suhbatdosh bu haqida, jumladan, shunday deydi:

    Simonyan tashabbusni ko‘p jihatdan o‘z zimmasiga oldi. Ramzlar prezident Vladimir Putinga ham ko‘rsatilgan. U bilan suhbatlashgan kishilardan birining aytishiga qaraganda, prezident uni ma’qullagan.
    Margarita Simonyan rahbarligidagi RT telekanali dizaynerlari haqiqatan ham “Z operatsiyasi” uchun o‘zlarining shaxsiy identifikatorlarini ishlab chiqqan. RT internet do‘konida 26-fevraldan boshlab “Z” harfi tushirilgan tovarlar (zirhli transport vositasi bortida oq bo‘yoq bilan qo‘pol qilib chizilganday ko‘rinishda aks etgan) sotilmoqda.

    Meduza muxbiri Simonyanga bu tadbirlarda qanchalik qo‘li borligi haqida so‘rab murojaat qilgan, lekin u javob bermay, buning o‘rniga so‘rov skrinshotini ijtimoiy tarmoqqa joylab, quyidagi izohni qodirgan:

    Meduza manbalari qachon qarama menga o‘zimdan g‘ururlanish va Meduza’ga achinish uchun sabablar topib beradi.
    Rossiyadagi davlat tashkilotlari xodimlari ko‘pincha so‘rovga javob berish o‘rniga mustaqil jurnalistlar bergan savollarni ijtimoiy tarmoqqa joylashni ma’qul ko‘radi. Mudofaa vaziri maslahatchisi Andrey Ilnitskiy esa berilgan savolni e’tiborsiz qoldirdi.

    Bundan tashqari, Meduza’ning Sankt-Peterburg rahbariyatiga yaqin manbalaridan biri g‘oya mualliflari orasida tadbirkor Yevgeniy Pirojkin ham bo‘lganini aytadi. biroq PAga yaqin manbalar buni inkor qiladi. PA ichki siyosiy blokiga yaqin bo‘lgan Meduza manbasi shunday deb ishontiradi:

    “Oshpaz” ixtirosi va uning g‘oyalarini amaliyotga tadbiq qilish uchun, qolaversa, uning o‘zi uchun ham hech kim o‘zidagi bor resusrsni sarf qilmaydi. Har kim o‘zi uchun kurashmoqda. “Oshpaz” bo‘lajak g‘alaba ramzini o‘zlashtirib olishiga imkon yaratish esa... Bunga hech kim yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi. O‘zimiznikilar bu ‘Z’ni allaqachon o‘z axlatlariga qorishtirib yuborgan bo‘lardi.
    U (gaplari faqat taxmin ekanini ta’kidlagan holda) prezident Putin “Z operatsiyasi” bo‘yicha qandaydir ko‘rsatmalar bergan bo‘lishi mumkinligini, uning atrofidagilar esa “o‘sha zahotiyoq dumini likillatib, “Z”ni qanday rasmiylashtirish va targ‘ib qilish haqida bosh qotira boshlagan”ini aytadi.

    Meduza'ning PAga yaqin bo‘lgan yana bir suhbatdoshi Prigojin “Z operatsiyasi” bo‘yicha kampaniyaga “ayni vaqtida suqilib olgan”iga ishonchi komil.

    “Z operatsiyasi” nomining o‘zi, uning ramziy ma’nosi va targ‘ibot strategiyasi Meduza’ning PAga yaqin manbalari tomonidan salbiy baholanmoqda. “Siyosiy strategiya nuqtai nazaridan, bu juda dahshatli”, — deya izoh beradi administratsiya bilan hamkorlik qiluvchi texnologlardan biri. U “Z” nom sifatida hech qanday ma’noni anglatmasligini ta’kidlagan holda, o‘z hayratini yashirmaydi:

    Odamlar boshidanoq buning nima ekani va nima uchun kerakligi haqida tushunchaga ega bo‘lmagan. (Ukraina prezidenti Vladimir) Zelenskiyni nomi bilan qandaydir bog‘liqligi bormikin?
    Boshqa bir texnolog, bosqinga “rus dunyosini qutqarish” sifatida qaralayotgan bo‘lsa-da, “Z” harfi kirillchada ifodalanmayotganiga e’tibor qaratadi.

    Joylarda “Z” belgisi bilan amalga oshirilayotgan harakatlar haqida Meduza’ning PAga yaqin manbasi shunday deydi:

    “Z” mavzusi (Sergey Kiriyenkoga yaqin) Davlat kengashi departamentiga tegishli emas. (Andrey) Yarin boshchiligidagi Ichki siyosat departamenti gubernatorlarni shu borada bir nimalar qilishga undamoqda — qandaydir fleshmoblar, avtopoygalar, “Z” shaklidagi yoritgichli oynalar. Bajarasan, deb oyoq tirab turgan joylari yo‘q, lekin gubernatorlar ishga qattiq kirishib ketgan. Buni rejadan oshirib bajarayotganlar ham bor.
    Viloyat ma’muriyatlari, hokimiyatlar, universitetlar va boshqa binolarga tungi vaqtlarda “Z” shaklida yonib turuvchi oynalar o‘rnatib chiqish bilan bog‘liq aksiyalar ko‘plab hududlarda amalga oshirildi: Novosibirsk, Amur, Voronej, Ivanovo hamda Rossiyaning boshqa viloyatlari, hududlari va respublikalarida.

    “Ijodiy kasb egalari”

    Rus armiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan onlayn fleshmobda “Z” belgisidan foydalanish bo‘yicha Meduza’ga ma’lum bo‘lgan ilk tajribalar urushning rasman boshlanishidan oldingi davrga to‘g‘ri keladi. Meduza’ga bu haqida siyosiy strateg, Telegram’dagi “Zapiski avantyurista” (hozir bu nom ham “Z” bilan boshlanadi) kanalining egasi Igor Mangushev aytib o‘tdi. U, shuningdek, suhbatda o‘zini “LXRning iste’fodagi kapitani” deb ham atagan.

    Mangushev ismi “Internet tadqiqotlar agentligi” — Yevgeniy Prigojin bilan bog‘liq bo‘lgan o‘sha Sankt-Peterburg “trol fabrikasi” faoliyati haqidagi ma’lumotlarda paydo bo‘ldi. Bu yozishmalar haqiqiyligini Mangushevning o‘zi “Fontanka”ga tasdiqlagan. 2019-yilda “Novaya gazeta” Igor Mangushevni o‘sha vaqtda Moskva shahar dumasi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda ishtirok etgan Aleksey Navalniyning sherigi Lyubov Sobol nomzodi uchun imzolarni sohtalashtirish bo‘yicha go‘yo yashirin kvartira tashkil qilgan provakatorlardan biri sifatida ko‘rsatgan.

    Moskvadagi Manejnaya maydonida urushga qarshi mitingni tarqatayotgan OMON jangchilarining dubulg‘asidagi “Z”. 2022 yil 13 mart

    Moskvadagi Manejnaya maydonida urushga qarshi mitingni tarqatayotgan OMON jangchilarining dubulg‘asidagi “Z”. 2022 yil 13 mart
    Foto: Vyacheslav Prokofyev / TASS

    Meduza nashriga bergan intervyusida Igor Mangushev ushbu fleshmob g‘oyasini o‘z “safdoshlari” bilan birgalikda o‘ylab topganini aytdi. Mangushev ularni “2014-yilda va undan keyin ham ba’zi vaziyatlar tufayli qo‘liga qurol olgan ijodiy kasb egalari” deb ataydi. U o‘z so‘zining isboti sifatida Meduza’ga Telegram suhbatlarining skrinshotini ko‘rsatdi, unda ishtirokchilar o‘z kanallariga “Z” harfi tushirilgan logotip qo‘yishni taklif qilgan — “aynan oq bo‘yoq bilan, cho‘tkada biroz ehtiyotsizlik bilan chizilganday, lekin hamma uchun bir xil”.

    Bunday tasvir haqiqatan ham 20–21-fevralda, ya’ni bosqin arafasida Ukraina sharqidagi “xalq respublikalari”ni qo‘llab-quvvatlash mavzusi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator Telegram kanallarida paydo bo‘la boshlagan. Aynan o‘sha yerda, deya taxmin qiladi Mangushev, “davlat propagandasi bilan shug‘ullanuvchi kishilardan biri uni ko‘rib qolgan va o‘zlashtirishga qaror qilgan”.

    Lekin u o‘zi va sheriklari uchun “mualliflik huquqi”ni talab qilish niyatida emas:

    Biz muhim va foydali ish qildik. Bu odamlarga yetib borganidan xursandmiz. Bir qator sabablarga ko‘ra, buni haqiqatan ham ommaga tadbiq qila olish uchun zaruriy davlat resurslari yo‘q. Biz, RT’dan farqli ravishda, millionlab futbolkalarni ishlab chiqarib, sota olmaymiz.
    Biroq Igor Mangushev “Z”ni “maxsus operatsiya”ning rasmiy ramzi sifatida targ‘ib qilish usullariga tanqidiy munosabat bildiradi:
    “Z” tushirilgan formalardagi talabalar musht qilib tugilgan qo‘llarini basma-bas tepaga ko‘tarayotgan aksiyaning totalitar estetikasi qoniqarli. Lekin g‘oyani amalga oshirish mening o‘zimga ishonib topshirilganida, “Z” ramzini hamma o‘z ixtiyori bilan avatarka va futbolkalarga tushirib olishiga erishgan bo‘lardim. Ushbu tajribani ommalashtirish uchun bunga chin yurakdan yondashish kerak. Lekin bizning davlat, afsuski, hech nimaga chin yurakdan yondasholmaydi.

    23.03.2022, 09:31   Izoh (0)   61260
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Sistit — bu uyat emas!


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Buning uyatli joyi yo‘q”. Jamshid Qo‘chqorov davlat nega qarz olayotganiga izoh berdi

    Iqtisodiyot | 3 iyun, 14:50

    Met Gala’da uni tanishmadi: Bollivud qiroli Shohrux Xonning 5 yil tanaffus qilishiga nima majbur qilgandi?

    Kino | 3 iyun, 14:49

    Xitoyda tuzdan zaryad oladigan elektroskuterlar taqdim etildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:30

    Turli mamlakatlar haqida yo‘l ko‘rsatkichlardan ham ko‘proq so‘zlaydigan suratlar

    Sayohat | 3 iyun, 14:05

    Rossiya Ukrainaga urushni 2 xil yo‘l bilan to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:00

    “Yashil makon”ga ajaratiladigan pullar har bir tiyini sarflanishini kuzatish imkoni yaratiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:45

    Lamin Yamal “Real”ning yangi futbolchisi bilan hazillashdi: “Bu mening yangi o‘yinchog‘im”

    Sport | 3 iyun, 13:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.