• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jo Baydendan Serdar Berdimuhamedovgacha. Shavkat Mirziyoyev nomiga Navro‘z munosabati bilan qutlovlar kelmoqda

    Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z bayrami munosabati bilan qutlovlar yo‘llamoqda, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan. arida mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan islohot va yangilanishlarda erishilayotgan katta yutuq va muvaffaqiyatlarni, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi izchil mustahkamlanib borayotganini alohida qayd etgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Prezident janoblari!

    Xitoy hukumati va xalqi nomidan hamda o‘z nomimdan Sizni O‘zbekistonning an’anaviy bayrami Navro‘z munosabati bilan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

    Yaqinda siz bilan Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonladik. Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi doirasida do‘stona muhitda sermahsul uchrashuv o‘tkazdik hamda ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va birgalikda “Bir makon, bir yo‘l”ni barpo etish, COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan yangi kelishuvlarga erishdik.

    Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman va Siz bilan birgalikda mamlakatlarimiz ravnaqi va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida an’anaviy do‘stlikni mustahkamlash va ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyorman.

    Sizga mustahkam sog‘lik, davlatchilik faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilayman!

    Si Szinpin, Xitoy Xalq Respublikasi raisi

    ***
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Prezident janoblari!

    Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z baxtli va farovon bo‘lishini tilayman. Bu barcha uchun tinchlik va yangilanish bayramidir, joriy yil esa mamlakatlarimiz diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlayotgani bilan alohida ahamiyatlidir.

    Mening ma’muriyatim pandemiyaga qarshi kurash, strategik sherikligimizni chuqurlashtirish va xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi muvaffaqiyatli sa’y-harakatlarimizni davom ettirish uchun kelgusi yilda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan umidvor. Mamlakatingizni Amerika investitsiyalari uchun jozibador qilishiga yordam bergan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz.

    Shuningdek, Siz bilan C5+1 jarayoni doirasida umumiy mintaqaviy maqsadlarimiz yo‘lidagi ishlarimizni davom ettirishga intilamiz

    Navro‘z muborak!

    Hurmat bilan,

    Jozef Robinett Bayden, Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti

    ***
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Barchamiz uchun umumiy bo‘lgan Navro‘z bayrami munosabati bilan Siz va yurtdoshlaringizni samimiy tabriklayman.

    Ushbu fayzli bahoriy bayram, yuksak ma’naviy qadriyatlarni aks ettirib, yangilanish, tinchlik va birlikka chorlaydi. Azal-azaldan qadrli Navro‘z birodar davlatlarimizga shodlik va farovonlik olib kelgan.

    Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan ittifoqchilik bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanadi.

    Ushbu fayzli kunlarda Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mamlakatingiz ravnaqi va barqaror taraqqiyoti yo‘lidagi barcha ezgu tashabbuslaringizga katta muvaffaqiyatlar, qardosh o‘zbek xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.

    Navro‘z har bir xonadonga qut-baraka olib kelsin!

    Hurmat bilan,

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti

    ***
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Sizni Navro‘z bayrami bilan chin dildan qutlayman!

    Navro‘z – ezgu intilishlar, pok orzu-umidlar, hayot va bahor shodiyonasini mujassam etgan buyuk qadimiy bayram.

    Ishonchim komil, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar bundan buyon ham chinakam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida mustahkamlanib boradi.

    Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilayman!

    Hurmat bilan,

    Sadir Japarov, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti

    ***
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Sizga va Siz orqali do‘st O‘zbekiston xalqiga ajdodlarimizning azaliy bayrami Navro‘z kirib kelishi munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

    Bugungi kunda xalqaro bayram maqomini olgan qadimgi Navro‘z ayyomi o‘zining chuqur ma’naviy mazmuni bilan insoniyatga xizmat qilayotgani quvonarlidir.

    Zamonning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy sharoitlarida Bahor bayramining umuminsoniy qadriyatlari tiklanish va bunyodkorlik, tinchlik va osoyishtalik, do‘stlik va ahillik, o‘zaro tushunish va birdamlik, o‘zaro hurmat va ko‘mak kabi yuksak ne’matlarni o‘zida aks ettirish bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.

    O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari Navro‘zning ezgu an’analari ruhida kelajakda ham rivojlanib, xalqlarimizning tub manfaatlariga muvofiq kengayishiga ishonaman.

    Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik, farovonlik va cheksiz ravnaq tilayman.

    Navro‘z muborak!

    Hurmat bilan,

    Emomali Rahmon, Tojikiston Respublikasi prezidenti

    ***
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Sizni va birodar O‘zbekiston ahlini xalqaro Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etib, eng ezgu tilaklarimni yo‘llash men uchun sharafdir.

    Navro‘z bayrami qadim zamonlardan tabiat tiklanishi, hayot tantanasi va bahor kirib kelishi ramzidir. Mehmondo‘stlik, tinchliksevarlik, yaxshi qo‘shnichilik va yuksak insonparvarlik tamoyillarini mujassam etgan ushbu bayram xalqlarimiz o‘rtasidagi ahillik va do‘stlikni mustahkamlashda alohida o‘ringa ega.

    Ushbu ajoyib bayram Siz va mamlakatingizning butun xalqiga shodlik, farovonlik va ravnaq olib kelsin.

    Chuqur hurmat ila,

    Serdar Berdimuhamedov, Turkmaniston prezidenti

    ***
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    O‘z nomimdan va Ozarbayjon xalqi nomidan Sizga va Siz orqali qardosh O‘zbekiston xalqiga Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy tilaklarimni izhor etaman.

    Tabiatni uyg‘otuvchi, odamlarga yangi kayfiyat ulashuvchi ushbu bahoriy bayram o‘zaro anglashuv, do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etadi.

    Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik Navro‘zning ezgu qadriyatlarini yuksak qadrlaydigan xalqlarimiz irodasiga muvofiq bundan buyon ham kengayib, mustahkamlanib borishiga ishonaman.

    Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilayman.

    Hurmat bilan,

    Ilhom Aliyev, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti

    ***
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Qalblarga quvonch bag‘ishlovchi Navro‘zning kirib kelishi, tabiat va ona zaminning qaytadan jonlanishi hamda hijriy-shamsiy yangi 1401 yilning boshlanishi munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini, Sizning muhtaram oila a’zolaringizni va mamlakatingizning aziz xalqini chin yurakdan muborakbod etaman.

    Navro‘z xudojo‘ylik, oilani sevish va tinchlikparvarlikdan kelib chiqadigan madaniyatning avj nuqtasi bo‘lmish qadriyatlarga tayanuvchi sivilizatsiyaning timsoli va jilolanishidir. Islomning aziz Payg‘ambari (unga, uning pokiza avlodlari va buyuk sahobalariga salovotlar bo‘lsin) shunday marhamat qiladilar: «Bahorni ko‘rganingizda qiyomatni ko‘proq eslang». Yaratilishning buyukligi to‘g‘risida tafakkur qilish va tabiatdagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratish qalbning uyg‘onishiga turtki, Allohni eslash vositasi hamda insoniyatning taraqqiyoti va yuksalishi yo‘li hisoblanadi. Buyuk shoir Sa’diy Sheroziy bu to‘g‘rida shunday degan:

    Turgin, g‘animat bilgin ul bahor yellarini,

    Qushlarning kuylashi-yu lolazor xush hidini.

    Barcha gulu yaproqlar Yaratganni eslagay,

    Bulbulu musicha ham kuylar Xudo yodini.

    Hijriy-shamsiy yangi asrda oliy ilohiy va insoniy qadriyatlar tomon harakat yanada tezlashib, bu asr mamlakatingizda yashovchi barcha kishilar uchun Navro‘z kabi yanada quvonchliroq va musafforoq kunlar, mintaqaning barcha xalqlari uchun esa yanada mustahkamroq tinchlik va yakdillik olib keladi, deb umid qilaman. Eron Islom Respublikasi ushbu madaniy birdamlikni mustahkamlash mintaqa va jahondagi barcha mamlakatlar uchun tinchlik va osoyishtalik olib keladi, deb hisoblaydi hamda bu yo‘lda samimiylik bilan barcha mamlakatlarga o‘zining do‘stlik qo‘lini cho‘zadi.

    Qodir Egamdan Siz janobi oliylariga sog‘lik va muvaffaqiyat, do‘st va birodar O‘zbekiston Respublikasi xalqiga baxt-saodat va farovonlik ato etishini so‘rab, yangi yilning sizlar uchun xayr-barakaga to‘la bir yil bo‘lishini tilab qolaman.

    Ibrohim Raisiy, Eron Islom Respublikasi prezidenti

    ***
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu,

    Siz Janobi Oliylariga o‘z salomlarimizni va samimiy tilaklarimizni mamnuniyat bilan yo‘llab, Sizga bardavom sog‘lik, baxt-saodat, o‘zbek xalqiga esa Sizning oqilona rahbarligingiz ostida yanada yuksalish va taraqqiyot tilaymiz.

    Navro‘z bayrami munosabati bilan Sizga samimiy tabriklarimizni taqdim etib, yurtingiz rivoji yo‘lida qilayotgan barcha sa’y-harakatlaringizni amalga oshishiga hamda ushbu yil Siz va xalqingiz uchun yaxshilik, baxt va quvonch yili bo‘lib qolishiga tilakdoshmiz.

    Bizlarni birlashtirib turgan mustahkam do‘stlik, birodarlik va sheriklik rishtalarini do‘st xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida turli sohalarda yanada yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga bo‘lgan intilishlarimiz yuqori ekanini Siz Janobi Oliylariga ta’kidlab o‘tamiz.

    Bayramingiz muborak bo‘lsin, doimo Allohning panohida bo‘ling!

    Samimiy ehtiromlar ila,

    Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

    Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi

    ***
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Sizni buyuk Navro‘z bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

    Navro‘z - eng qadimiy qadriyatlardan. Xalqlarimiz qalbini ezgulikka to‘ldiruvchi, ularga farovonlik va shodlik keltiruvchi ushbu bayram birodarlik va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlasin. Ma’naviy mushtaraklik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlarining uyg‘unligini yuqori baholar ekanman, ikki tomonlama strategik sherikligimizning izchil rivojlanishi mamlakatlarimizni katta muvaffaqiyatlarga eltadi, deb ishonaman.

    Ushbu shukuhli damlarda, hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga va oilangiz a’zolariga mustahkam sog‘lik va farovonlik, birodar O‘zbekiston xalqiga esa ravnaq va baxt-saodat tilayman.

    Hurmat bilan,

    Nursulton Nazarboyev,

    Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi”.

    Shuningdek:
    • Falastin prezidenti Mahmud Abbos,
    • Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
    • Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min,
    • Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev,
    • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy va boshqalar tabrik yo‘llagan.
    Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Putin Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
    • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
    • Video: Navro‘z munosabati bilan o‘zbek tilida tabriklagan AQSH elchisi

    22.03.2022, 00:14   Izoh (0)   21414
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Qamchiq dovonida maydalab yog‘ayotgan qor

    21.03.2022, 23:57

    O‘zbekiston fuqarolarining 50 nafariga Fransiyada bepul o‘qish imkoniyati beriladi

    21.03.2022, 23:36

    Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga Xitoyda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    21.03.2022, 23:13

    Bloger Asalhoneyni o‘ldirishda gumon qilingan shaxs ushlandi

    21.03.2022, 22:18

    Toshkent viloyatida zilzila qayd etildi

    21.03.2022, 21:34

    Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Namanganga qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi

    21.03.2022, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.