Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yilning may oyigacha Toshkent avtobuslari konduktor ishtirokisiz naqd to‘lovni onlayn qayd qilish tizimi bilan jihozlanadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, mazkur tizimning joriy qilinishi haydovchilarga “naqd bo‘yicha reja”ning bajarilish talabini bekor qilish imonini beradi. “Podrobno” nashrining yozishicha, loyiha bilan ATTO operatori shug‘ullanmoqda.

“Bugungi kunda yo‘lovchilarning 60 foizi transport kartalari va onlayn to‘lovlardan foydalanadi, 40 foizi esa naqd pul bilan to‘lashni afzal ko‘radi. Shu munosabat bilan haydovchilar uchun reja mavjud. Naqd to‘lovlarni onlayn qayd etishni ta’minlaydigan tizimning joriy qilinishi bu talabni bartaraf etadi”, — deydi Toshkent transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev poytaxt hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida.

Ta’kidlanishicha, xizmat ko‘rsatish sifatidan kelib chiqqan holda jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimiga o‘tish prezident qarori bilan ko‘zda tutilgan.

“Bugungi kunda poytaxt avtobuslari haydovchilarining maoshi ikki omil — reyslarning muntazamligi va daromad rejasini amalga oshirishga bog‘liq. Rejadan xalos bo‘lgach, haydovchilar o‘z vaqtida bekatga borishlari kerak bo‘ladi xolos”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar jamoat transporti — avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari 2021-yil 1-yanvardan boshlangan. ATTO operatori tomonidan taqdim etilgan imtiyozli (talaba, ijtimoiy, o‘quvchi) transport kartalari esa 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritildi. 2021-yilning noyabrida Toshkentdagi barcha “marshrutka”lar transport kartalaridan foydalanishga o‘tishi ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi